Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
III.Yangi mavzu bayoni:
Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qi pchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga-Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan. XVII asrning boshlarida no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tormor etiladi. No’g’aylar Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar. Ularning Olti ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lganlar. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar. Buning natijasi 1714-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqirt ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladilar. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo’linib ketdilar, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi-Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdilar. Shu tariqa qoraqalpaqlar shartli ravishda "yuqori qoraqalpoqlar", "quyi qoraqalpoqlar"ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga ham o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar. Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlar o’rnatishga harakat qilgan. Bunday yaqinlashishga bir qator omillar sabab bo’lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung’orlarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo’ldi. 1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini jo’natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o’z elchisi M. Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo’natadi. Muzokaralar natijasida ham Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz xonligiga yasoq to’lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi-ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og’ir yillarda Amu va Sirdaryo oralig’idagi bo’sh yotgan yerlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo’ylariga ko’chib kelib yashardilar. Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi. Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o’ta mashaqqatli mehnati evaziga o’zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga-bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho berganlar. Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo’yi o’zbeklari (qo’ng’irotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan. Orollik o’zbeklar Xiva xonligi markaziy hokimiyati bilan muxolifatda edilar. Markaziy hokimiyat qoraqalpoqlarni bo’ysundirmasdan turib orollik o’zbeklarni itoat ettira olmasligini yaxshi tushungan. Bungacha ham Xiva xonligi Orolbo’yi o’zbeklari bilan qo’shni yashayotgan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga bir necha bor uringan edi. Chunonchi, 1715-yilda Sherg’ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o’z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar. Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o’ta boshlaganlar. Bunga-qabila biylarining o’z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo’l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo’lgan edi. 1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysundirildi. 1810-1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, qoraqalpoqlarning Xorazm vohasidagi bo’sh yerlarga o’rnashish jarayoni ham nihoyasiga yetdi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling