Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha


Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari


Download 30.32 Kb.
bet3/7
Sana23.01.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1111921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH

4. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari

Ijtimoiy hodisalarni kuzatish statistikada quyidagi ikki shakl-da tashkil qilinadi:


– statistik hisobot.
– maxsus statistik kuzatish tekshiruvi.
Statistik hisobot deganda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qo-nunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirli­gi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Moliya vazirliklari tomoni­dan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yuridik hujjat tushuniladi. Ush­bu yuridik hujjat barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomo­ni­dan belgilangan muddatda statistika organlariga hamda o‘zi bo‘y­­su­na­digan yuqori idora va vazirliklarga taqdm qilinadi. O‘z nav­ba­tida, u ham statistik va buxgalteriya hisobotlariga bo‘linadi.
Statistik hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli hisobla­nadi. U barcha korxona, tashkilot, muassasa va idoralar faoliya­tining natijalari haqida dastlabki haqiqiy ma’lumotlarni beruv­chi yuridik hujjatdir. Uning ma’lumotlari asosida statistik kuzatish tashkil qilinadi.
Maxsus uyushtirilgan statistik kuzatish statistik kuzatishning ikkinchi shakli hisoblanadi. Ushbu kuzatish ma’lumotlarni ro‘y-xatga olish, bir yo‘lakay hisoblash va har xil tekshirishlar o‘tka-zish yo‘li bilan to‘planadi.
Statistik hisobot qanchalik takomillashgan bo‘lsa ham, ya’ni qanchalik ilmiy asosda tashkil qilingan bo‘lsa ham ijtimoiy ha­yotda sodir bo‘ladigan barcha hodisalarni to‘liq qamrab ola ol-maydi. Hayotda shunday ijtimoiy hodisalar sodir bo‘ladiki, ular-ni hisobotda aks ettirishning iloji bo‘lmaydi, lekin ular ijtimoiy ha­yotning u yoki bu sohasi taraqqiyotini, o‘zgarishini tavsiflaydi, ta’riflashda, baho berishda juda-juda zarur bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan statistika maxsus uyushtirilgan kuzatish-tekshiruvini tash­kil qiladi, zaruriy ma’lumotlarni to‘playdi. Masalan, savdo­dagi narx-navo, oila budjeti, aholi soni ro‘yxatlari, bozordagi narx­ni qayd qilish kabi jarayonlar va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lu­mot­­­larni maxsus tashkil etilgan statistik kuzatish usuli orqali olish mum­kin.
Statistik kuzatish ikki guruhga bo‘linadi:
1. Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha.
2. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha.
Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha statistik kuzatish, o‘z navbatida, quyidagi 3 ta turga bo‘linadi:
1. Joriy kuzatish.
2. Davriy kuzatish.
3. Bir yo‘la kuzatish.
Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bi­lan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuza­tish­ni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin. Masalan, qishloq xo‘­jalik mashinalarining kirimi va chiqimi, paxta, g‘alla va boshqa mah­su­lotlarning kirimi, chiqimi va hokazo hodisalarning paydo bo‘­lishi bilan boshlang‘ich hujjatlarda hisobga olish shular jumlasiga ki­radi.
Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’­lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo. Masa-lan, har yilning boshida qoramollarning hisobini olish ushbu ku-zatish turiga misol bo‘la oladi.

Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling