Darsliklar va mashq daftarlarini bepul foydalanishga berish toʻGʻrisidagi shartnoma
Download 110.97 Kb.
|
6 b sinf Obuna 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. TOMONLARNING HUQUQLARI
- III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2022-2023 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2023-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi. 1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar (yoki mashq daftarlar) 2022-yil sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi: Darsliklar nomi: 1.Ona tili 8.Tasviriy san`at 2.Adabiyot 9.Tabiiy fan 3.Rus tili 10.Matematika 4.Informatika(berilmagan) 11.Tarix 5.Texnalogiya 12.Tarbiya (berilmagan) 6.Nemis tili (mashq daftari) 7.Musiqa II. TOMONLARNING HUQUQLARI 2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega. 2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyinuning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega. III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 3.1. Maktab quyidagilarga majbur: 3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish; 3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash. 3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: 3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash; 3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish; 3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: Birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning bir baravari miqdorida; 2-4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning ikki baravari miqdorida; 5-9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida. Download 110.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling