Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha
Download 30.32 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoppasiga kuzatish
- Qisman kuzatish
- Tanlama kuzatish
- Asosiy massivni kuzatish
- Monografik kuzatish
Biryo‘la kuzatish zaruriyat tug‘ilganda hodisalarni aniq mud-datlarda qayd qilishdir. Uy-joy fondini ro‘yxatga olish, ko‘p yil-lik meva daraxtlarni ro‘yxatga olish kabi hodisalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
O‘rganiladigan to‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘-yicha statistik kuzatish ikki turga bo‘linadi: Yoppasiga kuzatish. Qisman kuzatish. Yoppasiga kuzatish deganda o‘rganilayotgan to‘plamning bar-cha birliklarini qayd qilish tushuniladi. Ushbu kuzatishda to‘p-lamdagi barcha birliklar to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar yig‘iladi (qayd qilinadi). Statistik hisobot, aholi ro‘yxati, chorva mollari ro‘yxati kabilar ushbu kuzatishga misol bo‘la oladi. Qisman kuzatish deganda o‘rganiladigan to‘plamdagi birlik-lardan qandaydir bir qismini ajratib olib, ular to‘g‘risidagi ma’-lumotlarni qayd qilish tushuniladi. Qisman kuzatish, o‘z navbatida, 4 turga bo‘linadi: 1. Tanlama kuzatish. 2. Àsosiy massivni kuzatish. 3. Ànketa orqali kuzatish. 4. Înografik kuzatish. Tanlama kuzatish deganda bosh to‘plamdan bir qismini tanlab olib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish tushuniladi. Masalan, xo‘jalikdagi 10 ming bosh qo‘ydan 10 foizini, ya’ni 1 ming boshini tanlab olib, shular bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayd qilishni tushunmoq kerak. Asosiy massivni kuzatish deganda o‘rganiladigan to‘plamda eng katta salmoqni egallaydigan birliklar ajratib olinib, ular to‘g‘-risidagi ma’lumotlarni qayd qilish tushuniladi. Anketa orqali kuzatish deganda o‘rganilayotgan to‘plam bo‘-yicha kishilarga oldindan maxsus tayyorlangan varaqalar tarqa-tilib, olingan ma’lumotlarni qayd qilish tushuniladi. Monografik kuzatish deganda o‘rganiladigan to‘plamning ayrim birliklarini joylarda chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. Masalan, ilg‘or tajribani o‘rganish orqali uni ommalashtirish usulini monografik kuzatishdir. Statistik kuzatish usullari, o‘z navbatida, 3 turga bo‘linadi: 1. Bevosita kuzatish usuli. 2. Hujjat bo‘yicha kuzatish usuli. 3. Savol-javob usuli. Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling