QABUL BO’LIMIDA BEMORLARNI SANITAR TOZALASH
Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar tozalash o’tkaziladi.
Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi:
- to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan yuvintirish, kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni yo’qotish, ya’ni dezinfeksiya va dezinseksiya qilish);
- qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq kiyim, ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish.
Bitlarni yo’qotish:
zararlangan sochlar olinadi;
yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash;
«Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari bilan yuvish;
bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi;
vanna 1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda chayiladi.
Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokard infarkti, bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va h.o.), shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan tampon bilan artiladi.
Nazorat savollari:
Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o’tkaziladi?
Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi?
Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi?
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday o’tkaziladi?
Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o’tkaziladi?
Hayotiy zarur a’zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday tayyorlanadi?
Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |