Darsning maqsadi: Elektron pochta haqida o`quvchilara tushuncha berish. Darsning


Download 36.16 Kb.
bet1/9
Sana01.05.2023
Hajmi36.16 Kb.
#1418595
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 sinf dars ishlanma


29-Mavzu: Elektron pochta
Darsning maqsadi: Elektron pochta haqida o`quvchilara tushuncha berish .
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Elektron pochta haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Kompetensiya:

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash

15 minut

3

Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish

25 minut

5

Uyga vazifa va topshiriqlar

3 minut



I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:

  1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?

  2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so'zlab bering.

  3. Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?

  4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?

  5. Axborot qidiruv tizimlarida bo'iimlardan nima uchun foydalaniladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish.Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo'yilgan tayyor ma'lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma'lumot almashish, ya'ni "gaplashish" hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi.
Pochta haqida
Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo'lmaydi.
Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o'z elektron cdreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: @
. Elektron pochta adresida albatta "@" ("tijoratdagi et" yoki boshqacha nomi "kuchukcha") belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@uzsci.net.



Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling