Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Yurak o’ynashida birinchi yordam


Download 5.41 Mb.
bet83/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Yurak o’ynashida birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring.
2. Bemorni qulay holatda yotqizib qo’ying.
3. Toza havo olishini ta’minlang.
4. Bemorning qisib turadigan kiyimlarini yechib tashlang.
5. Pulsning chastotasi va xarakteristikasini aniqlang.
6. Yurak o’ynashi avvallari ham ro’y bergan bo’lsa, bemordan o’ziga qanday yordam berilganini, qaysi dorivor preparatlarni qanday dozada qabul qilganini, yurak o’ynashi o’zi o’tib ketganmi, shularni aniqlang.
Yurak o’ynashi takrorlangan hollarda shifokorning maslahati zarur.
Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar
Yurak sohasidagi og’riq yurak tomirining uzoq, vaqt siqilishi yoki qisqarishi oqibatida yurak muskulining qon bilan ta’minlanishi yetarli darajada bo’lmasligi natijasida namoyon bo’lishi mumkin. Bunday holat stenokardiya xurujida ro’y beradi.
Bunday holda og’riq to’sh orqasiga yoki uning chap tomoniga tarqalib, chap qo’l yoki kurakda bilinadi, og’riq siquvchi-ezuvchi bo’lib, o’lim qo’rquvi, quvvatsizlik, tananing titrashi, qattiq terlash bilan davom etadi. Og’riq xuruji bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak sohasida og’riq xuruji bo’lgan bemor shoshilinch yordam, sinchkov nazorat va parvarishga muhtoj bo’ladi.
Yurak sohasidagi og’riqlarda birinchi yordam
1. Bemorga qulay holatni yarating, toza havo kirishini ta’minlang, siqib turuvchi kiyimlarni yeching; pulsni aniqlang, arterial bosimni o’lchang.
2. Bemorning tili tagiga validol tabletkasini bering.
3. Agar validol samarasi kam bo’lib, xuruj davom etsa, bemor tilining tagiga nitroglitserin tabletkasini bering; ba’zida nitroglitserin bosh og’rig’ini ko’zg’atishi mumkinligi va bundan qo’rqmaslik haqida bemorni ogohlantiring.
4. Shifokorni chaqirtiring.
5. Yurak sohasiga xantal, oyoq va qo’llariga grelka qo’ying.
6. Xuruj davom etsa va nitroglitserin qayta qabul qilinganda samarasi bo’lmasa, 5—10 daqiqadan so’ng shifokorning shoshilinch yordami va zudlik bilan kasalxonaga yotqizish zarur, aks xolda qon aylanishi qattiq buzilishi natijasida yurak muskuli o’zgarishi mumkin (miokard infarkda).
7. Bemorga qat’iy yotish rejimini ta’minlang.
8. Nafas olish, puls chastotasi va arterial bosim chastotasining nazorat qilinishini ta’minlang, tana haroratini albattda o’lchang (og’riq xurujidan keyin harorat ko’tarilishi yurak muskulida infarkt rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin); imkoniyat bo’lgan holda bemorga kislorod bering.
Ko’krakdagi og’riq nafas olish buzilganda paydo bo’lishi mumkin (o’pka yoki o’pka pardasi yallig’lanishi, surunkali kasal asoratlari)

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling