Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha


Download 30.32 Kb.
bet1/7
Sana23.01.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1111921
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH


STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI


1. Statistik kuzatish haqida tushuncha

Ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda olib boriladigan har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Shulardan bi­rinchisi statistik kuzatish usuli hisoblanadi.


Statistik kuzatish deganda o‘rganiladigan ommaviy ijtimoiy ho­disa va voqealar bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘p-lash, yig‘ish jarayoni tushuniladi. Statistik tadqiqot oldida, masa­lan, tuman bo‘yicha shirkat xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish maq­sad qilingan bo‘lsa, u holda tumandagi har bir xo‘­ja­likda mavjud bo‘l­­gan yer fondi, moddiy va mehnat resurslari, ishlab chi­qarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planishi zarur. Agar ular yetarli bo‘lmasa, shirkat xo‘jaliklarining faoliyatiga obyektiv baho berib bo‘lmaydi. Shu­ning uchun ushbu bosqich qancha to‘g‘ri va chuqur tashkil etil­sa, oqibatda uning natijalari aniq va maqsadga javob bera ola­di­gan bo‘ladi.
Demak, statistik kuzatish bosqichida o‘rganilayotgan omma­viy ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mazmuni va mohiyatini chuqur bilgan holda aniq dastur va reja asosida ular­ni to‘plash va qayd qilish zarur. Shunday qilingan taqdirda sta­tistik tadqiqot samarali bo‘ladi.


2. Statistik kuzatishning uslubiy dasturi

Statistik kuzatishning uslubiy dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:


1. Kuzatish maqsadi va vazifalari.
2. Kuzatish dasturi.
3. Kuzatish obyekti.
4. Kuzatish birligi.
5. Kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi.
Statistik kuzatishni tashkil qilishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinishi kerak. Shundan so‘ng ular asosida statistik kuzatishning dasturi, obyekti va birligi aniqlanadi.
Har qanday kuzatishning maqsadi va vazifalari o‘rganilayot-gan obyektning xususiyatidan kelib chiqadi, ular, o‘z navbatida, umumiy va xususiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Masalan, mam-lakat bo‘yicha statistik kuzatish yagona maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi, ya’ni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbol­la­rini belgilash uchun manba yaratish va ularning bajarilishini na­zorat qilib borish hisoblanadi. Umumiy maqsaddan tashqari har bir sta­tistik kuzatish o‘zining xususiy maqsadi va vazifalariga ega bo‘ladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish jarayonini olib ko‘ray­lik. Ushbu kuzatishni o‘tkazishdan maqsad mamlakat aho­li­si­ning sonini va uning tarkibiy tuzilishini aniqlash hisoblanadi. Aho­­li to‘g‘­risidagi ma’lumotlar, o‘z navbatida, ijtimoiy va ma­­da­niy iq­tisodiy sohalar taraqqiyotini rejalashtirishda, ularning istiq-bolini belgilashda asos qilib olinadi. Xullas, har bir ijtimoiy-iqti­sodiy hodisani va jarayonni statistik kuzatish oldida o‘ziga xos maqsad va vazifalar turadi.
Statistik kuzatishning maqsadidan kelib chiqqan holda statis­tik kuzatish dasturi tuziladi. Dastur tuzish statistik kuzatish­ning eng og‘ir va eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Statistik ku­za­tish ja­rayonida o‘rganiladigan obyektning har bir qismi (birligi) ni ta’­rif­lovchi belgilar (ko‘rsatkichlar) tizimi (ro‘yxati) kuzatish das­turi de­yiladi. Ushbu dastur va yagona metodologiya asosida za­ruriy ma’­lu­motlar yig‘iladi. Bu yerda ma’lumotlar taqqosla­ma­­li­giga katta e’ti­bor beriladi. Masalan, paxtachilik shirkat xo‘jalik­la­rida paxta ish­lab chiqarish bo‘yicha meh­nat unum­­dorligi o‘sish sur’atini tah­lil qilish maqsad qilingan bo‘lsa, qator yil­lar uchun oli­­­nadigan yal­pi mah­sulot hajmi bir xil taqqoslama bahoda ba­ho­lanishi, sarflan­gan vaqt hajmi bir xil bo‘lishi shart, shun­day bo‘l­gan taqdirda meh­nat unum­dorligi darajasi to‘g‘ri hi­soblanib, xu­lo­sa va takliflar to‘g‘ri qilinishi mum­kin. Agar yalpi mah­sulot har xil baholarda ba­holansa, sarflan­gan vaqt bir yil uch­un kishi-kuni, ik­kinchi bir yil uchun kishi-soat kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha olin­sa, u vaqtda bu ma’lumotlar asosida to‘g‘ri xulosalar mutlaqo chi­qa­rib bo‘lmaydi.

Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling