Darsning mavzusi: Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so’zlar


Download 47.62 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi47.62 Kb.
#1438854
1   2
Bog'liq
1-sinf matematika

III Yangi mavzu bayoni
140-mashq namunaga qarab o’qitiladi.
Namuna : 1-sinf – birinchi sinf
7- ko’cha –yettinchi ko’cha
5-qator –beshinchi qator
2- farzand – ikkinchi farzand
3-uy –uchinchi uy
Raqamlarni so’z bilan yozib ,savol beriladi:
-O’ylang chiziqcha o’rnida qanday so’z qo’yiladi?
-Chiziqcha o’rniga –inchi qo’shimchasi yozildi.
O’quvchilarning javoblari umumlashtirilib ,darslikdagi qoida keltirib chiqariladi:
Shaxs va narsaning tartibini bildirgan so’zlar nechanchi? So’rog’iga javob bo’ladi. Tartib sonlar raqam bilan yozilganda chiziqcha ( -) bilan yoziladi. Raqamlarni so’z bilan yozganda chiziqcha o’rniga – inchi qo’shimchasi qo’shiladi .
141- mashq . Raqamlarni narsa yoki shaxs nomini bildirgan so’zlar bilan namunadagidek doskaga husnixat asosida yozdiriladi.
Namuna:
O’n beshinchi qator ,ikkinchi bilet , o’n to’rtinchi xona ,yettinchi stol ,sakkizinchi sinf.
142- mashq asosida nechta? Va nechanchi? So’roqlariga javob toppish aytiladi. O’qituvhi sinf xonasini ko’rsatib , savollarga javob olsa ham bo’ladi:
Nechta eshik ?-Bitta eshik
Nechanchi sinf – Birinchi sinf
Nechta deraza ? –To’rtta deraza
Nechanchi qator ?-Ikkinchi qator
Nechta o’quvchi ? –yigirma beshta o’quvchi
IV Mavzuni mustahkamlash
Test savollari orqali mavzu mustahkamlanadi.

  1. Shaxs va narsaning sanog’ini va tartibini bildirgan so’zlar qatorini aniqlang

  1. Beshta, birinchi

  2. Kuldi, o’qidi

  3. Kichkina ,dumaloq

  1. Shaxs va narsaning sanog’ini bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi ?

A)Kim ? Nima ? Qayer?
B) Necha ? Nechta ? Nechanchi ?
D) Qanday ? Qanaqa ?
3. Tartibni bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi ?
A) Qancha ?
B ) Nechta ?
D)Nechanchi ?
4. ------------ 144 –maktabda o’qiydi. Chiziqcha o’rniga mos so’zni toping .
A)Onam
B) Otam
D) Akam
5. Topishmoqni javobini toping.
Ikki yaproq bir tanda ,
Yozda kezar chamanda.

  1. Qaldirg’och

  2. Kapalak

D)ninachi


Savol

1

2

3

4

5

Javob

A

B

D

D

B


Topshiriq . “.Juftini top!”


Oila a’zolarining juftini toping

Buva

Buvi

Ota

Ona

Aka

Uka

Opa

Singil

Tog’a

Amaki

Xola

Amma

Do’st

Dugona

“Musaffo osmon “o’yini o’ynaladi.Bu o’yinda o’quvchilar berilgan bo’g’inlardan qushlarning nomini topishlari kerak.











V Darsga yakun yasash va baholash
O’quvchilarga savollar berish orqali darsga yakun yasaladi.Javoblaridagi so’zlardan qaysi biri miqdor va tartibni bildirayotganini aniqlanadi .
VI uyga vazifa berish
Uyda 143- mashqni bajarib kelish aytiladi. Topishmoqning javobini topib ,necha ? , nechta ? , qanday ? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni topib yozish aytiladi .
Besh juft oshna ,
Doim ishga tashna . (Barmoq)
To’rtta uning oyog’I,
Temir mixli tuyog’i.
Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyog’i.
(Ot)
O’quvchilarga yaxshi kayfiyat tilab, darsga yakun yasaladi.
Download 47.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling