Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet178/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

II. O’tgan mavzuni so’rash:

Savollarga javob bering:

1. Qo’qon xonligida asosiy qishloq xo’jalik ekini nima edi?

2. Qishloq xo’jalik ekinlaridan qaysi birini yetishtirish rivojlandi?

3. yer egaligining qanday shakllari mavjud?

4. Mardikorlar kimlar?

5. Yersiz, ot-ulovsiz kambaga’allar qanday atalgan?

6. Xiroj miqdori nimaga qarab belgilangan?

7. Yig’im solig’I kimlardan olingan?

8. Qaysi daryodan oltin ma’dani olingan?

9. Qo’qonda qaysi kunlsri bozor bo’lgan?

10. Qo’qondan Qashqarga nimalar olib borilgan?



III.Yangi mavzu bayoni:

Xonlikning bosh shahri Qo’qon edi. Tarixiy manbalarda Qo’qonga oid ma’lumotlar X asrdan boshlab uchraydi. Qo’qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda "Havoqand", "Ho’qand" degan nomlar bilan qayd etilgan. "Havoqand" so’zi-"go’zal", "yoqimli", "xushmanzara", "shamol shahri" degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o’z shahrini Ho’qandilatif yoki Qo’qon deb aytganlar. Qo’qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo’qon mustahkam devor bilan o’ralgan. Shaharga 12 darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo’lishiga sabab­ uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo’linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. XIX asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 dan 100 tagacha hujrasi bo’lgan. Qo’qon shahri xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi edi. Marg’ilon (Marg’inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. Marg’ilondagi Sulton Murodbek saroyi Toshkent yoki Samarqandning badavlat xonadonidan uncha farq qilmasdi. Shahar devor bilan o’ralgan edi. Marg’ilon Qo’qon xonligidagi pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko’plab pillakashlik va shoyi to’qish ustaxonalari bor edi. Umuman, Qo’qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo’lib, ular bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mah­sulotining sifati bilangina farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o’g’illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Qolgan shaharlarni o’zbek, tojik, qirg’iz, qipchoq va qozoq zodagonlarining vakillari boshqargan. Andijon "Buyuk ipak yo’li"da tashkil topgan. Ayrim manbalarda shahar nomi "andi", "adoq" kabi urug’ atamalari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar "Andukon" deb atalgan, degan rivoyat ham bar. Andijon XV asrdan boshlab Farg’ona vodiysining markazi bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonda xo’jalik, fan va madaniyat ravnaq topgan. U "Boburnoma"da Andijon haqida bunday deb’yozgan edi: "Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur... Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tarnov suv kirar". Qo’qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon bekligining markazi bo’lib qolgan. Andijon 4 dahaga bo’lingan edi. Har daha­ning qozisi, mingboshisi bo’lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bo’lingan. Namangan shahri ham xonlikning yirik shaharlaridan biri edi. 1620-yilda Farg’o­naning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo’lganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko’chgan. Namangan tuz koni ("namak kon") yaqinida qurilgan edi. Uning nomi manbalarda XVII asrdan boshlab uchraydi. XVIII asrda Qo’qon xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bo’lgan. Namangan aholisi hunarmandchilik bilan shug’ullangan. 1819-1822-yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 1842 ­1845-yillarda shahar baland devor bilan o’ralgan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling