Darsning mavzusi: XXI asr – ilm-fan va taraqqiyot asri Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 28.88 Kb.
bet2/7
Sana12.02.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1190879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dars ishlanma Nuriddin

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini takrorlash:
”Aqliy hujum”
1.”Orziqib kutilgan mustaqillik” – degan iborani qanday tushunasiz?
2.”O`zbekiston Respublikasining mustaqillik asoslari” – nimalardan iborat?
3.Sobiq Ittifoq davrida O`zbekiston nima uchun xom-ashyo yetishtiradigan o`lka bo`lib qolgan?
Javoblar turlicha bo`ladi, o`qituvchi javoblarni to`ldiradi va ular fikrini yo`naltiradi.


III.Yangi mavzu bayoni:
Ilm - dunyoda mavjud bo‘lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so‘zi o‘rnida «fan» so‘zi ham ishlatiladi. Ular bir ma’noni anglatuvchi so‘zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bordi. Bundan buyon ham mamlakatning iqtisodiy qudratini, ertangi kunini va taqdirini ilm-fan taraqqiyoti hal etadi. Ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi. Ilm-fan rivojlanmasa, mamlakatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Binobarin, XXI asrda ilm-fan yutuqlari davlatlar taraqqiyotining bosh omili bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham XXI asr - ilm-fan va taraqqiyot asri, deb yuritiladi.
«Kuch - bilim va tafakkurda» hikmatli so‘zi Prezident Islom Karimovga tegishli. Bu hikmatdagi «Kuch» so‘zi O‘zbekistonning maqsadi kelajakda dunyoning rivojlangan, fuqarolari esa farovon yashaydigan davlatlar qatoridan o‘rin olish ekanligini anglatadi. «Bilim» so‘zi bu ulug‘vor maqsadning ro‘yobga chiqishida mamlakatimizda ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog‘liqligini anglatadi. «Tafakkur»so‘zi esa mamlakat mutaxassis kadrlarining zamonaviy ilm-fanda to‘plangan yuksak darajadagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirib olishlari, uni amalda qo‘llashda fikrlash qobiliyatining yuksak darajada bo‘lishi zarurligini anglatadi.
O‘zbekiston - dunyoning rivojlangan, fuqarolari farovon yashaydigan davlatiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Xususan, mamlakatimiz yer osti va yer usti boyliklariga boy. Tabiiy sharoiti juda qulay. Yeri unumli, serquyosh kunlari ko‘p o‘lka. Biroq mamlakatning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatga aylanishi uchun bularning o‘zi yetarli emas. Bu, eng avvalo, ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog‘liqdir. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishda qo‘llaydigan mutaxassislarning o‘z burchiga, vazifasiga qanchalik vijdonan yondashishiga ham bog‘liq.
1997-yilda Respublikamizda«Umid» jamg'armasi tuzildi. Bundan maqsad - iste’dodli yoshlarni saralab olib ulaming chet ellarda o'qishini qo'llab-quvvatlash edi. Yoshlarni chet ellarda o'qitish orqali dunyo tajribasini o 'rgangan, yuqori malakali mutaxassislar sonining ko'payishiga erishildi.
Hech shubha yo'q-ki, qisqa tarixiy davr ichida O'zbekiston ham ilm-fan taraqqiyotida dunyoning eng ilg'or davlatlaridan biriga aylanadi. O'zbekistondan ham xalqaro Nobel mukofoti sohiblari chiqadi. Bunda esa albatta Sizlarning a'lo baholarga o'qishingiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling