Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI
Og’ir bemorlar og’iz bo’lig’ini parvarishlash Maqsad: og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’idagi karash, shilliq, mikroorganizm va ovqat qoldiqlaridan tozalash. Ko’rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi. Zarur ashyolar: Zarur miqdorda paxta shariklari; steril mralya sal’fetkalari; steril pinset va shpatel’; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok) – toza va ishlatilgan shariklar va sal’fetkalar uchun; och pushti rangdagi kaliy permanganat eritmasi yoki 2% li natriy bikarbonat yoki 0,9% li natriy xlor eritmasi (fiziologik eritma) yoki 3% li vodorod perikis eritmasi; rezinali balonchik yoki og’iz bo’shlig’ini yuvish uchun Jane shpritsi; glitseyerin yoki vazelin moyi. Bajarish tartibi: Tibbiy hamshira qo’lini sovun bilan yuvadi. Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida biroz ko’tariladi. Ko’krak sohasiga sochiq qo’yiladi, bemor qo’liga buyrak shaklidagi idish (lotok) beriladi yoki lotokni bo’lim bekasi uning jag’ ostiga ushlab turadi. Pinset bilan paxtali sharik olinadi, bunda pinsetning o’tkir uchi paxtaning ichida ekanligiga ishon hosil qilish zarur. Paxtali sharik kaliy permanganat eritmasiga namlanadi (yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga). Bemorga og’zini ochish buyuriladi. Chap qo’lga shpatel’ olinadi, bemor lunjini tortgan holda bemorning tishlari tashqi va ichki yuzalari, tishlarning chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha marta almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi tishga o’tishi oldi olinadi) artiladi. Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki kaliy permanganat eritmasi og’zini chayqash uchun beriladi. Agar bemor og’zini o’zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki Jane shpritsi bilan bemor og’zi chayiladi. Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - bemorning boshi bo’g’ilib qolmasligi uchun biroz ko’tarilgan holatga keltiriladi; - bemor boshi yon tomonga o’giriladi; - bemorning yonoq sohasiga sochiq qo’yiladi, og’iz burchagiga esa buyraksimon idish (lotok) joylashtiriladi; - rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan biror dezinfeksiyalovchi eritmalar olinadi; - bemorga og’zini ochishni so’raladi; - rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi yuviladi; - bemor boshi boshqa yon tomonga o’girilib, yoki yotoqning qarama-qarshi tomoniga o’tib uning ikkinchi lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi. Bemorning tilida karash aniqlansa, unda bemorga tilini chiqarish talab etiladi. Chap qo’l bilan bemor tilini uchidan sal’fetkada ushlanib, o’ng qo’ldagi shpatel’ bilan tildagi karash tozalanadi. Shundan so’ng qisqich bilan paxta sharigi olinib antiseptik eritmaga namlanadi va bemor tiliga ishlov beriladi. Toza paxtali sharik olinadi va u vazelin moyi yoki glitseringa namlanib bemor tili artiladi. Agar bemor lablari yoki og’iz burchaklarida terining yorilishlari aniqlansa unda bu sohalarni ham glitserin yoki vazelin moyiga shimdirilgan paxtali sharik bilan artilib chiqiladi. Eslatma. Og’izdagi mikroflora bir antiseptikka moslashmasligi uchun har safar har xil antiseptiklar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida sanalgan antiseptiklardan tashqari 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi, ma’danli suvdan ham foydalansa bo’ladi. Yotoq yoki yarim yotoqdagi bemor tishlari ertalab va kechqurun tozalanishi, og’iz bo’shlig’i esa har ovqatlanishdan keyin yuvilishi shart. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling