Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad
Download 72.09 Kb.
|
Ko`makchilarning ma\'no turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Darsda foydalanadigan metodlar
Fan: Ona tili Sinf: 7-“F” Mavzu: Ko`makchilarning ma’no turlari Dars nomi: Tinchlik istar barcha xalq Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: ko`makchilarning ma’no turlari haqida nazariy ma`lumot berish; Nutqiy kompetensiya: berilgan matnlarni tinglab, ko`makchilarni va ularning ma’no turlarini farqlay oladi; Lingvistik kompetensiya: og`zaki va yozma nutqda ko`makchilardan foydalanib matn tuza oladi. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni bir-biriga do`stona munosabat va vatanparvarlik, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; a)O‘zini-o‘zirivojlantirish kompetensiyasi: o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqiddan xulosa chiqarish; b)Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. v)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutq savodxonligini o`stirish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan foydalanib (internet, kompyuter) ma’lumot almashish, foydalanishda media madaniyatiga rioya qilish. Dars turi: o`quvchilarda bilim ,ko`nikma, malakalar va kompetensiyalarni rivojlantiruvchi dars Darsda foydalanadigan metodlar: Juftlikda ishlash orqali o`z-o`zini va sherigini baholash; “Sen yetim emassan” she’ri asosida “Diqqatni jamlash” mashqi; “Aqliy hujum”; “Yod diktant”; “O`rnida qo`lla” Dars jihozi: 7-sinf ona tili darsligi, tarqatmalar, slaydlar, “tomchi” baholash kartochkalari, proyektor, Netbuk Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Assalomu alaykum, sizga jon ustoz, Bilim olmoqlik qandayin soz! Qani, o`tiring, Qaddingiz rostlang biroz. Qancha o’rgansangiz oz. Bugun ilm cho`qqisidan, oshingiz yanа dovon. Elda bor shunday maqol: - Intilganga tole yor.(Hamma) Hamma darsga tayyormi? Kelmay qolgan ham bormi? Navbatchi davomatni aytadi. Barakalla, navbatchi, Hamma ishing besh, ayt-chi, Qaysi darsni boshlaymiz? So`ng aqlni charxlaymiz. O`tgan ona tili darsida To`xtalgandik qaysi mavzuda? Sof va vazifadosh ko`makchilar. -O`quvchilar, may oyidagi qanday muhim sanalarni bilasiz? - 9-may-Xotira va qadrlash kuni, 10-may G`.G`ulom tavallud topgan kun (Rasmlari ekranda namoyish etiladi. Prezidetimiz Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorlari- 9-mayni G`alaba kuni deb nomlash, “Istiqlol” san’at saroyi avvalgi “Xalqlar do`stligi” nomi bilan atash shunga o`xshash siyosiy yangiliklar haqida to`xtaladi). G`.G`ulomning “Sen yetim emassan” she’rining video varianti o`quvchilarga namoyish etiladi. She’rni tinglash davomida unda uchragan yordamchi so`zlarni aniqlab boradilar. O`quvchilar juftliklarda ishlash orqali o`z bilim,ko`nikma, malakalarini namoyish etadilar.Rag`bat sifatida esa “tomchi” berib boriladi. Shu tomchilardan foydalangan holda dars davomida gulning shaklini hosil qilishlari kerak bo`ladi. Qaysi juftlik gulni yasay olsa, o`sha g`olib sanaladi.Xuddi Navoiy bobomiz aytganidek: “Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur yoki yana bir maqol bilan buni izohlash mumkin: “Toma-toma ko`l bo`lur”. She’rdagi yordamchilarni to`g`ri topib izohlab bergan juftlik tomchi bilan rag`batlantiriladi. -O`quvchilar, keling bugungi darsimizni noan’anviy tarzda nomlab olamiz.Men bejizga “Sen yetim emassan” she’ridan foydalanmadim.( Shu o`rinda o`tilgan mavzu-yordamchilar, sof va vazifadosh ko`makchilar haqida tezkor savollar beriladi. Javoblarning bosh harflari esa ketma-ket doskaga yoziladi: “Tinchlik istar barcha xalqlar”. Tezkor savollar: Qizaloq adashib qolmaslik uchun onasi tomon yugurardi.Ushbu gapdagi vazifadosh ko`makchi? (Tomon) Bilan ko`makchisi she’riyatda qanday shaklda qo`llaniladi?(Ila) Non haqida o`ylasam, o`yim tamom bo`lmaydi. Ushbu gapda sof ko`makchi bilan birga kelgan so`z?(Non) Uchun ko`makchisi she’riyatda qanday shaklda qo`llaniladi?(-chun) Qalam-… men to`qiyman qo`shiq. Nuqtalar o`rniga ko`makchilardan mosini qo`ying.(-la) Siz kabi birikmasida urg`u qaysi tovushga tushyapti? Ot va otlashgan so`zlardan keyin kelib, ularni boshqa so`zlarga tobe bo`glaydigan yordamchi so`z turkumi?(Ko`makchi) Bog` ichiga kirib, mevalar haqida suhbatlashdi. Gapdagi vazifadosh ko`makchi?(Ichi) Atash ma’nosini tamoman yo`qotib, faqat o`zi birikkan so`zni boshqa so`zga tobe bog`laydigan ko`makchi turi?(Sof) U shunchalik kuchliki, bitta o`zi harakatni, tana a`zosini, millatning belgisini, fanni ifodalaydi. O`likka jondan nishon beruvchi ham, tirikni o`ldiruvchi ham u. (til) Vazifadosh ko`makchi? (avval) Keyin, ilgari, burun ko`makchilari qaysi so`z turkumiga oid?(Ravish) 13.Sof ko`makchilarning qaysi biri bog`lovchi vazifasida ham keladi?(Bilan) 14. Yordamchi so`zlar qanday ma’noga ega emas?(Atash ma’nosiga) 15. Devor bo`ylab qaradi. Gapdagi bo`ylab so`zini izohlang?(Ravishdosh) Savol-javob shu yerda to`xtatiladi. To`liq hosil qilinmay qolgan gapni o`quvchilar o`zi ijodiy yondashgan holda yakunlaydilar.(Tinchlik istar barcha xalq) Yangi mavzu bayoni: Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli ma’no yuklaydi. (Slayd orqali ko`makchilarning ma’no turlari haqida ma’lumot berib o`tiladi). Mavzuga doir mashq bajariladi. O`quvchilar mashqda berilgan gaplarni yoddan doskaga yozib,ko`makchilarning ma’no turlarini aniqlaydilar. Faol juftliklarga “tomchi” berib boriladi. Shu o`rinda ayrim o`quvchilarga tarqatmalar tarqatilib, ular ham rag`batlantiriladi. 1-tarqatma. Shohni derlar sipoh birlan shoh, Shoh emasdur yo`q esa anda sipoh. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang. 2-tarqatma. Yosh to`kub bahri mavjvar yanglig` Ko`k libos ichra nilufar yanglig`. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang. 3-tarqatma. Dona bila suv sari qilg`och xirom, Tortti sayyod aning ustiga dom. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang. Mustahkamlash: “O`rnida qo`lla” metodi. Har bir juftlikka chizmali topshiriq berilgan tarqatmalar tarqatiladi. Undagi ko`makchining ma’no turini aniqlab,shu orqali kichik matn tuzadilar. “O`rnida qo`lla” chizmali topshiriq.(matn tuzing) ___________________(vosita ma’nosini bildiruvchi ko`makchi) ________________. ___________________________________(o`xshatish ma’nosidagi ko`makchi)____________. __________________________(sabab ma’nosidagi ko`makchi)________________________. ______________________(fikr mavzusi ma’nosidagi ko`makchi)_______________________. Juftliklar birgalikda matn tuzib daftarlariga qayd qiladilar.So`ngra matnlarini o`qib eshittiradilar. Eng mazmunli matn “tomchi” bilan baholanib boriladi. Dars so`ngida qaysi juftlik tomchilardan gul hosil qilgan bo`lsa, o`sha juftlikka 5ball bilan baholanadi. Download 72.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling