Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha


Download 30.32 Kb.
bet5/7
Sana23.01.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1111921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH

Bevosita kuzatish usuli kuzatilayotgan hodisalarni shaxsan ko‘­rish, sanash, tortish va o‘lchash orqali olingan ma’lumotlar­ni kuzatish varag‘ida qayd qilishdir.
Hujjat bo‘yicha kuzatish usulida o‘rganiladigan to‘plam bi­lan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli hujjatlardan olish tu­shu­ni­la­di.
Savol-javob usulida o‘rganilayotgan to‘plam bo‘yicha shaxs-larga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Savol-javob usuli og‘zaki va yozma usullar tariqasida amalga oshiriladi. Og‘zaki savol-javob usulida olingan ma’lumot­­larni maxsus kuzatuvchi xodimlar o‘zlari qayd qiladi. Og‘zaki sa­vol-javob usulida so‘ralayotgan shaxs javoblar varaqasini o‘zi to‘l­diradi. Bu o‘zini-o‘zi qayd qilish usuli deb ham ataladi.


5. Statistik kuzatish xatolari va ularni
aniqlash usullari

Statistik kuzatish xatolari ikkiga bo‘linadi:


1. Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolar.
2. Reprezentativ xatolar.
Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolarni ham ik­ki turga ajratish mumkin:
1. Tasodifiy xatolar.
2. Muntazam xatolar.
Tasodifiy xatolar kuzatuvchining charchashi, toliqishi, hovli-qishi natijasida paydo bo‘ladi.
Muntazam xatolar, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi:
1. Bila turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar;
2. Bilmay turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar.
Bila turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar deganda kuza­tuv­chi qayd qilinayotgan ijtimoiy hodisalarning mazmunini va mo­hiyatini chuqur tushunib, ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda, atay­lab xatoni sodir etishi tushuniladi. Masalan, hisobot ma’lu­mot­la­riga qo‘shib yozish, ushbu xatoga misol bo‘la oladi. Bu xa­to man­sab­ni suiiste’mol qilish yoki yuridik hujjat bo‘lgan hi­so­botga ras­mi­yatchilik bilan qarash oqibatida kelib chiqadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xato hodisalar to‘g‘risida ma’­­lumotlarni (raqamlarni) yaxlitlash natijasida kelib chiqadi. Aholini ro‘yxatga olish vaqtida yoshni butunlashtirib, yaxlitlab olinishini mi­­sol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, 78, 79 yoshdagilarni yoki 81, 82 yoshdagilarni 80 yosh deb yozish natijasida ushbu xato sodir bo‘ladi.
Bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari orasidagi farq rep­rezentativ xato deyiladi. Bu xato bevosita tanlama kuzatish­ga xosdir, shuning uchun ham, uning mazmuni va mohiyati tan­la­ma kuzatish mavzusida batafsil yoritiladi.
Statistik kuzatish xatolarini tekshirish ikki xil usul orqali amal­ga oshiriladi:
1. Arifmetik tekshirish usuli;
2. Mantiqiy tekshirish usuli.

Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling