Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchilik.
III. Yangi mavzu bayoni
Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat. Me’morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. 1535-1536-yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi, 1540-1541-yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549-yili Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh, Mag’oki Attori masjidi (qayta ta’mirlangan), 1559-yili qurilgan Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati Qosimshayx xonaqohi, 1582-yili qurilgan uch darvozali Timi Kalon, 1581-yili bino qilingan Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, 1580-yili bino qilingan Govkushon madrasasi, 1586-yili qurilgan Fathulla qo’shbegi madrasasi, 1585-yili qurilgan Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, 1577-1578-yillari qurilgan Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon tomonidan qurila boshlab, 1515-1516-yillarda bitkazilgan Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik (1582) mashhurdir. Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: "Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo’qdir",-deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa’y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling