Interfaol metodlar va ularning tasnifi


Download 1.91 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1459116
Bog'liq
Mavzu o‘sha metod turlari

Mavzu :o‘sha metod turlari

Dumaloq stol metodi:

  • Topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’ylab o’tkaziladi. Har bir talaba o’zining javob variantini yozib qo’yadi va varaqni boshqa talabaga uzatadi. Javoblar tugagach, muhokama bo’ladi. Noto’g’ri javoblar o’chiriladi, to’g’ri javoblar soniga qarab talabalar baholanadi.
  • Masalan: 1 Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating. 2 Pedagog mahoratlarini aytib bering. Yoki 1 Shaxs komponentlarini belgilab bering. 2 Leongard bo’yicha xarakter xususiyatlarini sanab bering va h. k.

Uch bosqichli intervyu:

  • Guruh 3 ga bo’linadi pedagog – talaba - ekspert. Har bir guruh shu rollarni egallaydi. “Pedagog” guruhi mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar berishi, “talaba” guruhi javob berishi, “Ekspert” guruhi ularni baholashi zarur. Ekspert 3 bo’limga bo’lib baholaydi:
  • Nimalar to’g’ri qilindi.
  • Nimalar noto’g’ri qilindi.
  • Qanday qilish kerak edi.
  • Bu metod talabalarga
  • so’rab-surishtirish,

    pedagogik muloqot

    olib borish, bilim va

    malakalarni tekshirish va

    baholashni o’rgatadi.

“Ruchka stol o’rtasida” metodi.

  • Guruhga topshiriq beriladi. Har bir talaba o’z javob variantini varaq qog’ozga yozib, uni qo’shnisiga o’zatadi, o’z ruchkasini stolning o’rtasiga surib qo’yadi. Javobni bilmaydigan talaba qog’ozni keyingisiga uzatib ruchkani o’zida olib qoladi. Javob variantlari yozilgan qog’oz o’qituvchiga beriladi va birgalikda muhokama qilinadi. Bu metodda o’qituvchi mashg’ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko’rib turadi.
  • Masalan: Tarbiya usullarini belgilab bering. Yoki temperament turlari va ularning asosiy xususiyatlarini ko’rsating.

“Galereyani aylanish” metodi.

  • Kichik guruhlarga 1 ta muammo taklif etiladi. Har 1 guruh 10 min davomida o’z fikrlarini yozadida, javob yozilgan varaqlarni 2 chi guruh bilan almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob to’liq bo’lmasa, o’z javobi bilan tuldirishi kerak.
  • Masalan: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning bosqichlari. Javoblar yozib bo’lingach, varaqlar doskaga osib qo’yiladi va birgalikda muhokama qilinadi.

AKADEMIK MUNOZARA.

  • Guruh 2 komandaga bo’linadi, har biriga vaziyatga oid topshiriq beriladi, masalan: “pedagog - talaba muloqoti”. Bunda 1chi guruh muloqotning salbiy tomonlarini tahlil qiladi - ya’ni “prokurorlar”. 2 chi gurux vaziyatning ijobiy tomonlarini izohlab beradi. Vaziyatga oid topshiriq yoki rolli o’yinni muhokama qilish uchun talabalar shu mavzu yuzasidan chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.

“Qor bo’ron” metodi.

  • Ikki guruh talabalari bir muammo yoki vaziyatni muhokama qilib eng ko’p miqdorda to’g’ri javoblar olish ko’zda tutiladi. Xar bir to’g’ri javob yumaloqlangan qor ko’rinishida o’sha guruhga ball tariqasida yozib qo’yiladi. Eng ko’p ball olgan guruh a’lo baholanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling