Darsning maqsadi


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodi


Download 115.48 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2020
Hajmi115.48 Kb.
#102387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 sinf ozbekiston tarixi konspekt


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.XVII asrda Xiva xonligi siyosiy hayotiga doir bo’lgan o’ziga xos xususiyat nimada edi? 2.Amudaryo o’zanining o’zgarishi qanday oqibatlarga olib keldi? 3.”Xonlar o’yini” deganda nimani tushunasiz? 4.Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani qachon bo’ysundirdi 5.Davlat parokandaligi nima ?6.Inoq bu…7.Inoqlar qachondan hokimiyatni qo’lga oldi ?



Yangi mavzu: Hunarmandchilik. Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundanda ko`p bo`lgan.

Hunarmand malakali usta bo`lishi uchun ko`p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o`z kasbini to`ng`ich o`g`liga o`rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo`shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o`rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o`zining alohida ustaxonasini ochishdan awal hunarmand ustalar oldida o`z mahoratini namoyish etishi kerak bo`lgan. Sinovdan o`tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.



Qisnloq xo’jaligi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo`jaligi bilan shug`ullangan. Dehqonchilik va u bilanbog`liq bo`lgan chorvachilik qishloq xo`jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g`alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o`rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig`ida g`alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug`doy ekish yetakchi o`rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo`l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh.

Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so`zlar manbalarda saqlanib qolgan: „Men Germaniyaning o`zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko`rmaganman". Don ekinlari ichida jo`xori ekish bug`doydan keyin ikkinchi o`rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko`p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan.



Mustahkamlash: Savol-javob. 1. Xiva xonligida XVI-XVIII asrlarda ham qo’l hunarmandchiligi hukm surgan davrda Angliya ishlab chiqarishida qanday jahonshumul hodisa sodir bo’ldi?

2.Xiva xonligi xo’jaligining asosiy tarmoqlari haqida so’zlab bering.

3.Abulg’oziyxonning Xorazm tarixi maktabiga asos bo’lgan ikki mashhur asari va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. “Abulg’oziyning “Shajarayi turk”i uchun butun dunyo undan minnatdor” degan jumlani kim yozgan edi?



Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XIVA XONLIGIDA QO’NG’IROTLAR SULOLASINING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni Vatan va millatga sadoqat ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Klaster” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1. Xiva xonligida XVI-XVIII asrlarda ham qo’l hunarmandchiligi hukm surgan davrda Angliya ishlab chiqarishida qanday jahonshumul hodisa sodir bo’ldi?

2.Xiva xonligi xo’jaligining asosiy tarmoqlari haqida so’zlab bering.

3.Abulg’oziyxonning Xorazm tarixi maktabiga asos bo’lgan ikki mashhur asari va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. “Abulg’oziyning “Shajarayi turk”i uchun butun dunyo undan minnatdor” degan jumlani kim yozgan edi?

Yangi mavzu: Qo`ng`irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o`rtasidagi mojarolarni to`xtatishga qodir bo`lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o'zbeMarning qo`ng`irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi o`laroq, XVIII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo`ng`irot qabilaii boshliqlari asta-sekin o`z qo`llariga ola boshladilar.

“Klaster” usuli.




Qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi


Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Qo’ng’irotlar sulolasi hokimiayt tepasiga kelish arafasida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz? 2.Qo’g’irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egallashdi?

3.Xiva xonligiga 1804-yilgacha qozoqlar orasidan soxta xonlar chaqirilib kelinganligini qanday izohlaysiz?

4.Navkar bu…

5.Qo’ng’irot bu…



Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XIVA XONLIGINING TASHQI SIYOSATI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Xiva-Rossiya munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Qo’ng’irotlar sulolasi hokimiayt tepasiga kelish arafasida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz? 2.Qo’g’irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egallashdi? 3.Xiva xonligiga 1804-yilgacha qozoqlar orasidan soxta xonlar chaqirilib kelinganligini qanday izohlaysiz? 4.Kimning hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirtirish to’xtatildi?



Yangi mavzu: "Majburiyatlar akti". Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o`g`li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva-Rossiya o`rtasida „Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi.Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do`stlik munosabatida bo`lishi e'lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga:

-Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo`l qo`ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik;

-Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta'minlash kabi majburiyatlar yuklandi.

Shuningdek, ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e'tibor berildi. Chunonchi, boj to`lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo`yildi. Biroq "Majburiyatlar akti" qog`ozda qolib ketdi. o`zaro munosabatlar keskinlashib bordi.

Guruhlarda ishlash. 1-guruh. Xiva—Rossiya munosabatlari.

2-guruh. N.Muravyov ekspeditsiyasi.

3-guruh. S.Sialkovskiy va V.Perovskiy ekspeditsiyalari .

4-guruh. Jeyms Ebbot va “Majburiyatlar akti” .



Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Rossiya—Xiva munosabatlarida, asosan, qaysi masalalarga urg’u berilgan? 2.V.Perovskiy ekspeditsiyasidan kuzatilgan asosiy maqsad nima edi? 3.”Majburiyatlar akti” shartnomasining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz? 4.Ingliz razvetkachisi Jeyms Ebbot Xivaga nima madsadda keldi?5. Olloqulixonni o’g’li kim ?6.”Majburiyatlar aktiga amal qilindimi ?Perovskiy askarlari soni qancha bo’lgan ?

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XIVA XONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida bilim berish; Tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Slayd” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Rossiya—Xiva munosabatlarida, asosan, qaysi masalalarga urg’u berilgan?

2.V.Perovskiy ekspeditsiyasidan kuzatilgan asosiy maqsad nima edi?

3.”Majburiyatlar akti” shartnomasining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?

4.Ingliz razvetkachisi Jeyms Ebbot Xivaga nima madsadda keldi?

Yangi mavzu: Kichik maruza.(slaydlar)

Xiva aholisining soni 800 ming kishini tashkil etgan. Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oily hukmdor–xon davlat boshlig’I edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga bo’lingan.

Xonlikda yer egaligining 3 ta turi bo’lgan: 1. Davlat yerlari; 2.xususiy mulk; 3.vaqf yerlari.

Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar yarimchilar deb atalgan. Asosiy soliq salg’ut, ya’ni yer solig’I edi. Bundan tashqari, alg’ut, miltiq puli, arava oluv, uloq tutuv, qo’nalg’a, so’ysun, chopar puli, tarozuyona, mirobona, darvozabon puli, mushrifona, afanak puli chibik puli kabi soliqlar olingan.



Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Nega Xiva xonligi Buyuk Britaniya yoki Fransiya sanoatida yuz bergan o’zgarishlar sodir bo’lmadi?

2.Xiva xonligining davlat tuzumi va boshqaruv tizimi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Aholi qanday majburiyatlarni o’tagan?

4. Begar bu…

5.Qazu…

6.Mextar bu…



7.Qo’shbegi bu…

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XIVA XONLIGIDA SHAHARLAR HAYOTI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Xiva xonligidagi shaharlar hayoti haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy istiqlol ruhida , o’zlikni anglash ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Klaster” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Nega Xiva xonligi Buyuk Britaniya yoki Fransiya sanoatida yuz bergan o’zgarishlar sodir bo’lmadi? 2.Xiva xonligining davlat tuzumi va boshqaruv tizimi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Aholi qanday majburiyatlarni o’tagan?

4.Xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish nima deb ataladi?



Yangi mavzu: yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o`rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o`zining ko`rkamligi bilan ajralib turadi.XIX asr o`rtalarida o`ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o`g`lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi.

Xiva shahri ayni paytda XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to`qish markazi bo`lib qoldi.Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar XIX asrning birinchi yarmida yuksak darajada bo`lgan Xorazm amaliy bezagi va san'ati an'analariga tayanadilar.

XIX asrda Xivada matoga gul bosish san'ati o`zining kulrang uyg`unligi va mayda gullari bilan o`rta Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi.


  • Ichan qal'a ansambli me'moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan muzeyga aylantirilgan.

  • 1990- yilda esa Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan.

  • 1997- yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan katta ta'mirlash ishlari olib borildi.

“Klaster” usuli.


Shaharlar hayoti


Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Nega Xiva shahri ming gumbazli shahar deyiladi?

2.Ichan va Dishan qal’alar haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Ichan va Dishan qal’aning Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilganligi hodisasini nimalarning ramzi deb bilasiz?

4.XVIII asr ikkinchi yarmi – XIX asr birinchi yarmida Xiva shahrida qanday me’morchilik inshootlari qurildi?

5.”Ming gumbaz shahri “ bu…

6.Xivaning bosh taqinchog’i



Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XIVA XONLIGI TARIXI BO’YICHA MANBALAR.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Xiva xonligi tarixi bo’yicha manbalar haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Nega Xiva shahri ming gumbazli shahar deyiladi?

2.Ichan va Dishan qal’alar haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Ichan va Dishan qal’aning Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilganligi hodisasini nimalarning ramzi deb bilasiz?

4.XVIII asr ikkinchi yarmi – XIX asr birinchi yarmida Xiva shahrida qanday me’morchilik inshootlari qurildi?

Yangi mavzu: Guruhlarda ishlash. 1-guruh. Arxiv hujjatlari va mahalliy tarixchilarning Xiva xonligi tarixi to’g’risidagi asarlari.

2-guruh. Xiva tarixi bo’yicha rossiyalik mualliflarning asarlari.

3-guruh. Yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalar.

4-guruh.O’zbekiston olimlarining Xiva xonligi tarixiga oid asarlari.



Mustahkamlash: Savol-javob. 1. Markaziy osiyolik olimlardan kimlar Xiva xonligining XVI-XIX asrlar tarixiga oid asarlar yozib qoldirganlar?

2.Rossiya diplomatlari, olimlarining Xiva tarixiga oid asarlari va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Yevropa sayyohlari Xiva xonligi tarixi bo’yicha qanday asarlar yozib qoldirganlar?

4.Xiva xonligining arxiv hujjatlari bu xonlik tarixini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?

5.Nima uchun davlat tarixiga oid manbalarini bilish kerak ?

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : QORAQALPOQ XALQINING SHAKLLANISHI VA SIYOSIY HAYOTI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni va qoraqalpoq davlatchiligining tashkil topishi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni millatlararo do’stlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Slayd” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1. Markaziy osiyolik olimlardan kimlar Xiva xonligining XVI-XIX asrlar tarixiga oid asarlar yozib qoldirganlar?

2.Rossiya diplomatlari, olimlarining Xiva tarixiga oid asarlari va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Yevropa sayyohlari Xiva xonligi tarixi bo’yicha qanday asarlar yozib qoldirganlar?

4.Xiva xonligining arxiv hujjatlari bu xonlik tarixini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?

Yangi mavzu: Kichik ma’ruza. (slaydlar) XVII asr rus yilnomalarida “черные клобуки”, mo’g’ullar tarixida “qora malaqayli “, sharq manbalarida “qora bo’rkli” deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. “Qoraqalpoq” so’zi qora qalpoqlilar so’zidan kelib chiqqan.

Qoraqalpoq davlatchiligi no’g’aylar yetakchisi Idigu boshchiligidagi XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan boshlanadi. Idigu o’ldirilgach, XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga—Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan. XVIII asr birinchi choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi. 1809- yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo`ysundirildi. 1810-1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo`ysundirish nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, qoraqalpoqlarning Xorazm vohasidagi bo`sh yerlarga o`rnashish jarayoni ham nihoyasiga yetdi.



  • Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo`ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri.

  • Bijanaklar negizida VIII-XVI asriarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.

  • XVIII asr birinchi choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi.

Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Behustun yozuvlarida qoraqalpoqlar haqida qanday ma’lumotlar yozilgan?

2.Nima sababdan qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylaridan Orol va Sirdaryo bo’ylariga qaytib ko’chib keldilar?

3.Xiva xonlari qachon va qanday yo’l bilan qoraqalpoqlarni o’zlariga bo’ysundirdilar?

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : QORAQALPOQLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni zulmga qarshi kurash, xalqparvarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Bihistun yozuvlarida qoraqalpoqlar haqida qanday ma’lumotlar yozilgan?

2.Nima sababdan qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylaridan Orol va Sirdaryo bo’ylariga qaytib ko’chib keldilar? 3.Xiva xonlari qachon va qanday yo’l bilan qoraqalpoqlarni o’zlariga bo’ysundirdilar?

Yangi mavzu: Guruhlarda ishlash. 1-guruh. Ijtimoiy ahvol va dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik.

2-guruh. Hunarmandchilik va savdo.

3-guruh. Soliq va majburiyatlar. 4-guruh. Oydo’stbiy boshchiligidagi qo’zg’olon.

Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Qoraqalpoqlarda urug’, qabila ishlariga kimlar rahbarlik qilgan?

2.Qoraqalpoqlar xo’jalikning qanday tarmoqlari bilan shug’ullanganlar?

3. 1827-yilda Xiva xonlari zulmiga qarshi qaysi qo’zg’olon bo’lib o’tdi?

4.Aholidan ruhoniylar uchun qanday soliq olingan?

5.Harbiy xavf yuz berganda xalqdan qanday soliq olingan?

6.Xo’jayli, Qo’ng’irot, Mang’it, Chimboy shaharlari qanday ahamiyatga ega bo’lgan.

7.Salgut bu…

8.Zakot bu …

9.Ushr bu…

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : QORAQALPOQ XALQI MADANIYATI.

Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga qoraqalpoq xalqining madaniyati haqida bilim berish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarda madaniy merosga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, “Klaster” metodi, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

O’tilganni so’rash: Savol-javob.

1.Qoraqalpoqlarda urug’, qabila ishlariga kimlar rahbarlik qilgan? 2.Qoraqalpoqlar xo’jalikning qanday tarmoqlari bilan shug’ullanganlar? 3. 1827-yilda Xiva xonlari zulmiga qarshi qaysi qo’zg’olon bo’lib o’tdi? 5.Harbiy xavf yuz berganda xalqdan qanday soliq olingan? 6.Xo’jayli, Qo’ng’irot, Mang’it, Chimboy shaharlari qanday ahamiyatga ega bo’lgan.



Yangi mavzu: Turmush tarzi. Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko`chmanchilik turmush tarzidan o`troqlikka o`tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o`tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi.Keyinchalik qo`rg`on (qal'a) va shaharlar vujudga keladi. Qo`rg`onlarning to`rt tomoni devor yoki baland tepalar bilan o`rab olinardi.

Qoraqalpoqlar bir necha urug`lardan shakllangan bo`lib, haurug` a'zosi o`z urug`ining mustahkamligini ta'minlashga intilardi. Bir urug` ichida qiz olish, qiz berish taqiqlangan edi. Shu boisdan boshqa umg`dan qiz olib qochish odatiy hodisa hisoblanardi. Ma'lum vaqt o`tgach qiz ohb ketilgan joy ma'lum qilinib, qiz tomonning ota-onasi, yaqin qarindoshlari va urug` oqsoqoli turli sarpolar bilan siylanib, to`yga rozilik olinardi. Umg` mhoniysi kelin-kuyovni nikohlab qo`yardi. To`yda baxshilar dostonlardan qo`shiqlar kuylashardi, aytishuvlar ayjiga chiqardi. Polvonlar va botirlar kurashga tushardi. Folklor. Qoraqalpoqlarning xalq og` zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir.Ular so`z ustalari bo`lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.o`zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi -O`mirbek laqqisi bor. o`mirbek laqqi o`z og`zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so`zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to`g`rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o`z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan.



Mustahkamlash: Savol-javob. 1.Qoraqalpoqlarning turmush tarsi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Qoraqalpoqlar qanday shaharlarni barpo etganlar?

3.”Qirqqiz” dostonida qanday g’oyalar kuylanadi?

4.Qo’ng’irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan?

5.Qoraqalpoqlar tomonidan yozilgan qanday dostonlarni bilasiz?

6.Berdaq asarlarida qanday g’oyalar ilgari surilgan ?

7.Kunho’ja va Ajiniyozlar qanday asarlar yozgan ?

Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob berish.

Sana_______________sinf 8______fan O’zbekiston tarixi

Mavzu : XVIII-XIX ASRLARDA QORAQALPOQ ADABIYOTI RAVNAQI.


Download 115.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling