Darsning texnologik xaritasi
Download 14.69 Kb.
|
10-dars. Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash -fayllar.org
Mavzu: Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash darsni olib borish texnologiyasi darsning texnologik xaritasi DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI Salomlashish, davomatni aniqlash. II. Qiziqtirish (motivatsiya) O‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va qiziqtirish uchun savollar yoziladi. O‘quvchilarga savol tashlanadi va “Aqliy hujum” metodi yordamida javoblar tahlil qilinadi. Grafik interfeysli ilovalar qanday yaratiladi? Yangi mavzudan oldin o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlab olinadi. III. Mavzuni tushuntirish Mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz sayti yoki QR-kod orqali yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim etiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga vijetning turlari haqida gapirib beradi. Taqdimot yordamida darslikning 105–106-betlaridagi ma’lumotlar tushuntirib beriladi. O‘quvchilar, o‘z navbatida, diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, vijet turlarini daftarlariga yozib oladi. IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH O‘quvchilar 3 ta kichik guruhga bo‘linadi. Har bir guruhga quyidagi loyiha topshiriqlari beriladi. O‘quvchilar kichik guruhlarda loyiha ishini bajaradi. Amalga oshirgan ishlari bo‘yicha har bir guruh o‘z taqdimotini tayyorlaydi. Guruh taqdimoti muhokama qilinadi. V. Baholash O‘quvchilarning kichik guruhlarda bajargan taqdimotlari baholanadi. O‘qituvchi darsdagi faolligi hamda savol-javoblardagi ishtirokiga qarab o‘quvchilarni baholaydi. VI. Mavzuni xulosalash Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qilinadi. O‘quvchilar tinglab, o‘z fikrlarini aytadi. VII. Uy vazifasini berish Uy vazifasi — 106-betidagi uy vazifasida berilgan mashqlarni bajarish. VIII. Refleksiya Refleksiya kartochkalari yordamida darsning borishi, o‘quvchi tomonidan tushunishi va ular qiziqishi aniqlanadi. O‘quvchilar dars haqidagi fikrlarini beradi va o‘z faoliyatlarini baholaydi. O’qituvchi:_________O.Qurbonov Download 14.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling