Rivojlantiruvchi: Egallagan bilimlarini rivojlantiradi. Guruhda ishlash malakasi rivojlanadi
Kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiyasini, Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: mustahkamlash darsi
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: musobaqa, kichik guruhlarda ishlash, ”Yaxshidan bog` qoladi” usuli
Dars jihozi: darslik, xaritalar, tarqatma materiallar, elektron doska yoki videoproyektor va monitor
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II.Kichik guruhlarda ishlash 24 daqiqa
III. Elektron darslikdan videofilm namoyishi 12 daqiqa
IV.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa
V.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. O`quvchilarni ishning mazmuni bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |