4.57.
Mazkur Shartnoma bo’yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilik xujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
4.58.
Tomonlar bartaraf etib bo’lmaydigan vaziyatlar (fors-major)
oqibatida ushbu
shartnoma bo’yicha majburiyatlarni qisman yoki to’liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
CCXXIX. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
5.57. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar orasida
muzokaralar olib boorish yo’li bilan hal qilinadi.
5.58.
Nizolarni hal qilishda kelishuvga
erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik
xujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
CCXXX.
KORRUPSIYAGA QARSHI QOIDALARNING ASOSIY
SHARTLARI
6.57.
Tomonlar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston
Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga zid keladigan har
qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar,
shu jumladan pora, ya'ni Paxtakor tuman MMTBga
qarashli
7-son umumta’lim maktabi xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora
bergan shaxsning manfaatini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki etmasligi shartligi yoxud
mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olish
uchun quyidagi harakatlarni
qilmaydi:
pora berishni taklif qilish yoki va'da
berish; tovlamachilik qilish;
pora sifatida pul to‘lash;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik berish.
Tomonlar ushbu xarakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat beradi.
6.58.
Agar shartnoma bo‘yicha bir Tomon Paxtakor tuman MMTBga qarashli 7-son
umumta’lim maktabi xodimining axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O‘zbekiston
Respublikasi qonunchik xujjatlariga zid keladigan hatti-harakatlariga,
shu jumladan korrupsiyaga
oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat bo‘lgan faktlarga duch kelsa,
bu haqda
quyidagi aloqa kanallardan biri orqali xabardor qilishi kerak:
Korrupsiya haqida xabar berishga mo’ljallangan ishonch telefoni: 1253 (qisqa
raqami) telegram-kanali: @antikoruz_bot
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining elektron pochtasi:
info@anticorruption.uz
Do'stlaringiz bilan baham: