Darsning maqsadi
Download 115.48 Kb.
|
8 sinf ozbekiston tarixi konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Mustahkamlash. Savol-javob
- Mustahkamlash: Savol-javob.
- Baholash. Uyga vazifa
- Muhammad Shayboniyxon.
- Tashkiliy qism
- Yangi mavzu: Movarounnahrning zabt etilishi
- Mubayyin
- Yangi mavzu: Xonlikning tashkil topishi.
Aim.Uz Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : KIRISH Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o’quvchilarga o’rganilgan tarixiy davr manbalari, darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushunchalar berish; b)tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; s)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
8-sinf “O’zbekiston tarixi” darsligida XVI asrdan XIX asrning o’rtalarigacha Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti tarixi yoritilgan. Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi va buning sabab va oqibatlarini yoritishga alohida e’tibor berilgan. Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklarining ijtimoiy-siyosiy , iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti, davlat boshqaruvi, xonliklar o’rtasida o’zaro ahillik, hamkorlik bo’lmaganligini anglash bilan birga, yurt tinchligi va barqarorligini ta’minlashqanchalik zarur ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. XVI- XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga kirib kelgan turli turkiy-urug’ qabilalar bilan mahalliy aholining aralashuvi, xalqimizning o’zbek degan nomni o’ziga qabul qilishi kabi jarayonlar haqida atroflicha fikr yuritilgan. XVI-XIX asrning birinchi yarmida ajdodlarimizning bunyodgorlik mehnati tufayli ko’plab shaharlar, ko’rkam binolar, madrasalar, suv inshootlari barpo etildi. Mustahkamlash. Savol-javob: 1.Bu davr necha yil davom etgan edi? 2.Darslikda qaysi davlatlarning tarixi keltirib o’tilgan? 3.Qoraqalpoqlarning hayotida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan? Baholash. Uyga vazifa. Darslikning “Kirish” qismini o’rganish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : XV ASR OXIRI – XVI ASR BOSHLARIDA MOVAROUNNAHRDA SIYOSIY VAZIYAT.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; s) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
1.Bu davr necha yil davom etgan edi? 2.Darslikda qaysi davlatlarning tarixi keltirib o’tilgan? 3.Qoraqalpoqlarning hayotida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan? 4.Vatanimiz jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketishi sababi nimada? Yangi mavzu: Xuroson hukmdori Shohruh 1447- yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi.Natijada, Xuroson davlati o`n bir qismga bo'linib ketdi. Ularning har biri o`zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469- yilda Amir Temurning ikkinchi o`g`li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to`la osoyishtalik o`rnatilmagan bo`lsa-da, Xuroson davlatining xo`jalik va madaniy hayoti ancha yuksak dara-jada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo`lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta'minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o`rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo`ldi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o`g`li (Badiuzzamon va Muzaf-far Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e'lon qilindi. Bu hol shuningsiz ham og`ir kunlarni boshidan kechi-rayotgan Xuroson davlatini to`la parokandalikka olib keldi. Natijada shayboniylar hujumi arafasida davlat inqirozga yuz tutdi. Savol-javob, gurhlarda ishlash. 1-guruh. Siyosiy inqiroz. 2-guruh. Bobur Mirzo siyosiy kurash maydonida. 3-guruh. Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi. 4-guruh. Andijonda hokimiyat uchun kurash.
1. Temuriylar saltanatining inqiroziga nimalar sabab bo’ldi? 2. Temuriylar saltanatining Xuroson va Movarounnahrga bo’linishiga nimalar sabab bo’ldi? 3. Shohrux Mirzoning Temuriylar davlatini ikkiga bo’lib boshqarishiga qanday baho bergan bo’lar edingiz? 4. Movarounnahr va Xurosonda vujudga kelgan siyosiy ahvolning o’xshash va farq qiladigan tomonlarini toping?
Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : DASHTI QIPCHOQDAGI SIYOSIY AHVOL. MUHAMMAD SHAYBONIYXON.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; s) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat ,,0'zbek ulusi" (o`zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1431-yilda Xorazmni ham bosib oldi. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning o`rta oqimidajoylashgan shaharlar — Sig`noq, Oqqo`rg`on, Arquq, o`zgan va Suzoqni bosib oladi. o`z davlatining poytaxtini Turadan Sig`noqqa ko`chirdi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451- yilda o`zidan madad so`ragan temuriyzoda Abu Said Sultonga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o`ljalar bilan o`z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Sulton Ulug`bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abufxayrxonga xotinlikka beradi.Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu orqali u Movarounnahrda borgan sari o`z nufuzining ortishiga erisha olgan.Abulxayrxon tomonidan tuzilgan davlat 40 yil yashadi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, bu davlat parchalanib ketdi. Muhammad Shayboniyxon. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning farzandi Shohbudoq Sultonning o`g`li edi. Shohbudoq Sultondan ikki o`g`il qolgan. Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451- yilda tug`ilgan.“Klaster” usuli. Muhammad Shayboniyxon Mustahkamlash. 1.”Dashti Qipchoq “ deganda qaysi geografik hudud tushuniladi? 2.Abulhayrxon qachon qayerda , qanday davlatga asos soldi? 3.Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida nimalarni bilasiz? 4.Qanday omillar Shayboniyxonni Movarounnaxrda mashhur qilib yubordi? Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : MOVAROUNNAHRDA SHAYBONIYLAR SULOLASI HOKIMIYATINING O’RNATILISHI.
1.”Dashti Qipchoq “ deganda qaysi geografik hudud tushuniladi? 2.Abulhayrxon qachon qayerda , qanday davlatga asos soldi? 3.Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida nimalarni bilasiz? 4.Qanday omillar Shayboniyxonni Movarounnaxrda mashhur qilib yubordi? Yangi mavzu: Movarounnahrning zabt etilishi Muhammad Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarishuchun u 1499- yilda Movarounnahrni zabt etishga kirishdi. U bu o`rinda temuriylarni sarosimaga solib qo`ygan jang usuli — to 'lg`amani qo`lladi. 1500- yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og`aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo`ldi. Xoinlar Zuhrobegi og`ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda „Men ham o`zbek urug`idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o`g`lim bilan sizning hukmingizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshimrmiz" mazmunidagi xatni yuborishga ko`ndiradilar. Ayni paytda, Zuhrobegi og`a Shayboniyxon oldiga Termiz, Chag`aniyon, Hisor va Badaxshon zabt etilgach, bu hududlarni o`g`li Sulton Ali Mirzoga berilishi shartini ham qo`ygan edi.Muhammad Shayboniyxon o`zini bu shartlarga rozidek qilib ko`rsatdi.Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og`a esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo`shinga ega bo`lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.1503-yilda Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egalladi. Ularga Ulug`bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sulton-begimning o`g`illari Ko`chkunchi Sulton va Suyunchxo`jalarni hokim etib tayinladi Guruhlarda ishlash. 1-guruh. Shayboniylar hokimiyatining kuchayishi. 2-guruh. Movarounnahrning zabt etilishi. 3-guruh. Xorazm va Xurosonning egallanishi. 4-guruh. Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qonli to’qnashuv. Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo’lgan omillar nimalardan iborat? 2. Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni osongina egallab olishiga nimalar asosiy sabab bo’ldi? 3. Shoh Ismoilning g’alabasi oqibatlari haqida so’zlab bering? 4.Muhammad Shayboniyxon qachon Urganch shahrini bosib oldi? Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA MUTAFAKKIR.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; s) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
1.Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo’lgan omillar nimalardan iborat? 2. Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni osongina egallab olishiga nimalar asosiy sabab bo’ldi? 3. Shoh Ismoilning g’alabasi oqibatlari haqida so’zlab bering? 4.Muhammad Shayboniyxon qachon Urganch shahrini bosib oldi? Yangi mavzu: Kichik ma’ruza. (slaydlar) Bobur Mirzo 1526-yilning 27-aprelida Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu saltanat 332 yil hukmronlik qildi. Bobur 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog’i Orom”ga dafn etadilar. Mashhur “Boburnoma” asari Markaziy Osiyo va Hindistontarixi bo’yicha qimmatli manba hisoblanadi. Asar 1493-1529-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi. Bobur Mirzo o’z davrining buyuk davlat arbobi, mohir sarkardasi, shoiri, bastakori, ayni paytda, yirik tarixchi olimi ham edi. Mubayyin — bayon etilgan. Rojalar — Hindistondagi mahalliy hukmdorlar. Shayxulislom — davlatdagi eng oliy diniy lavozim. Bu lavozimni egallagan ruhoniy barcha diniy ishlarga rahbarlik qilgan. Bobur Mirzo 1526-yilning 27- aprelida Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu saltanat 332 yil (1526-1858) yashadi. Mashhur „Boburnoma" asari O`rta Osiyo va Hindiston tarixi bo`yicha qimmatli manba hisoblanadi. Bobur Mirzo o`z davrining buyuk davlat arbobi, mohir sarkardasi, shoiri, bastakori, ayni paytda, yirik tarixchi olimi ham edi. Mustahkamlash: Savol-javob. 1. Bobur 1511-yilda Samarqandni yana egallaganda nega Movarounnahr aholisi uni qo’llab-quvatlamadi? 2.Boburiylar saltanatiga qay tariqa va qachon asos solindi? 3.Buyuk bobomiz xotirasini ulug’lash niyatida qanday ishlar olib borildi? 4.Bobur nechanchi yilgacha Kobulni idora qildi? Baholash. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish. Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : BUXORO XONLIGI.
1.Bobur 1511-yilda Samarqandni yana egallaganda nega Movarounnahr aholisi uni qo’llab-quvatlamadi? 2.Boburiylar saltanatiga qay tariqa va qachon asos solindi? 3.Buyuk bobomiz xotirasini ulug’lash niyatida qanday ishlar olib borildi? 4.Bobur nechanchi yilgacha Kobulni idora qildi? Yangi mavzu: Xonlikning tashkil topishi. Shayboniyxon halok bo`lgach, uning o`rniga amakisi Ko`chkinchixon taxtga o`tirdi.Ko`chkinchixondan so`ng taxtga o`g`li Abu Said (1530-1533) o`tirdi. Undankeyinesa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o`g`li Ubaydullaxon (1533-1540) qo`liga o`tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Awalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama o`sdi. Ubaydullaxon o`z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg`ol etgan, qizilboshlarni bir necha marta mag`lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. “Klaster” usuli. Buxoro xonligi Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Buxoro xonligi qanday vujudga keldi? 2.Ubaydullaxon faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Abdullaxon II ning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni. 4.Shayboniylar sulolasi hukmronligi nima sababdan barham topdi?
Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi Mavzu : O’ZBEK XALQINING ETNIK TARKIBIDA SODIR BO’LGAN O’ZGARISHLAR.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; s) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Download 115.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling