Darsning maqsadi: a ta’limiy


Tabiat komplekslarining almashinishini


Download 28.12 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi28.12 Kb.
#239776
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf ochiq dars

Tabiat komplekslarining almashinishini geografik kengliklar tomon tahlil qilish mumkin. Barcha tabiat komplekslari, ya’ni iqlim mintaqalari va tabiat zonalari ekvatordan har ikkala qutblar tomon qonuniy ravishda almashinib boradi. Bunga birinchi navbatda iqlimiy sharoit sababdir.

Tog’larda tabiat komplekslari tog’ etagidan tepasiga tomon almashinib boradi. Tog’larda tabiat kompleksining, ya’ni balandlik mintaqasining ko’p yoki ozligi shu tog’larning geografik o’rniga, balandligiga, shamollarning yonalishiga, okeanlardan uzoq yoki yaqinligiga bog’liq bo’ladi. Tog’ ekvatorga qancha yaqin va baland bo’lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko’p bo’ladi va almashinib keladi.

Okeanlarda tabiat komplekslari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular ko’pincha suvning harorati, sho’rligi, oqimning iliq yoki sovuqligiga bog’liq. Dunyo okeanida 11 ta tabiat mintaqasi ajratilgan: bitta ekvatorial, ikkitadan qutbiy, qutb yoni, mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalar kenglik bo’ylab almashinib joylashadi.

Insonning xo’jalik faoliyati natijasida o’zgartirilgan TK lari antropogen tabiat komplekslar yoki antropogen landshaftlar deyiladi.



Mustahkamlash:

  1. Tabiat komponentlarini nimalar hosil qiladi?

  2. Tabiat zonalari nima?

  3. Balandlik mintaqalarining soni nimalarga bog’liq?

  4. Okeanlarda qanday tabiat komplekslari bor?

  5. Antropogen tabiat komplekslari qanday bo’ladi?

Uyga vazifa:

28- betdagi topshiriqlarni bajarish

O’IBDO’ S. Turg’unov
Download 28.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling