Xoja (1480-1547) ma’lumotlar


Download 26.33 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi26.33 Kb.
#1205181
  1   2
Bog'liq
XOJA


XOJA
(1480-1547)
MA’LUMOTLAR

  • Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja mutafakkirning toʻliq ismi boʻlib, Xoja uning taxallusidir

MA’LUMOTLAR

  • Xoja 1480 yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra Niso va Marv madrasalarida mufassal taʼlim olgan. Ijtimoiy faoliyatini temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida 1496 yili yozida sadrlik (yer oʻlchovchi) bilan boshlagan.

MA’LUMOTLAR

  • 1508 yili Niso va Obivard viloyatlari Shayboniylar tomonidan zabt etilganda Xoja yetuk shoir va adib sifatida tanilgan edi. Shu yili Shayboniyxon urushdan qaytayotganida Nisoda toʻxtab, Xojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu orada Nisoga shoir amir Muhammad Solih hokim etib yuborildi.

  • 1510 yili kech kuzida Xoja va Muhammad Solih Marv mudofaasiga keladilar, Shayboniyxon halokatidan keyin esa Xoja mamlakat ichkarisiga – dastlab Samarqand va sal keyin Buxoroga kelib vatan tutadi.

  • 1514 yilgacha Temur Sulton, keyin Kuchkunchixon xizmatida boʻlib, 1515–1516 yillardan eʼtiboran Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida Jumlatulmulk, sadrlik lavozimlarni boshqaradi.

MA’LUMOTLAR

  • U 1529 yili Buxoro hokimi Ubaydulloxon zamonida kisqa vaqt shayxulislomlik qilgan.

  • 1534 yili Ubaydulloxon Nishopurga kelganda Balx hokimi Kistan Qaro undan Xojani Balxga yuborishini soʻraydi. Shundan soʻng Xoja Balxda avval sadrlik, koʻp oʻtmay esa shayxulislomlik vazifasini bajaradi.

  • 1543 yili hokim Kistan Qaro ruhiy kasallikka chalingandan keyin Xoja oʻz vazifasidan ketib ijod bilan mashgʻul boʻldi.

  • Xoja 1547 yili Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband maqbarasi yoniga dafn qiladi

ASARLARI HAQIDA

  • “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti” 1508–1510 yillar) - Temur Sultonga atalgan falsafiy-axloqiy asari

  • “Gulzor” (1538 yil) - Kistan Karo Odilga bagʻishlangan falsafiy-axloqiy asari

  • Jonibek Sultonga atalgan “Maqsad ul-atvor” (1514–1520 yillar) axloqiy didaktik masnaviy dostoni

  • bir necha gʻazallari yetib kelgan.

  • Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” tazkirasida keltirilipshcha, Xoja “Layli va Majnun” nomli asar ham yozgan, ammo bu asar haligacha topilgani yoʻq.

Miftoh ul-adl” asari

  • “Miftoh ul-adl” asari oʻn besh bobdan tashkil topgan boʻlib, har bir bobda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy masalalarga bagʻishlangan biror nazariya, koʻp hollarda hadis yoki Kurʼon oyatlaridan keltiriladi va ularni izohlash maqsadida shoir “Nazir hikoyatlar” bayon qilib, oʻzining xulosasi bilan yakunlaydi. Masalan: asarda keltirilgan boblar: “Olimlarning bayoni”, “Odil sultonlarning bayoni”, “Zolim sultonlarning va zolimbeklarning bayoni”, “Sultonlarga mute boʻlmoqning bayoni”, “Oʻgʻurlikning bayoni”, “Zino haddining bayoni” kabi masalalar tahliliga bagʻishlangan.

Gulzor” asari

  • Shoirning “Gulzor” asari ham mazmun va koʻtarilgan muammolarning dolzarbligi bilan “Miftohul-adl”ga oʻxshab ketadi. Xoja “Gulzor” asarini Balx davlatining shayxulislomi lavozimida turib, xonning din borasidagi maslahatchisi boʻlgan paytida yozgan. Din homiylari esa u paytlarda katta nufuzga ega boʻlganlar. Binobarin, Podshoxoja asari ham beklar uchun davlatni boshqarish, xalq bilan qanday munosabatda boʻlish haqida bitilgan oʻgitlar toʻla asar hisoblanadi.

Maqsad ul-atvor” dostoni

  • Xojaning “Maqsad ul-atvor” dostoni uning dunyoqarashini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

  • Xoja insonni faqat yaxshilik qilish uchun yaratilgan, deb biladi va undagi salbiy illatlarni aql-zakovat va donolik yordamida yoʻqotish mumkinligiga ishonadi. Xoja zeb-ziynat, boylik va martaba insonga maʼnaviy fazilat bermaydi, degan xulosaga keladi. Shuning uchun ham u oʻz qarashlarida xon, bek va katta mol-dunyo egalari boʻlgan kishilarni insofli, diyonatli, saxovatli boʻlishga chaqiribbeva-bechoralar, kambagʻal qashshoqlar haqidan qoʻrqmaydigan sitamgar, zolim, qonxoʻr, xasis kishilarni fosh qiladi.

  • Adib oʻzining “Maqsad ul-atvor” degan asarida din va ilm kishini rostgoʻylikka, halollikka, poklikka, yomonni yaxshidan ajratishga olib keladi, degan fikrni ilgari suradi


Download 26.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling