III.Yangi mavzu bayoni.
Õquvchilarga shoira hayoti va ijodi yuzasidan ma' lumotlar beriladi.
Shoira Marğilon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Otasi õzbek va tojik tillarida sherlar yozgan ijodkor,onasi ham fozila atol bõlgan.Jahon Otin yoshligidan sher mashq qilgan va "Uvaysiy" taxallusi bilan shuhrat topgan.U Qõqonda Amir Umarxon saroida juda kõp shoirlar tõplangani va ular orasida adabiy munozaralar haqidagi dovruqni eshitib Qõqonga yõl oladi.
- Jahon Otin Umarxon saroyiga kampir qiyofasida kiradi.Saroy soqchilari uni saroyga qõymaydilar. Shunda soqchilarga bir qoğoz uzatib,podshohga berishini iltimos qiladi.Umarxon qoğozni ochib qarasa,bir ğazal ekan.Shoh bu ğazalni shoirlarga baland ovozda õqib beradi.G'azal hammaga manzur bõladi va Uvaysiyni saroyga taklif qilishadi.Umarxon undan nima maqsadda saroyga kelganini sõraydi va muddaosini tinglaydi. Jahon Otin adabiyotga muhabbatini namoish etadi.Umarxon shoirani õrdadagi xonim oyimlarga murabbiy qilib tayinlaydi va unga alohida joy beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |