Darslikdan am aliyotchi-m utaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va m azkur sohaga qiziquvchilar foydalanishlari m um kin


Transmilliy kredit tashkilotlarilar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari


Download 41.24 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi41.24 Kb.
#1373886
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro va mintaqviv moliya kridit

Transmilliy kredit tashkilotlarilar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

Transmilliy kredit tashkilotlarilar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari Jahon xo‘jaligida ro'y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko‘ra vujudga kelgan transmilliy korporatsi192 yalar o‘ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqfisodiyotida transmilliy kredit tashkilotlarilar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo‘lib, lining rivojlanishiga o‘z hissasini qo'shib kelmoqda. Xorijiy m am lakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy kredit tashkilotlarilar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o‘ynamoqda. Transmilliy kredit tashkilotlari deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi.
Transmilliy kredit tashkilotlarilarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko‘rsatish m u m kin 21:
— T M K lar jahon xo‘jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, aynan ular global lashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;
— m illiy chegaralarda sodir boiayotgan jarayonlardan birmuncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;
— dunyoning ko‘pgina m am lakatlarida o‘zining operatsiyalarini am alga oshirgan holda jahon xo£jaligi m unosabatlarini tartibga solishda ishtirok etishi;
— T M K lar o‘z tarkibiy tuzilm asiga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkiJotlarning xalqaro majmuasi boMib, asosiy m am lakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo‘nalishini muvofiqlashtirib boradi;
— aksionerlik kapitalining m ulkchilik huquqi faqat ta ’sis etuvchi mamlakat vakolatiga tcgishli bo‘ladi;
— xorijiy boMinma va sho‘ba korxonalar m illiy ishtirok darajasiga ko‘ra aralash bolishi mumkin;
— T M K kapitalining harakati kredit tashkilotlari joylashgan m am ­ lakatdagi sodir boiayotgan jarayonlardan erkin boladi; 21 P.И.Хасбулатов. Международные экономические отношения. Учебник.
— М.: Юрайт, 2012. С. 459-460. 193 — T M K lar asosiy m asalalar bo‘yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko‘piab mamlakatlarida bo‘linmalar, sho‘ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;
— T M K lar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko‘p m illatli aksionerlik kapitaliga egalik qilishadi;
— T M K lar dunyoning turli mintaqa va m am lakatlari o‘rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali larzda amalga oshiradi;
— T M K lar ilm iy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz laoliyat olib borishadi.
— m am lakatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko‘rsatadi; Korporalsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo‘lgan holda transmilliy kredit tashkilotlari maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko'rsatayotgan ko‘pgina kredit tashkilotlarilar mazkur xususiyatli belgilarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan. Zam onaviy jahon iqtisodiyotida transm illiy va oddiy kredit tashkilotlarilar o‘rtasidagi chegara yetarlicha farqlanmaydi, chunki iqtisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta’minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalminallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchitn tadqiqotchilar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi. Dastlab 1960-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan y illik aylanmasi 100 mln dollardan ortiq bo‘igan hamda kamida oltita mamlakatda o‘zining filiallariga ega bo‘lgan kredit tashkilotlarilar T M K lar jum lasiga kiritildi. Keyinchalik esa T M K larni ajratishda bir qator mezonlar qo‘llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo'lgan kredit tashkilotlarilar TM K jumlasiga kiritiladi: 194
— m arkazlashgan boshqaruv tizim i asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;
— ishlab chiqarish bo‘lin m alarin in g majburiyatlar ham da resurslar almashinuvida bir-biri bilan faol hamkorligi;
— yillik savdo hajmi 1 mlrd dollardan kam boMmasligi;
— um um iy moliyaviy aylan m a m ablag‘larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to‘g‘ri kelishi;
— xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo'lm asligi;
— filiallari oltitadan kam bo‘lm agan m am lakatlarda mavjud bo‘lishi. Transmilliy kredit tashkilotlarilar yuzaga kelishining asosiy sababi m illiy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalm inallashuvi hisoblanadi. Kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi xorijda ko‘p sonli bo‘linm alariga cga boigan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy kredit tashkilotlarilarning transmilliyga aylanishi orqali xo‘jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega boMadi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro kredit tashkilotlarilarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Transmilliy kredit tashkilotlarilar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko‘lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko‘lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi. TM Klar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish rnumkin: Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan xorijiy mamlakatlarning xomashyo tarmoqlariga investitsiya m ablag‘lari yo‘naltirildi, shuningdek, ta ’minot va sotuv bo‘linm alari 195 tashkil etildi. Bu paytda xorijda yuqori texnologiyaii sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qiiish foyda keltirmasdi. Chunki bir tomondan qabul qiluvchi niamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassislar yetishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomatlashgan tizimga ega einasdi. Boshqa tomondan esa, korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi.
Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta’minot bozorlarining bo'lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon bo‘ldi. Transmilliy kredit tashkilotlarilar rivojlanishining ikkinchi bosqichi XX asrning o‘rtalariga tegishli bo4ib, bu bosqichda nafaqat rivojlanayotgan niamlakatlarda, balki rivojlangan niamlakatlarda ham xorijiy ishlab chiqarish bo'linmalari rolining kuchayishi sodir boldi. Xorijiy ishlab chiqarish bo‘]inmalari ham oldin TMK uchun asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi.
Asta-sekinlik bilan TMKlarning xorijiy boMinmalari mahalliy bozorlardagi talabni qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar. Oldin jahon xo‘jaligida xalqaro kartellar faoliyat yuritgan bo'lsa, so‘ngra mustaqil tashqi iqtisodiv strategiyasini amalga oshiruvchi yetarlicha yirik milliy kompaniyalar vujudga keldi. TM K lar soni va ular ahamiyatining ortishi ko‘proq 1960-yillarda fan-texnika inqilobining ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlab chiqarish operatsiyalarining yanada soddalashtiri 1 ishi natijasida faoliyat ko‘lam ini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Transport va axborot tizimlarining rivojlanishi, o‘z navbatida mazkur imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi. Shuningdek, mazkur bosqichda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish resurslari arzon bo‘lgan mamlakatlarda bo‘linmalarni tashkil etishga qaratilgan strategiya amalga oshirilishi kuchaytirildi. 196 XX asrning oxirida TM Klar rivojlanishining zamonaviy bos qichi yuzaga keldi. TM Klar rivojlanishining mazkur bosqichiga xos bo‘lgan xususiyat ular tomonidan ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishni global ko'lamda amalga oshirilishida namoyon bo'ldi. T M K lar tomonidan xorijiy bo‘linm alarni tashkil etish strategiyasida mamlakatlardagi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab darajasi muhim o‘rin tutadi.
T M K lar o‘z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o‘zaro birlashtirishga erishdilar. U lar o‘zlarining xorijiy bo'linmalari va sho'ba korxonalari orqali dunyoning o‘nlab m am lakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo‘yicha faoliyat yuritishadi. Zam onaviy jahon xo‘jalig id a T M K lar rolini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ko‘rish mumkin:
— T M K lar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;
— dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxm inan 1/2 qismi T M K lar hisobiga to‘g‘ri keladi;
— T M K lar bo‘linm alarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;
— jah ondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi T M K lar tomonidan nazorat qilinadi. T M K lar faoliyati rivojlanishini rag‘batlantirishda davlat m uhim rol o‘ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo kelishuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta’minot bozorlari bilan ta’minlash orqali o‘z TM Klari faoliyatini rag‘batlantiradi.



  1. Download 41.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling