Bir tomonidan Zarafshon shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli
10-sonli maktab nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Tolibov X M shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 2-“G” sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi ________________ mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2.Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar (yoki mashq daftarlar) 2023 yil sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi:
Darsliklar nomi
1.Ona tili o‘qish savodxonligi ,mashq daftari
2.Matematika ,daftari rus tili,daftari,ingliz tili, daftari,tasviriy san’at,albom
3.Texnalogia , daftari, musiqa, daftari, tarbiya, tabiiy fan, daftari
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1.Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2.Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yukxatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
Birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.
Do'stlaringiz bilan baham: |