Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha
Statistik kuzatishning obyekti va birligi
Download 30.32 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH
3.Statistik kuzatishning obyekti va birligi
Kuzatish obyekti va kuzatish birligi statistik kuzatish uslubiy dasturining asosiy qismlari hisoblanadi. Kuzatish obyekti deganda o‘rganiladigan ijtimoiy hodisalar birliklarining to‘plami tushuniladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olishda, statistik kuzatish obyekti mamlakat va uning barcha hududlarida yashayotgan barcha shaxslar hisoblanadi. Yoki boshqa bir misol. Qishloq xo‘jaligi hisobotida – barcha shirkat xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqarish firmalari kabilar obyekt hisoblanadi. Yoki shirkat xo‘jaligi doirasida har bir oila pudrati kuzatish obyekti hisoblanadi. Statistik kuzatish obyektini to‘g‘ri aniqlash – bu ishonchli statistik ma’lumotlarni olish uchun zarur bo‘lgan shartdir. Shu-ning uchun obyektni to‘g‘ri aniqlash va chegaralash zarur. Statistik kuzatish obyektini chegaralash ma’lum belgilar aso-sida amalga oshirilishi kerak. Bular sirasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. Kuzatiladigan hodisaning qaysi korxona turiga yoki xalq xo‘jaligi tarmoqlarining qaysi turiga tegishliligi; 2. Olinadigan ma’lumotlarning qaysi hududga tegishliligi; 3. Olinadigan ma’lumotlarning qaysi davrga, vaqtga tegishli-ligi; Statistik kuzatish birligi deganda kuzatilayotgan ommaviy ijtimoiy hodisa yoki voqealar to‘plamlarining bir birligi tushuniladi. Masalan, qishloq xo‘jaligining u yoki bu faoliyati o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi yoki fermer xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining yoki ta’minot faoliyatining, yoki moliyaviy faoliyatining u yoki bu natijalarining ahvoli o‘rganilmoqchi bo‘lsa, zaruriy ma’lumotlar har bir shirkat xo‘jaligining hisoblaridan olinadi. Shuning uchun ham, shirkat xo‘jaliklarining har biri kuzatish birligi hisoblanadi. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari tarkibiga statistik kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi ham o‘z aksini topadi. Statistik kuzatish formulyari deganda kuzatish paytidagi savollarga berilgan javoblarni aks ettirilishi lozim bo‘lgan hujjat tushuniladi. U hisobot va ro‘yxatga olish varag‘i shaklida bo‘ladi. Kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatish obyekti va birligi, kuzatish muddati, ma’lumotlarni bir xil usulda yig‘ish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi kabi masalalar kuzatish yo‘riqnomasida yoritiladi. Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling