Darsning maqsadlari


PhotoShopning tarixi haqida ma’lumot


Download 0.72 Mb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1029766
1   2   3   4
Bog'liq
1-ochiq dars

PhotoShopning tarixi haqida ma’lumot
Rastrli grafikani, masalan, fotosuratlami, tahrirlash ko‘p uchraydigan amal. Fotosuratlami olish paytida yo‘l qo‘yilgan xatoliklami tuzatish, mavjud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsalami olib tashlash, fotosuratlaming muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin.
Fotograflaming ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan PhotoShop dasturidir. Uning dastlabki versiyasi 1990-yilda yaratilgan bo‘lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan.
Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. 2007-yildan boshlab Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 versiyalari ishlab chiqilgan. 2013-yildan boshlab yangi versiyalar Adobe PhotoShop CC deb atala boshladi. Ulaming versiya nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo‘yila boshladi. Hozirgi paytda bu dastuming eng yangi versiyasi Adobe PhotoShop CC 2018 hisoblanadi.
Bu dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo‘lsa, ikkinchi guruhida Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan ma'lumot almashish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa intemetda saqlangan tasvirlami bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta ishlash imkoniyatlari yaratildi.
PhotoShopning imkoniyatlari haqida ma’lumot.


PhotoShop yordamida quyidagi amallami bajarish mumkin.
Fotosurataing chekka qismlarini va undagi keraksiz obyektlami olib tash- lash, rasm o'lchamini va undagi piksellar zichligini o'zgartirish, rasmning saqlash formatini o'zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekisllik yoki sirtda ko‘rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratni olish paytida yo‘l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko‘p ushlab qolingan, oq rangning balansini o‘zgarib ketishi, yorqinlik yoki kontrastlik ko‘payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan kamchiliklami bartaraf qilish va yana ko‘plab amallami bajarishni PhotoShop yordamida oson amalga oshiriladi.


Misollar:




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling