Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
a) salomlashish, davomatni aniqlash
b) o`quvchilarning darsga hozirligini nazorat qilish
She`riy savol-javob orqali dars boshlanadi.
-Azizlarim, sog`misiz-omonmisiz,
Darsimizga tayyormisiz?
-Barchamiz sog`-omonmiz,
Va darslarga tayyormiz!
-Barcha gapdan xabarchi,
Bugun kimdir navbatchi?
-Bugun mendir navbatchi,
Tayyor barcha o`quvchi!
-Hozir qaysi dars o’zi?
Ona tilim, soz so’zi!
-Darsimizning shiori:
-Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki, bu ham bir san`at.
Ob-havo, fasl haqida savol-javob orqali suhbat uyushtirish.
Darsning “Oltin qoidasi”ni tanishtirish. Dars davomida o`quvchilarning faolligini oshirish maqsadida quyoshchalar rag`bat sifatida beriladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi:
Taassurot, mas’ul, afv,
ma’naviy-ma’rifiy, Is’hoq
|
O‘tilgan mavzu ”Jo’nalish kelishigi shakli “ yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan 138- mashq o‘qitiladi. “Suvning hayotimizdagi ahamiyati» mavzusida hikoya yozing. Qanday kelishik qo‘shimchalaridan foydalanganingizni ayting.
Suvning tabiatdagi 3 ko’rinishi haqida tushuncha bilan fizika faniga bog’lanadi
III.Yangi mavzuni bayoni.
O‘qituvchi mavzu yuzasidan tushuncha beradi.
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarini qo‘ying.
1. Novdalarni bezab g‘unchalar Tong... aytdi hayot otini.
(Hamid Olimjon) 2. Qadim zamon... Chin mamlakati... bir ulug‘
podshoh o‘tgan ekan. (Ertak)
2-topshiriq. Nima sababdan -da qo‘shimchasini qo‘yganingizni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |