Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha
Download 30.32 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy tekshirish
- Tayanch iboralar
Arifmetik tekshirish deganda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni raqamlar yordamida qayta hisoblash, taqqoslash orqali tekshirish usuli tushuniladi. Boshqacha aytganda, jadvallarda va hisoblarda keltirilgan raqamlarni qayta hisoblab ko‘rish, dastlabki va buxgalteriya hisobi, hisoboti ma’lumotlariga solishtirib ko‘rish orqali hodisalarni tekshirishga arifmetik tekshirish deyiladi. Masalan, shirkat xo‘jaligi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qoldiq qiymati bilan yil davrida xo‘jalikka kelib tushgan fondlar qiymatining jami ularning yil oxiridagi qoldiq qiymati bilan xo‘jalikdan chiqib ketgan fondlar qiymatining jamiga teng kelishi kerak. Agar balans bermasa, demak, ma’lumotlarning qaysidir birida muayyan xatoga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ladi. Ana shunga o‘xshash usullar bilan arifmetik tekshirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy tekshirish deganda u yoki bu ma’lumotlarni o‘zaro bog‘lanishini mazmunan tekshirib ko‘rish usuli tushuniladi. Bunda rekvizitlarga, hisobotlarda talab qilinadigan ko‘rsatkichlarga berilgan javob ko‘zdan kechiriladi, ularda qarama-qarshiliklar bor-yo‘qligi aniqlanadi. Masalan, xo‘jalikning yillik hisobotida qo‘ylar soni ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga sarf bo‘lgan ozuqa miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yoki olingan kartoshka miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, ammo unga sarf bo‘lgan kartoshka urug‘i ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qayerdadir xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Yoki boshqa misol. Agar aholi ro‘yxati varaqasida besh yoshli bola oliy ma’lumotli deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda hisobning qayeridadir xatoga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich bir-biriga zid, qarama-qarshi bo‘lganligi uchun xatoga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling