Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 38.35 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1159981
1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma .

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.


II. Dasrningturi: yangibilimberish
III. Darsning usuli: Savol- javob, interfaol
IV. Darsning jihozi: Elementlardavriyjadval. Kodaskop. Ko`rgazmalimaterillar , darsgaoidslaydlarkimyoviymoddalarto`plamivadarslik


V. Darsning tashkiliy qismi
1.O`quvchilar bilansalomlashish.
2.O`quvchilarning davomatnianiqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa.


VI. O`tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni takrorlash maqsadida o’quvchilar diqqatini tortib olamiz va ,,Zilzila ” mashqini o’tkazib olamiz.

Modda

Molekula




Atom

Bunda o’quvchilar atom so’zi aytilsa tik turadilar, molekula so’zi aytilsa molekulaga aylanadilar, modda so’zi aytilsa, qo’llarini bir-biriga beradilar.


O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savolli tarqatmalar tarqtiladi. Javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi.


VII. Yangi mavzu bayoni.


Mavzu: Ishqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni. Ularning biologik ahamiyati va ishlatilishi
Reja:

  1. Ishqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni.

  2. Ularning biologik ahamiyati.

  3. Ishqoriy metallarning ishlatilishi

Yangi darsning bayoni.
Kimyoviy reaksiyalarda ishqoriy metallar o'zlarining valent elektronlarini oson beradi va +1 zaryadli ionga aylanadi. Ishqoriy metallar eng kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi va barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun'iy radioaktiv element, shuning uchun mavjud metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall seziydir.Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.Ishqoriy metallardan litiy stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor. Muskul to`qimasida 0.0023-10 %, qonda 0.004 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 92-200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 0,67 mg miqdorda bo`ladi. Natriy muskul to`qimasida 0,26-0,78 %, ilikda 1,0 %, qonda 1970 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 2-15 g bo`lishi kerak. Zaharli emas. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 100 g miqdorda bo`ladi.Kaliy muskul to`qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 140 g miqdorda bo`ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon
bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir.

Element


Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling