Darsning maqsadi: Ossillyatoriyaning sistematik o’rni, tuzilishi va ko’payishini o’rganish. Mashg‘ulot rejasi


Download 169 Kb.
bet2/2
Sana19.01.2023
Hajmi169 Kb.
#1102330
1   2
Bog'liq
1-amaliy mikologiya

Topshiriqlar
1. Mikroskop ostida ossillyatoriya va nostok suvo‘tlarini ko‘rish, tuzilishi bilan tanishish.
2. Kuzatilgan obyektlami albomga chizish va qismlarini ko'rsatish.
3. Mashg’ulotning mavzusi, topshiriqlari bo’yicha izlanuvchilikni olib borish, B/BX/B - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim jadvalini to’ldirish.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim



















4. Mashg’ulotdan olingan bilim va malakalar asosida «baliq skeleti?» chizmasida suv o’tlari, nostok, ossillatoriyani, morfologik va biologik xususiyatlarini aniqlash



Ish tartibi
Bu tartib ko'p hujayrali gomotsit trixomali, g'ilofli, g'ilofsiz turlarni birlashtiradi. Ipsimon tuzilish deyarli tarmoqlanmagan, gormogoniylar yordamida ko'payadi. Geterotsista, akinetalar yo'q.
Ostsillatoriya (Oscilltoriya) - turkumining iplari shoxlanmagan, uni shilimshiq yopqichi bor yoki yo'q bo'lishi mumkin. Agar bo'lsa uning har birini o'zida, ostsillatoriya to‘lqinsimon harakatlanish kuzatiladi. Turkum 100 dan ortiq turlami birlashtirib, bizning turli ekologik sharoitli suv havzalarimiz va suvdan tashqarigi joylarda keng tarqalgan. Yurtimizda ostsillatoriyaning O.brevis. O.fon nosa . O.pitineps. O.tenuis barcha tabiiy va suniy suv havzalarida ayniqsa keng tarqalgan.
Spirulina - (Spirulina) turkumning suv o'tlarini trixomasi buralganligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu turkum ning 20 ga yaqin turlari yurtimiz sarxadida , ayniqsa S.major, S. subtilissima, S. tennissima keng tarqalgan.
Trixodesmum - Trichodesmum tallomining gomotsit koloniyalarni hosil qiladi. Bu turkumning suvo'tlari tropik va subtropik mintaqalardagi okeanlarning suvlarida keng tarqalgan, atmosfera azotini o'zlashtirishda dukkakli yuksak o'sim liklardan qolishmaydi.
Lingbiya - Lynglya turkumiga mansub suvo‘tlarining trixom asida biroz sezilib turadigin shilim shiqning borligi bilan ostsillatoriyadan farqlanadi. Yurtimizning suv havzalarida lingbiyaning 20 ga yaqin turlari bor, ular orasida L.limnetia, L.tenuissima ko'p uchraydi.
Ossillyatoriyani ko'pincha akvarium devorlarida boshqa suvo'tlar bilan birgalikda uchratish mumkin. Nina vositasida ossillyatoriya mavjud bo'lgan qobiqdan bir tomchi suv buyum oynasiga qo'yib, preparat tayyorlanadi. Awal kichik, so'ngra katta obyektivda kuzatiladi. U ingichka ko'k-yashil ipchalardan iborat bo'lib, hatto kichik ko'zguda kuzatilganda ham, ulaming tebranayotganligini kuzatish mum- kin.1 Ulaming harakati hujayraning protopektinli devorchasi ajratadigan shilimshiq modda hisobiga bo'ladi.
Katta obyektivda har qaysi ipcha ko'p sondagi mayda, bir xildagi yadrosiz, xro- matoforasiz hujayralardan iborat ekanligi kuzatiladi. Uning ichki, nisbatan tiniq bo'lgan hujayra qismi - nuklein kislotalari sentroplaziya va tashqi tomonidagi, nisbatan qoraroq pigmentlar xromatoplazma deb yuritiladi. Sitoplazmaning ustki qavatida esa, mayda glikogen donachalari ham kuzatiladi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarining anabena (Anabena), spirulina (Spirulina), xrookokk (Chroococcua) kabi turkumlari ham ko‘p uchraydi.


Mustahkamlash uchun savollar

1. Tuban o‘simliklar evolutsiyasida ko‘k-yashil suvo‘tlari qanday o‘rin egallaydi?


2. Tana tuzilishining o‘ziga xosligi nimada?
3. Ko‘k-yashil suvo‘tlar deb atalishiga qanday pigmentlar sababchi?
4. Ko‘k-yashil suvo‘tlari qanday usulda ko‘payadi?
5. Bo‘lim suvo‘tlari qanday muhitda tarqalgan va oziqlanadi?



Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling