Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, AKT – videoproyektor
Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Ashtarxoniylar sulolasi Astraxan va uning atrofidagi yerlarda qachondan boshlab hukmronlik qilib kelishgan?
A) XIII asr 90-yillaridan B) XIV asr 40-yillaridan C) XIV asr 80-yillaridan D) XV asr 20-yillaridan
2. Boqi Muhammadxon nechanchi yilda Eron qo‘shinlariga zarba berib, Balxni egalladi?
A) 1602-yil B) 1604-yil D) 1605-yil C) 1603-yil
3. Nodir Muhammad va Hindiston hukmdori Shoh Jahon o‘g‘illari o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lgan edi?
A.Maymana yo‘lida B.Tahrirobod yaqinida C.Qunduz shahrida D.Murg‘ob daryosi bo‘yida
4. Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirilgach, Vali Muhammad qismati nima bo‘ldi?
A.hajga jo‘natildi va qaytib kelgach vafot etdi
B.Vali Muhammad o‘z o‘g‘li ishlariga yordamchi bo‘lishiga majbur etildi
C.Vali Muhammad asir olinib qatl etildi
D. Vali Muhammadning ko‘ziga mil tortildi
5. Buxoroda markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga bostirib kirishgan. Shunday vaziyatda qaysi Xiva xoni Samarqandni egallab o‘z nomiga xutba o‘qitgan edi?
A) Abulg‘ozixon B) Anushaxon C) Elbarsxon D) Eringxon
6. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori Makkaga hajga borib, o‘sha yerda vafot etgan?
A) Abdulazizxon B) Nodir Muhammad C) Vali Muhammadxon D) Imomqulixon
Do'stlaringiz bilan baham: |