Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. Qaysi manba shayboniylar bilan Eron safaviylari o’rtasidagi munosabatlar haqida muhim ma’lumotlar beradi?
A) K. Binoiy “Shayboniynoma” B) F. Ro’zbehxoh “Mehmonnomayi Buxoro”
C) H. T. Buxoriy “Sharhnomayi shohiy” D) H. Toshkandiy “Tarixi Jadidayi Toshkand”
2. Shayboniylardan kimlarning kutubxonalari bo’lgan? A) Ubaydullaxon, Subhonqulixon, Abdulazizxon
B) Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxon
C) Baroqxon, Ko’chkunchixon, Abdulaminxon
D) Navro’z Ahadxon, Suyunchxo’jaxon, Iskandar Sulton
3. Shayboniylar davrida ayniqsa, ilm-fan va madaniyatning qaysi sohalari boshqa sohalarga qaraganda ilgarilab ketdi?
A) tarix va tibbiyot B) astronomiya, matematika, adabiyot
C) tarix, adabiyot, astronomiya D) tibbiyot, astronomiya, matematika
4. Shayboniylar hukmronligi davrida ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan tabib nomi ko’rsatilgan qatorni belgilang.
A) Xoja Muhammad B) Muhammad Mazid
C) Shohali ibn Sulaymon D) Abdulhakim ibn Sulton
5. Tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar qalamiga mansub asarni aniqlang.
A) "Tavorixi guzidayi nusratnoma" B) "Badoye’ ul-vaqoye’"
C) "Sharafnomayi Shohiy" D) "Tarixi Rashidiy"
6. "Tarixi jadidayi Toshkand" asari muallifini aniqlang.
A) Mirzo Muhammad Haydar B) Mullo Shodiy
C) Hofiz Toshkandiy D) Tursun Zominiy
Do'stlaringiz bilan baham: |