Darslikdagi o‘quv materiallarini tizimlashtirish tamoyillari
Didaktika haqida tushuncha. Didaktika ob’ekti va predmeti
Download 20.97 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- E”TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Didaktika haqida tushuncha. Didaktika ob’ekti va predmeti.
Didaktika haqida tushuncha. Didaktika ob’ekti va predmeti. Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi. Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir. D. umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi. D. umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi. Oʻzbek milliy ped.si tarixida ham D.ning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida D. hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad alFargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday hislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan. Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuxratini tiklash uchun uni maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan, ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, D.ning metodologik asosi sifatida islomiy eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar taʼlimni uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina shugʻullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karashlari ularning koʻplab pedagogik asarlari, darelik va qoʻllanmalarida aks etgan. Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuxratini tiklash uchun uni maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan, ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, D.ning metodologik asosi sifatida islomiy eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar taʼlimni uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina shugʻullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karashlari ularning koʻplab pedagogik asarlari, darelik va qoʻllanmalarida aks etgan. Turkistonda Okt. toʻntarishi tufayli qaror topgan shoʻrolar zamonida D. avtoritar ped.ning bir tarmogʻi sifatida deyarli hamisha tarbiyaga qarshi qoʻyib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, taʼlim jarayonining mazmunini yangilashga qobil boʻlmagan, maktab D.sini mafkura zugʻumidan xalos eta olmagan sotsialistok ped. uning tashqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib koʻrsatishga alohida eʼtibor berdi. Turli-tuman usullar oʻylab topildi, koʻpdan-koʻp "ilgʻor" tajribalar yoyildi. Lekin taʼlimda kutilgan samaraga erishilmadi. E”TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR E”TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR Download 20.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling