O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday
otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi.
Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada?
so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
139-mashq. O‘qing. O‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zni aniqlang
va uni hokim so‘z bilan birga ko‘chiring. Qanday so‘roqqa javob bo‘layotganini ayting. Sodiq do‘st deganda kimni tushunasiz?
Inson umri davomida o‘ziga sodiq do‘stlar orttiradi. O‘g‘il
ham, qiz ham, kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z faoliyatida,
o‘qishda, mehnatda, uzoq safarda, odamlar orasida o‘ziga fe’li,
muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan do‘stlashadi.
Do‘stlik nihoyatda nozik bo‘lib, uni asrab-avaylash lozim.
Do‘stlik insonning bolalik davrida boshlanadi. Bolalikdan
boshlangan do‘stlik odamzodning keyingi ulg‘aygan va kamolotga erishgan davrida orttirgan barcha do‘stlari orasida alohida o‘rin tutadi. (T. Qurbonov)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
140-mashq. «Mustaqillik o‘gitlari»ni ko‘chiring. O‘rin-payt kelishigining ma’nolarini izohlang.
1. Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir. 2. Dunyoda
o‘zbek zaminiga teng keladigan zaminning o‘zi yo‘q. 3. Mehr va qadr bor yerda hamma narsa bor. 4. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. 5. Vatan har bir insonning yuragida, qalbida bo‘lmog‘i lozim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |