Darsning maqsadi: Ta`limiy; Nevroz, alkogolizm, giyohvandlik haqida ilmiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy
Alkogolni oliy nerv faoliyatiga ta’siri-
Download 50.5 Kb.
|
Taysnch -harakatlanish ociq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giyohvandlik
- Navoiy shahar 17 –o’rta ta’lim maktabi Bilogiya fani o’qituvchisi Boboyorova Kamolaning
Alkogolni oliy nerv faoliyatiga ta’siri-alkogol barcha organlarga, ayniqsa bosh miya katta yarimsharlarining po’stloq qismiga kuchli ta’sir qiladi.Alkogol markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi.Ichish shartli reflekslar hosil bo’lishini sekinlashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qo’zg’atib, xursandchilik kayfiyatini paydo qiladi.Shuning uchun ichgan odam uyalmaydi, sog’ holatda qilmaydigan ishlarga qo’l uradi , o’zini tutolmaydi, ko’p gapiradi.
Giyohvandlik-narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotirjamlik hissini uyg’otib, kayf qildirishi sababli iste’mol qilinadi.Keyinchalik organizm bu moddalarga o’rganib qolishi oqibatida geyohvandlik kelib chiqadi. Narkomaniya, ya’ni giyohvandlik-kayf keltiradigan moddalarni ko’proq iste’mol qilinishi oqibqtida kelib chiqadigan og’ir ruhiy kasallik. Narkotik moddalarning muntazam iste’mol qilinishi organizmni butunlay zaharlaydi.Giyohvandlikda dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o’zgrishlar yurak urishi, terlash, qo’l- oyoq titrashi,ko’z qorachig’ining kengayishi kabi holatlar paydo bo’ladi. Alkogolizm va giyohvandlik faqat bemor odamning o’ziga emas, balki boshqa odamlar va jamiyatga ham katta zarar yetkazadi.Bu kasalliklarga duchor bo’lgan odam o’z vazifasi, oilasi, qarindoshlariga e’tiborsiz bo’ladi.Og’ir jinoyatlarning asosiy qismi narkotik moddalar iste’mol qilish va ichkilikbozlik oqibatida ro’y beradi. Alkogol va narkotik moddaga ruju qo’ygan ota-onadan turli irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tug’uladi.Alkogollar va narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari ko’p uchraydi. Yangi mavzu mushtahkamlanadi. O’quvchilar tegishli ma’lumotlarni o’ziga xos javoblarga qo’yish va biologik diktant orqali mavzuni mustahkamlaydi. BIOLOGIK DIKTANT ..................................-nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog’liq og’ir ruhiy xastalik. .........................markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanishni bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi. .......................shartli reflekslar hosil bo’lishini sekinlashtirib, bosh miyaning ayrim qisimlarini qo’zg’atib,..........................kayfiyatini paydo qiladi. Alkogolni muntazam iste’mol qilish ....................................ga olib keladi. Giyohvandlikda dastlab ........................... kuzatiladi. Dars oxirida; O’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa :46- mavzuni o’qib o’rganish . . Navoiy shahar 17 –o’rta ta’lim maktabi Bilogiya fani o’qituvchisi Boboyorova Kamolaning odam va uning salomatligi fanidan ” Nerv sistemasi gigiyenasi” mavzusida ochiq dars ishlanmasi. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling