Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘rganilgan ko‘rinishdagi misol va masalalar yechish. Tk1
Download 0.79 Mb.
|
Million ichida qo’shish va ayirish amallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
4-sinf Matematika Sana: Mavzu:Million ichida qo’shish va ayirish amallari Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘rganilgan ko‘rinishdagi misol va masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini singdirish. TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda hozirjavoblik, tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish. Dars turi:umumlashtiruvchi Dars metodi:Savol-javob,trenajyor mashqlar Dars jihozi:AKT,IPT,tarqatma savollar,test Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. O‘qituvchi: Bolajonlar omonmisiz? Bugun darsga tayyormisiz? O‘quvchilar: Biz hammamiz omonmiz, Bugun darsga tayyormiz. Davomat aniqlanadi. Ma’naviyat daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilarni “Bank” o‘yini bilan tanishtirish. - “Bank” nima degani? - “Bank” - kredit moliya muassasasi. - Pul deganda nimani tushunasiz? - Pul yagona hisob-kitob vositasi hisoblanadi. O‘quvchilar, sizlarning bilimlaringizni reyting usulda 1, 2, 3, 4, 5 ball bilan baholayman. Eng yuqori baho 5 ball. Reyting oynasi doskaga ilinadi. Oynada 36 ta raqam joylashtirilgan. Наr bir o‘quvchi o‘z tartib raqamiga ega bo‘lib, parta chetlarida bu raqamlar ko‘rsatib qo‘yiladi. Qaysi tartib raqamdagi o‘quvchi turib javob bersa, javobi uchun reyting oynasidagi tartib raqamiga ball qo‘yiladi. Bugungi matematika darsimizda hamma ko‘p ball yig‘ishga kirishsin. Reyting oynasi kimning necha ball olishini ko‘rsatib turadi. Dars so‘ngida ballarni so‘mga aylantirib, “Tadbirkor” bankimizni pullar bilan to‘ldiramiz. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling