Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad
DTS talabi:Elektr maydoni xaqida tushunchaga ega bo’lishi
Download 1.37 Mb.
|
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020
DTS talabi:Elektr maydoni xaqida tushunchaga ega bo’lishi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
Мashg`ulotning borishi Asosiy tushuncha va atamalar: -atom; -yadro; -proton; -neytron; -elektron; -elektr zaryad;-kulon; -elektron zaryadi; -elektron massasi; -elektrofor mashina. Dars rejasi: -“Atom” so`zining ma`nosi; -Yadro,proton,neytron, elektron. -Elektron zaryadi va uning birligi. -Elektroning zaryadi va massasi; -Elektrofor mashinaning tuzilishi, zaryadlarning hosil bo`lishi. O`tilgan mavzu bo`yicha savol-javob O'tilganlarni takrorlash uchun “Blits savollar”dan foydalaniladi.Masalan: 1.Tabiatda necha xil elektr zaryadlari mavjud? 2.Suyuq o`tkazgichlarga misollar keltiring? 3.Elektroskop dan nima maqsadda foydalaniladi? 4.Elektroskopning elektrometrdan nima farqi bor? 5.Izolyator nima? Unga misollar keltiring. Yangi mavzu bayoni (Elektron darslik va slaydlar yordamida amaliy mashg`ulot va ko`rgazmalilik,”Modifikatsiyalangan ma`ruza” interfaol metodi) Atomning ichki tuzilishini 1911- yilda ilk bor ingliz fizigi Ernest Rezerford o`rgangan. U o`z tajribalariga asoslanib,atom tuzilishining sayyoraviy modelini yaratdi.Unga ko`ra,atom ikki qismdan: atom yadrodan va uning atrofida aylanib turuvchi manfiy zaryadli elektrondan tashkil topgan. Yadroda qo`zg`almas zarra Proton hamda massa jihatidan teng zaryadsiz zarracha Neytron joylashgan. Yadroda protonlar soni ortishi bilan uning atrofida aylanib turuvchi elektronlar soni ham ortib boradi.Elektronlar yadro atrofida turli uzoqlikda bo`ladilar.Shulardan yadrodan eng uzoqda joylashganlari yadro bilan nizbatan kuchsiz bog`langan bo`ladi.Ular qoshni atomning ta`sirida atomdan chiqib, atomlar orasidagi bo`shliqqa o`tadilar.Bunday holatga o`tga elektronlar erkin elektronlar deyiladi.O`ziga birikkan elektronini yo`qotgan atom musbat ion, erkin elektronni biriktirib olgan atom esa manfiy ion deyiladi. Elektr zaryadi- bir biriga ishqalanishi natijasida zaryadlangan jismlardan o`tgan zaryadlarning miqdoriy o`lchovi sifatida kiritilgan kattalik bo`lib, “q” harfi bilan belgilashga kelishilgan.Birlik sifatida esa “1 C”(Kulon) qabul qilingan.Bu birlik fransuz fizigi Sharl Kulon nomiga uning sharafiga qabul qilingan.Shunday qilib,bir jismdan ikkinchi jismga o`tishi mumkin bo`lgan eng kichik zaryad miqdori bitta elektron zaryadiga teng.Uning miqdorini 1-bo`lib Amerika fizigi R.Milliken aniqlagan.
bunda: N-bir jismdan ikkinchi jismga o`tga elektronlar soni. 1 C musbat zaryadga ega bo`lgan jismdan nechta elektron chiqib ketgan bo`ladi? N=q/e=1 C/1,6*10-19C=6,3*1018 ta. 1 ta elektronning massasi me=9,1*10-31kg (Pashsha qanotining massasidan 5*1022 marta kichik). Elektrofor mashina-qarama qarshi ishorali elektr zaryadlarini hosil qiluvchi mashina. Elektr zaryadlarining o`tkazgich sirtida taqsimoti(M.Faradey): -zaryadlar barchasi o`tkazgichning sirtida joylasib,uning ichki qismida bo`lmaydi; - zaryadlar jism sirtida notekis taqsimlanadi,ya`ni jismning uchlik (qirrali) joylarida eng ko`p,tekis joylarida kamroq, botiq joylarida esa undan ham kam bo`ladi. Darsni mustahkamlash. Bunda ”Har kim har kimga o`rgatadi” interfaol metodidan foydalaniladi. Sinf o`quvchilari orasidan yetakchi tanlanadi,songra u boshqa o`quvchilarga quyidagicha murojaat qiladi: 1.Atom so`zining ma`nosi nima? 2.Atom yadrosining tuzilishi qanday? 3.Elektr zaryadi deb nimaga aytiladi? 4.E.Rezerfordning modeli haqida nimalarni bilasiz? 5.Elektrofor mashinaning tuzilishi va ishlashi haqida nimalarni bilasiz? Ushbu metod o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi, hamda erkin muloqotni,intellektual salohiyatni o`stirib boradi. Masala.D-1.3.
O`quvchilarni baholash. Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan 3-mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Ernestrezerfordning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar to`plash; -Plastmassa,ruchka va mo`yna olib,musbat va manfiy zaryadlanishlarni hosil qilish; -Darslikdagi 1-mashqning 1- va 2- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda “Fizikadan savol va masalalar to`plami” dan olingan 890-895-savollarga javob topish tavsiya etiladi.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling