(1827 yil.Nemis olimi Georg Simon Om).
Elektr qarshilik birligining ta`rifi. 1Ώ(Om) deb shunday o`tkazgichning qarshiligi qabul qilinganki, uning uchlaridagi kuchlanish 1V bo`lganda undan 1A tok kuchi o`tadi.Ya`ni:1Ώ=1V/1A.
Mavzuni mustahkamlash
Dars jarayonida o`quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvalgi mavzu yakunida keltirilgan masala yechish na`munasi tahlil qilinadi,so`ngra quyida darslikdagi 8-mashqdan 3 ta masala o`quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
2-Masala yechish.
Berilgan:
|
Asosiy formula:
|
Hisoblash:
|
U=4,5 V
I=0,3 A
R-?
|
I=U/R dan R=U/I.
|
R=4,5V/0,3A=15Ώ.
Javob: R=15 Ώ
|
4-Masalani yechish.
Berilgan:
|
Asosiy formula:
|
Hisoblash:
|
R=110Ώ
I=2A
U-?
|
I=U/R dan U=IR
|
U=2A*110 Ώ =220 V.
Javob: U=220 V
|
6- masalani yechish
Berilgan:
|
Asosiy formula:
|
Hisoblash:
|
S=0,5 mm2; l=100 m
U=7 V.
ρ=0,028 Ώ*mm2/m
-------------------------
I-?
|
I=U/R
R=ρl/S
lar ga asosan
I=US/ρl
|
l=(7*0,5/0,028*100)A=1,25A.
Javob: l=1,25A
|
Shundan song 6 minutlik “Mustaqil ish”o`tkaziladi.Mustaqil ish tophiriqlari:
-Zanjir qismidagi kuhlanish 220 V, shu qismning qarshiligi 110 Ώ. Zanjirdagi tok kuchini toping.
-Voltmetr qarshiligi 1000 Ώ.Shu voltmeter 20 V ko`rsatsa, undan o`tayotgan tok kuchini aniqlang.
-15 V ga mo`ljallangan voltmeter orqali o`tayotgan tok 0,1 A bo`lsa,voltmeter qarshiligi qancha bo`lishi mumkin?
O`quvchilarni baholash.
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi. G’olib guruh aniqlanadi. Faol o`quvchilar alohida rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa.
-Darslikdan 16-mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish;
-8-mashqdan 1-3 va 5-masalalarini yechish.Qiziquvchi o`quvchilar uchun”Fizikadan savol va masalalar to`plami”dan 950,951 va 952- masalalarini yechish tavsiya etiladi.
-Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. -Georg Omning hayoti va faoliyati haqida referat tayyorlash.
Fan o’qituvchisi: Usmonova B.
O’IBDO’: G’oibova R.
-
20-DARS. Masalalar yechish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: O’tilgan mavzular yuzasidan blimlarini mustaxkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Korreksion vazifa: O’quvchilarni ko’rish qobilyatiga qarab vazifalarni taqsimlash
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2
elektr energiyasining yorug‘lik energiyasiga aylanishi va lampochkaning qizishi, xonadon elektr zanjiri, elektroliz hodisasi, magnitlarning o‘zaro ta’siri, Ersted tajribasi, elektromagnitni, magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishi, chap va o‘ng qo‘l qoidasini, Faradey tajribasi va elektromagnit induksiya hodisasini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
|
Do'stlaringiz bilan baham: |