Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muz xaltasini qo’yishga ko’rsatma
- Muolajaga tayyorlash
- Muz xaltasin i qo’llash texnikasi
Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish
Qusish – oshqozon massalarini to’satdan og’iz orqali chiqishi. Qusish uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan yuzaga keladi. Bu markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin. Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, tez va chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin. Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin mushaklari va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan to’lishi sababli yuzaga keladi. Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. Bolalarda qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli. Qusishda dastlabki yordam ko’rsatish. Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg’iz qoldirmaslik kerak. Qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishini oldini olish maqsadida bolani yonbosh xolatida yotqizish lozim. Xar bir qusishdan so’ng bolani og’zini toza suv bilan yuvish lozim (20 grammlik shprits yoki sprinsofka yordamida) va terini qusuq massalari tushgan sohalarini yuvish kerak. Qusish sababini aniqlamaguncha bolani ovqatlantirish yoki unga dori vositalarini bermaslik kerak. Muz xaltasini qo’yish Muz xaltasini qo’yish asosan tanani zararlangan sohasiga qon kelishini kamaytirish maqsadida qo’llaniladi. Xaltani qo’llash uy sharoitidagi fizioterapiya muolajasiga kiritish mumkin. Quruq sovuq gipotermik effekt sababli qon tomirlarini torayishiga olib keladi, Sovuq nerv ta’sirchanligini kamaytiradi va og’riq kamayadi. Xaltadagi muzni erishi sekin davom etganligi sababli tibbiyotda xozirgacha keng qo’llaniladi. Muz xaltasini qo’yishga ko’rsatma:Qon ketish (ichki va tashqi) Lat yeyishlar (dastlabki kunlarda). Harorat ko’tarilganda Komatoz xolatida Hashoratlar chaqishida. Qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish jarayonlarida. Operatsiyadan keyingi davrlarda. Muolajaga tayyorlash:Muz bo’lakchalari yoki katta bo’lagi olinadi, 2-3 qavat choyshabga o’raladi, katta bo’lagi bo’lsa urib maydalanadi. Katta bo’lagini o’zini ishlatish taqiqlanadi. Toza choyshab yoki sochiq tayyorlanadi Muz uchun toza idish olinadi. Sovuq suvli idish tayyorlanadi. Muz xaltasini qo’llash texnikasi:Muz xaltasini qo’yishdan oldin qo’yiladigan sohani ko’zdan kechirish lozim. Yallig’lanish, tirnalish, qizarish yo’qligini aniqlash kerak. Muz xaltasi asosan boshni peshona va ensa sohalariga, ko’krak qafasiga, qorin sohasiga, yirik qon tomirlar sohasiga (chov, qo’ltiq osti sohalari) qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi bolalarga bosh sohsiga muz xalta qo’yish mumkin emas. Bu xolatlarda sovuq kompresslar qo’llash mumkin. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling