Darsning maqsadi
Download 115.48 Kb.
|
8 sinf ozbekiston tarixi konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash. Uyga vazifa
- Dars turi
- Yangi mavzu: kichik ma’ruza. Savdo aloqalari.
- XVII asrda elchilik munosabatlari.
- Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi.
- O’zbek xonliklari va Rossiya bilan munosabati Baholash. Uyga vazifa
- Yangi mavzu : kichik ma’ruza. Raqobat sabablari.
- Ingliz ekspeditsiyalari.
- O`rta Osiyo xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlarining keskinlashuvi.
- Yangi mavzu : kichik ma’ruza . Jahon taraqqiyotidagi o`zgarishlar.
- I. Karimov.
- Abdulla Qodiriy
- Baholash Uyga vazifa . takrorlash
Mustahkamlash . 1.XVI asrda Osiyto qit’asida nechta kuch maydonga keldi ? 2.Q!anday omillar Buxoro bilan Hindiston o’rtasida elchilik va savdo aloqalarini kuchaytirdi ? 3.Xonliknio Afg’oniston bilan munosabatini ayting? 4.Qo’qon va Xitoy munosabatlari haqida nima bilasiz? 5.1832 yilgi Xitoy-Qo’qon shartnomasida qanday shartlar qo’yilgan ? 6.Nodira haqida nima bilasiz? Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : O’zbek xonliklarini Rossiya bilan munosabati.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
1.XVI asrda Osiyo qit’asida nechta kuch maydonga keldi ? 2.Q!anday omillar Buxoro bilan Hindiston o’rtasida elchilik va savdo aloqalarini kuchaytirdi ? 3.Xonlikning Afg’oniston bilan munosabatini ayting? 4.Qo’qon va Xitoy munosabatlari haqida nima bilasiz? 5.1832 yilgi Xitoy-Qo’qon shartnomasida qanday shartlar qo’yilgan ? 6.Nodira haqida nima bilasiz? Yangi mavzu: kichik ma’ruza. Savdo aloqalari. O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi. Volgabo`yi orqali Rus savdogarlari ham, O`rta Osiyo. O`rta Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari o`z mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to`qilgan matolarni talab qilayotgan Rossiya bilan savdo-tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g`oyat manfaatdor edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo`yna, charm va boshqa mollari O`rta Osiyoda xaridorgir edi. Savdo-sotiq ishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda o`zbek xonliklari va Rossiya o`rtasidagi elchilik munosabatlari muhim o`rin tutardi. XVII asrda elchilik munosabatlari. 1619- yilda Imomqulixonning elchisi Odambiy Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida bo`ladi. Podsho Odam-biy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. I. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o`z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov 1620-1622- yillarda Buxoro xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli malumotlar to`playdi. U qimmatli sovg`alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko`ra, XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar kelishgan Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi. Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb hisoblab, ularga tazyiq o`tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700- yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so`ragan. 1709- yili toj-u taxt vorisi Muhammad ham shundayqilganedi. Pyotr I Xiva xonigajo`natgan yorlig`ida shunday gaplar yozilgan edi: „Shohona muruwat ko`rsatib, xonning qo`l ostidagijamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz". Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va chor Rossiyasining „Shimoliy urush" bilan bandligi bunga sabab bo`ldi. 1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma'murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko`p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma'lumotlar ta'sirida Pyotr I o`zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi. Mustahkamlash klaster O’zbek xonliklari va Rossiya bilan munosabati Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : XIX asrni birinchi yarmida Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya va Rossiya raqobathciligi ..
1.Rossiya va Markaziy Osiyo xonliklari o’rtasida savdo aloqalarini rivojlanishiga nima sabab bo’ldi? 2. XVI - XVII asrlardagi elchilardan kimlarni bilasiz ? 3.Elchilarga qanday vazifalar yuklatilgan? 4.Qachon va nima uchun Rossiyaning xonliklarga nisbatan munosabatda tazyiq o’tkazish boshlandi ? 5.Rossiyaga boradigan karvon yollari xaritasini chizing ? Yangi mavzu : kichik ma’ruza. Raqobat sabablari. XIX asrning birinchi yarmida Angliya va Rossiya davlatlari o`rtasida Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilik kuchayib, keskinlashib ketdi. Raqobatchilikning kuchayishiga quyidagilar sabab bo`ldi: Angliya va Rossiyaning o`rta Osiyo hisobiga yangi mustam-lakalarga ega bo`lish yo`lidagi urinishlari; o`z mollarini sotish va undan mo`may daromad olish uchun o`rta Osiyo bozorlarini egallash istagi; O`rta Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo`lishga intilishlari. Bu omillar dunyodagi ikki yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarining to`qnashuviga olib keldi Ingliz ekspeditsiyalari. Ingliz ekspeditsiyalaridan biri U.Murkford boshchiligida uyushtirildi. Murkford ekspeditsiyasi 1825-yil fevral oyida Buxoroga yetib keldi. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya hukmron doiralari tashvishga tushdilar. Natijada Rossiya hukumati Buxoro amiri Haydarga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildiradi. Rossiya hukmron doiralarida borgan sari o`rta Osiyoni bosib olish kayfiyati kuchayib bordi. 1826-yilda Rossiya hukumati polkovnik F. Berg boshchiligida Ustyurtga ekspeditsiya yuborib, O`rta Osiyoga boradigan yo`llarni yanada aniqroq belgilab oldi. 1831-yilda inglizlar o`rta Osiyoga ikkinchi marta elchi yubor-dilar. Elchilarga ingliz armiyasi leytenanti Aleksandr Byorns boshchilik qildi. Aleksandr Byorns mamlakat hududida katta razvedka ma'lu-motlari ham to`play oldi. Bu elchilik missiyasi o`rta Osiyoda ingliz savdosining rivojlanishiga yordam berdi. 1839-yili Angliya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatlar boshlaganida Rossiya - Angliya munosabatlari yanada keskinlashgan. Xususan, ingliz razvedkasi vakillaridan kapitanlar Jeyms Abbot, Charlz Stoddart, Konolli, Richard Shekspirlar Xiva, Buxoro, Qo`qon xonliklariga kelib harbiy, siyosiy, iqtisodiy masalalarda ma'lumotlar to`plab, o`z rahbarlariga yetkazardi. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlarining keskinlashuvi. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi ga podsho Rossiya sining O”rta Osiyoda o`z ta'sirini mustahkamlash harakatlari sabab bo'ldi. Xususan, 1847- yilda Rossiya, xonliklarga olib boradigan yo`lda ikkita istehkom qurdi. Ularning biri - Aralsk shahri yaqinida barpo etilgan (Sirdaryo o`zani yaqinida) Raim istehkomi, ikkinchisi Yettisuv Olatog`idagi Kopal istehkomi edi. Bu istehkomlar Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo`l bilan o`rta Osiyoni ishg`ol etish tomon burilish ro`y berganligining yaqqol isbotidir. Bu hol o`rta Osiyo xonliklarini tashvishga solib qo`ydi. Shuning uchun ham Xiva xoni Orenburgga o`z vakillarini yubordi. Xon o`z maktubida yaxshi qo'shnichilik o`rnatish hamda do`stona yashash istagini bildirgan hamda Raim istehkomini buzib tashlashni iltimos qilgan edi. Xiva elchilari 1847- yilda Peterburgda podsho qabulida bo`lgan bo`lsalar-da, ko`zlangan maqsadga erisha olmadilar. Mustahkamlash. 1.Markaziy Osiyoda Rossiya -Buyuk Britaniya raqobatiga nimalar sabab bo’ldi ? 2.Markaziy Osiyoga yuborilgan ingliz ekspeditsiyalari qanday vazifalarni bajarganlar ? 3.Qanday voqealar Rossiyaning Markaziy Osiyoga harbiy yurishi muqarraligini ravshan qilib qo’ydi ? 4.Ost Indiya bu… 5.Raqobat bu… Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : Xonlikni taraqqiyotdan ortda qolish sabablari ..
1.Markaziy Osiyoda Rossiya -Buyuk Britaniya raqobatiga nimalar sabab bo’ldi ? 2.Markaziy Osiyoga yuborilgan ingliz ekspeditsiyalari qanday vazifalarni bajarganlar ? 3.Qanday voqealar Rossiyaning Markaziy Osiyoga harbiy yurishi muqarraligini ravshan qilib qo’ydi ? 4.Ost Indiya bu… 5.Raqobat bu… Yangi mavzu : kichik ma’ruza . Jahon taraqqiyotidagi o`zgarishlar. G’arbiy Yevropaning ilg`or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog`iga aylanib bordi. XVI asrning o`rtalaridan boshlab to`qimachilik, qog`oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo`l hunari texnikasiga asoslangan korxona-manufaktura (lotincha manus — qo`l, faktura — tayyorlash)lar vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug` mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi. Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko`pgina mamlakatlar, jumladan, o`zbek xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: „Nega jahonga Ahmad Farg`oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al - Buxoriy, Amir Temur, Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII—XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so`nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o`lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikan?"1 . 1I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. „Sharq", 1998, 9-bet. Qoloqlikning sabablari. Asrlar davomida bir butun bo`lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy - makonda yashab kelgan aholining uchga bo`linib ketishi, xonliklar o`rtasida tinimsiz davom etgan urushlar mamlakatni qoloqlikka mahkum etdi. Har bir xonlik ichidagi hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o`zaro nizo-janjallar, boshboshdoqlik, ig`vo-fasodning avj olishi viloyat va tumanlarni, qolaversa, butun mamlakatni xonavayron qilardi. Xonliklarning asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan davlat idora usuli taraqqiyotga g`ov bo`lib qolgan edi. Xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar, etnik nizolar urug`-qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko`chishini keltirib chiqarardi. Yoki ular zo`rlik bilan yashab turgan joylaridan ko'chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, aholini bir butun xalq bo`lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni, Turkistonni, xalqni birlashtirish g`oyasi ostida uyushtira oladigan yo`lboshchi, siyosiy kuch topilmadi. Qoloqlik oqibatlari. O`zbek xonlMarining jahon taraqqiyotidan orqada qolishining oqibati yomon bo`ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik O’rta Osiyoni o`z tasarrufiga kiritib Taniqli o`zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining "O`tgan kunlar" romanida o`zaro urushlar girdobiga botib qolgan, vaqtini aysh-ishratda o`tkazayotgan xonlar va amaldorlarning qilrnishlari qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol tasvirlab beradi. Romanda Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so`zlar bayon qilinadi: Haqiqatan ham shunday bo`ldi. Xonliklardagi o`zaro nizo va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi
1.Manufaktura nima ? 2.Qoloqlik sabablari nimada ? 3. Aholi qanday soliqlar to’lagan ? 4.Qoloqlik sabalari nimada? 5.Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar romanida buni qanday tasvirlaydi ? Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : Umumlashtirish ..
1.Manufaktura nima ? 2.Qoloqlik sabablari nimada ? 3. Aholi qanday soliqlar to’lagan ? 4.Qoloqlik sabalari nimada? 5.Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar romanida buni qanday tasvirlaydi ? Yangi mavzu : testlar. 1.Xiva xonligiga kim qachon asos soldi ?---a) 1511 yil Elbarsxon b) 1512 y Berka sulton c) 1505 y Shayboniyxon d) 1510 y Chin so’fi . 2. Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari qachon Xivani bo’ysundirdi ? a) 1742 y b) 1740 y c) 1745 y d) 1758 y . 3.Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning nechta sohasi qayd etiladi ? a) 27 sohasi b) 30 sohasi c) 23 sohasi d) 34 sohasi 4. Xiva xonligida bozorda savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun qanday soliq olingan ? a) tagjoy b) salg’ut c) xiroj d) zakot . 5. Abulg’oziyhon qanday asar yozgan ? a) “Shajarai turk “ b) “Shajarai tarokima “ c) “Shohnoma “ d) faqat a va b. 6.1770 yili Xiva xonligida qanday sulola hukmronligi o’rnatildi ? a) qo’ng’irotlar b) mang’itlar c) ashtarhoniylar d) shayboniylar . 7.1819 yili Xiva xonligiga kelgan rus ekspeditsiyasiga kim boshchilik qilgan ? a) Sialkovskiy b) Perovskiy c) N . Muravyov d) barchasi noto’g’ri 8.” Majburiyatlar akti “ shartnomasinimg mazmuni .. ? a) Xiva Rossiya do’stlik munosabatida bo’lishi b) Rossiya savdo karvonlarini talamaslik , rus asirlarini saqlamaslik c)Rassiya fuqarolari havfsizligini ta’minlash d) barchasi to’g’ri . 9.XIX asrda Xiva xonligi aholisi qancha bo’lgan ? a) 900 ming b) 800 ming c) 950 ming d) 970 ming. 10.Xiva xonligida moliya vaziri kim deb atalgan ? a) mehtar b) mirshab c) devonbegi d) rais 11.Xiva xonligida necha turda yer egaligi bo’lgan ? a) 3 tur b) 4 tur c) 5 tur d) 2 tur 12.Xiva xonligida yetishtirilgan hosilning yarmi uchun ishlaydigan dehqonlar nima deb atalgan ? a) yarimchilar b) ijarachilar c) miroblar d) tanoblar 13.Xiva xonligi aholisi qanday majburiyatlar o’tagan ? a) begar b) qazu , hachi c) otlanuv d) a , b , c. 14.Dishan qal’aning nechta darvozasi bo’lgan ? a) 4ta b) 5 ta c) 10 ta d) 8 ta 15 .1725 yil Xiva xonligiga kelgan rus elchisi ….? A)Muravyov b) Florio Benevini c) Danilevskiy d) ab 16.Navkar …--------------------------- 17. Lavvoh ..--------------------------------- 18.Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlangan sana ------------------- 19. Yovmutlar bu …---------------------------- 20.”Xonlar o’yini”----------------- Baholash Uyga vazifa . takrorlash Download 115.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling