II.O`tgan mavzuni so`rash: O`tgan mavzuni “Estafeta” usulida so`raladi. Bunda o`quvchilar partada o`tirgan joylarida qatorlarni variantga bo`linadi, savollar yozilgan varaqlar 1-variantdan javob yozib, orqaga uzatiladi, qator oxiriga borgach 2-variantdan oldinga uzatiladi. Ushbu jarayonda barcha o`quvchilar kamida bitta savolga javob yozishlari talab qilinadi. Savollar uchala qatorga bir xil bo`lishi mumkin, ular quyidagicha:
1.Buxoro davlatida yer-mulkchilikning qaysi shakllari bo`lgan? – Amlok, mulk, vaqf.
2.Qaysi yer egalari davlat xazinasiga xiroj to`lashi va oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra o`z qo`shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishilozim bo`lgan? – Suyurg`ol egalari.
3.Masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar qanday nomlangan? – Vaqf yerlari.
4.Amirlikda aholidan qanday soliqlar yig`ib turilgan? – Xiroj, tanobona, qo`shpuli, zakot.
5.Amirlikning asosiy solig`i nima deb atalgan? – Xiroj.
6.Zakot solig`i soliq solinadigan narsa qiymatining qancha miqdorini tashkil etgan? – 2,5 %.
7.Amirlikda qanday suv ayirg`ich eng ko`p ishlatilgan? – Chig`ir.
8.Amirlikda reja asosida bunyod etilgan bog`lar qanday atalgan? – Chorbog`.
9.Har bir dehqon xonadoni yiliga necha kungacha sug`orish inshooti, kanal va ariq qazish ishlarida qatnashgan? – 60-100 kun.
10.Amirlikda mardona deb ataluvchi o`simlik nima maqsadda o`stirilgan? – Bo`yoq olish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |