Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Download 5.41 Mb.
bet82/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Arterial bosim

Ko’rsatkichlar

Sog’lom katta odam

Simob ustunidan 140/90 mm oshmagan

Chegaraviy holat

Simob ustunining 140/90 —100/95 mm

Gipertenziya

Simob ustunidan 160/95 mm oshgan

Keksa odam (yoshi 60 dan oshgan va undan katta)

Puls bosimi oshish tomoniga o’zgarish (sistolik 160 mm dan oshgan, diastolik 90 mm dan oshmagan)



Kasallik belgilari
Qon aylanishi buzilishining belgilari qaysi soha yoki a’zolar shikastlanganiga bog’liq. Yurak kasalliklari turli xil belgilar bilan kechishi mumkin: miyadagi qon aylanishining yomonlashuvi natijasida hushdan ketish, bosh aylanish yoki aql xiralashishi;
oyoq-qo’llarda qon aylanish buzilganda shishlar bilan kechadi. Tug’ma yurak kasalliklari, odatda, tug’ilish vaqtida aniqlanadi. Yosh bolalarda yurak faoliyati buzilganda, ularda nafas qisish, ishtahaning yo’qolishi va jismoniy rivojlanishda ortda qolish kuzatiladi. Tug’ilish vaqtida aniqlangan tug’ma yurak poroklari jismoniy kamchiliklarning deyarli yarmini tashkil qiladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklari har xil sabablarga ko’ra yurakning turli xil bo’linmalari ishlashining qiyinlashuvi bilan kechib, oqibatda yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklarining muhim belgilari — yurakning tez-tez urishi, notekis urishi, yurak sohasida og’riq, shishlar bo’lishi.
Simptom. Yurak o’ynashi
Yurak qisqarishlari tezligining oshishi (taxikardiya) bemor tomonidan «yurak urish» deb qabul qilinadi va ko’pincha rivojlanayotgan yurak patologiyasining birinchi belgisidir. Ba’zi vaqtlarda yurak o’ynashi asab regulyatsiyasi turg’un bo’lmagan sog’lom odamlarda paydo bo’ladi; bunday hollarda valeriana ildizi, ratsional jismoniy mashqlar samara beradi.
Yurak o’ynashi bemorga noqulaylik keltirsa, unga birinchi yordam ko’rsatish zarur.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling