Mundarija Kirish I. Bob. Didaktika-ta`lim nazariyasi


Download 45.56 Kb.
bet1/8
Sana15.01.2023
Hajmi45.56 Kb.
#1094378
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2. Didaktika nazaryasi


Mundarija Kirish…………………..………………………………………………….……2-3
I.BOB. Didaktika-ta`lim nazariyasi……………………………….…………4-7
1.1 Didaktika-ta`lim nazariyasi. O`qitis`h jarayoni yaxlit tizim sifatida.....8-9
1.2. Ta`lim mazmuni. Davlat ta'lim standartlari………………………....10-12
II.BOB. Ta'limni tashkil etish shakllari. Dars–ta'limni tashkil etish……..13-17
2.1. Ta`lim metodlari va vositalari…………………………………………..18-25
2.2. O`quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish….….26-31
Хulosa…………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33

Kirish.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada nopedagogik ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar egallashlari lozim bo‘lgan ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o‘quv jarayonini tashkil etishning shakl va metodlariga quyilayotgan zamonaviy talablar, ta'lim sub'ektlarining shaxs sifatida rivojlanish omillari, yosh davrlarining o‘ziga xosliklari, yaxlit ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejment mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, korreksion pedagogikaga oid malumotlar berilgan. Har bir mavzu matnlaridan so‘ng takrorlash va munozara o‘tkazish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, muammoli vaziyatlar taqdim etilgan. Bu alfozda tuzilgan matnlar o‘quv mashg‘uloti davomida talabalar egallagan bilimlarini reproduksiyalashga zamin yaratadi, kelgusida egallashlari lozim bo‘lgan faoliyatida zarur manba bo‘lib hisoblanadi, zamonaviy pedagogikadagi dolzarb masalalar ustida mustaqil, erkin fikrlashga, mulohaza yuritishga zamin yaratadi. Talabalarning kelgusidagi kasbiy, shaxsiy, umummadaniy kompetensiyasini oshiradi.
Zamonaviy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari, uning metodologiyasi to‘g‘risida keng tushuncha berish, ushbu bilimlarni talabalar o‘z ilmiy-amaliy faoliyati davomida qo‘llay olishga zamin yaratish; milliy g‘oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qilish; milliy g‘oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish; ta'limning asosiy shakllari (dars, amaliy mashg‘ulot, darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish); ta'limning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash; ta'lim va tarbiya metodlari, vositalaridan foydalana olish, aniq vaziyatlar uchun qulay variantlarini tanlash; o‘quv va tarbiya jarayonida o‘quvchilar jamoasini samarali boshqarish haqida ma'lumot berish; kasbiy musaqillik, sensor axborotlarni tezkorlikda anglash, o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta'sir etish va hamkorlikda ishlash, pedagogik texnikani egallash haqida bakalavrlarga tushuncha berish orqali ularda kelgusidagi faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatini rivojlantirish; -talabalarda zamonaviy pedagogikaning nazariy metodologik asoslarini o‘rganishga qiziqishni oshirish, egallangan bilimlar asosida ilmiy va amaliy faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish; -Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar haqida ma'lumotlarni talabalarga yetkazish va ulardan samarali foydalana olish ko‘nikmalarini malakaga aylantirish; -talabalarning amaliy faoliyatida ta'lim jarayonini tashkil etishda interfaol metodlarning asosiy qonuniyatlari, tamoyillaridan oqilona foydalanish, pedagoglik kompetensiyani oshirishga mo‘ljallangan innovatsiyalarni o‘rganish, ularni tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish, kelgusidagi kasbiy pedagoglik mahoratini shakllantirish o‘rganilayotgan mavzularni to‘la idrok qilish uchun zamin yaratish; -o‘zlashtirib olinishi zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish; -zamonaviy pedagogika faniga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni hayotda qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘lish;
- Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar yaratish va ulardan samarali foydalana olishga o‘rgatish Tarbiyaning asosiy qirralari- e'tiqod va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur, haqiqat yo'lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati- bularning barchasi mavzularda asosiy g‘oya sifatida yoritilishiga harakat qilingan. Mualliflar o‘quv qo‘llanma tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif- mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi o‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar. Ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy tabiati, uning tarkibi, mazmuni va mohiyati, pedagogika kategoriyalarining rivojlanish tendensiyalari, fan metodologiyasi hamda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari, pedagogik diagnostika to‘g‘risidagi tushunchalar oliy ta'lim tizimida tahsil oluvchi magistrantlar, yosh tadqiqotchilar uchun ham qiziqarli manba bo‘lib hisoblanadi.


Download 45.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling