Darveshali changiy musiqa ilmi
Download 42.35 Kb.
|
DARVESHALI CHANGIY MUSIQA ILMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- Foydalanilgan adabiyotlar
DARVESHALI CHANGIY MUSIQA ILMI REJA: Kirish Darveshali Changiy musiqa ilmi Darveshali Changiy Xalq cholg'ulari uzoq o'tmishi Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Darvishali Chang’iy (toʻla ismi: Darvish Aliyi Changiy al-Xoqoniy ibn Mirzo Ali Changiy ibn Abdulali Qonuniy ibn Xoʻja Abdullo Muhammad Marvarid; 16-asr, Hirot — 17-asrning 20-y.lari, Buxoro) — musiqashunos, bastakor, sozanda, hofiz va shoir. Yoshligidan musiqaga qiziqib, Xojagiy Jaʼfar Qonuniy, Ali Doʻst Noyi, Amir Masti Qobuziy, Xasan Kavkabiylardan taʼlim olgan. Movarounnaxr va Xuroson madaniy markazlari (Buxoro, Balx, Andijon, Kesh, Samarqand kabi shaharlar)da yashab ijod qilgan. Sheʼrlarini Changiy taxallusi bilan yozgan. Bir qancha qasida, gʻazal, ruboiylari va "Risolai musikiy" asarlari bizgacha yetib kelgan. "Risolai musiqiy"ning 1-nusxasi, 1572; 2-nusxasi "Tuhfatus-surur" ("Shodlik armugʻoni") nomi bilan ham mashhur, taxminan 1611, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi, inv. №№ 449, 468. Mazkur risola 16—17-asrlar musiqa madaniyatining asosiy manbai sifatida katta ilmiy ahamiyatga ega. Fors tilidagi 12 bobdan iborat bu qoʻlyozma Jomiy va Kavkabiy risolalari hamda Husayn Oxun, Imom Kuliy Udiy, Zaytun Gʻijjakiy kabi musiqa ustodlarining asarlaridan toʻplangan maʼlumotlar asosida yozilgan. Muallif Amir Xusrav Dehlaviynchig musiqiy qarashlarini ham oʻz asariga kiritgan. Unda 16— 17-asrlardagi musiqa hayoti, bastakorlik sanʼati, musiqa sozlari, musiqiy-nazariy (Oʻn ikki maqom, iyqoʼ va b.) va ijrochilik masalalari oʻzining ifodasini topgan. Risolaning tarixiy boblari adabiy tazkiralar uslubida yozilib, Movarounnahr va Xuroson musiqa arboblarining tarjimai holi, afsonaviy va tarixiy shaxslar (podshoh Bahrom va Dilorom Changiydan boshlab, Firdavsiy, Rudakiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, sulton Husayn Boyqaro va oʻzining hamasrlari)ga bagʻishlangan. D.Ch. ulugʻ bastakor sifatida naqsh, amal, savt, peshrav shaklidagi kuylar yaratgan. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Musiqiy cholg'ularda ijrochilik san'ati insoniyat ma'naviyatini tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti maxsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida, doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lish bilan birga tarbiyaviy tomonlari ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan.1 Xalq cholg'ulari uzoq o'tmishda paydo bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki musiqa cholg'ulari eramizdan avvalgi XIII-ming yillikda dunyoga kelgan, deb taxmin qilinmoqda. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Chunki eng qadimgi mehnat qo'shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Undan keyin shovqinli cholg'ular paydo bo'ldi, ijrochilar 1 T.Ye.Solomonova. O'zbek musiqasi tarixi. -T.: "O'qituvchi" nashriyoti. 1981-yil. qarsak chalib ritmni ta'kidlagan, shovqinli cholg'ular ta'sirini ko'paytirganlar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari o'ziga xos, takrorlanmas go'zal holatni vujudga keltirar edi. Qadimgi sharq madaniyati bag'rida, o'zbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida o'ziga xos xususiyatlarni, tovush tusini saqlab qoldi. O'ziga xos tuzilishi tufayli chang, nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak, qo'bizlar an'anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi. Keling chang cholg'usiga batafsil to'taladigan bo'lsa: Chang - ko'p torli tirnama cholg'u asbobi hisoblanib tayoqchalar bilan urib chalinadi. Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Changdan qadimda va O'rta asr Sharq (Ossuriya, Misr, Shimomliy Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qo'llanilgan. Hozirgi O'zbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan XVII asrgacha qo'llanilgan. O'rta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang juda qadimiy cholg'udir. Bu haqda uzoq o'tmishda yashab, o'lmas asarlarni yozib qoldirgan olimlar va shoirlar merosida yetarlicha ma'lumotlar mavjud. Jumladan, Abu Nasr al-Farobiy (873 - 951) "Kitob al-musiqiy al-Kabf (Musiqa haqida katta kitob) risolasida cholg'u cholg'ulariga, xususan chang, rubob, nay kabi sozlarga alohida o'rin ajratadi. Farobiy chang cholg'usining jo'r bo'lish xususiyati haqida eslatib o'tar ekan, bu sozning har xil adabiy majlislar va tantanavor marsimlarda cholg'u ansambli tuzilmalarida muvaffaqiyatli qo'llanilganini mamnuniyat bilan qayd qiladi. Al Farobiy yaratgan asarlar uning zamondoshlari va undan keyingi davr olimlarining musiqa ilmi nazariyasi bo'yicha ilgari surilgan fikrlari va risolalari uchun asos bo'ldi. Ibn Sino (980-1037), UmarXayyom (1040-1123), Ma'sur Sheroziy (1236-1310), Muhammad al-Amuliy (taxminan 1354-1355 yil vafot etgan), Alisher Navoiy (14411501), Al-Husayniy (XV asr), Mavlono Kavkabiy hamda XVIII asr mashhur sozandasi va musiqiy nazariyotchisi Darvesh Ali Changiy soz va sozandalarning ijrochilik san'atini o'z risolalarida ta'rif va tavsif etadilar. Yuqorida nomi tilga olingan yirik musiqashunos olim, mashhur changchi, bastakor va hofiz Darvesh Ali Changiy qalamiga mansub «Risolai-musiqiy» kitobida chang sozi va sozandalari alohida qayd etiladi.2 Olim yashagan davrda (XVII asr) changda 26 ta tor bo'lib, yettita parda mavjudligi diqqatga sazovordir. Changda o'n ikki maqomning hammasini mukammal ijro eta bilish Darvesh Ali yashagan o'sha davrda ham sozandaning yuqori darajadagi mahoratini namoyish etuvchi omillardan biri hisoblangan. Olim o'z risolasida cholg'uchilik san'atida dong taratgan Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Mavlono Zaynulobiddin - Rumiy kabi ustozlarni hurmat bilan tilga oladi. Asrimizning boshlarida o'lkamizning ba'zi shaharlarida cholg'u sozi ustalari 2 Abu Ali ibn Sino "Musiqa haqida risola"; N.Shodmonov tarjimasi; Toshkent; barcha cholg'ular qatori chang sozining tuzilishi va ijrochilik imkoniyatlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash yo'lida ma'lum darajada izlanganlar. Xorazmda Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, Farg'onada Usta MasaidMarg'iloniy, Usta Olim Komilov, Namanganda Usta Ro 'zimatxon Isoboyev, Toshkentda Usta Usmon Zuparov va boshqalar ana shular jumlasidandir. Eski chang tovushqatori diatonik bo'lib, diapazoni uncha keng bo'lmagan, ya'ni "lya-bemol" katta oktavadan "rebemol" ikkinchi oktavagacha edi. Xalq cholg'uchilarining ana shu an'anaviy changi asosida to'liq xromatik tovushlarga ega bo'lgan yangi chang 1938-yilda yaratildi. Boshqa xalqlarda chang turlicha nomlar bilan ataladi. Ushbu ilmiy maqolada bunga batafsil to'xtalib o'tdik. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Fors mamlakatlarida tarqalgan turi santur deb nomlanadi. Changning chang-tenor, chang-bas turlari ham yaratilgan. Turli mamlakatlarda uchraydigan changsimon asboblar quyidagilardir: ❖ Avstriya- Hackbrett ❖ Belarus - Tsimbali ❖ Belgiya- Hakkebord ❖ Braziliya - Saltério ❖ Cambodia - Khim ❖ Xitoy - WW (Yangqin) ❖ Xorvatiya - Cimbal, cimbale ❖ Chexiya - Cimbál ❖ Daniya - Hakkebrœt ❖ Fransiya - Tympanon ❖ Germaniya - Hackbrett ❖ Gretsiya - santouri ❖ Vengriya - Cimbalom ❖ Hindiston - Santoor ❖ Eron - Santur ❖ Iroq - Iraq Santuri ❖ Irlandiya - Tiompan ❖ Italiya - Salterio ❖ Janubiy Koreya - Yanggeum 'o'a ❖ Laos - Khim ❖ Latviya - Cymbala ❖ Litva - Cimbalai ❖ Meksika - Salterio ❖ Mongoliya - Joochin ❖ Niderlandlar - Hakkebord ❖ Norvegiya - Hakkebrett ❖ Polsha - Cymbafy ❖ Portugaliya - Saltério ❖ Ruminiya - Tambal ❖ Rossiya - Tsimbali, Dulsimer ❖ Serbia - Tsimbal ❖ Slovakia - Cimbal ❖ Slovenia - Cimbale, oprekelj ❖ Ispaniya - Salterio, dulcémele ❖ Shvetsiya - Hackbrade, hammarharpa ❖ Shveytsariya - Hackbrett ❖ Tailand - Khim ❖ Tatariston - Çimbal ❖ Turkiya - Santur ❖ Ukraina - Tsimbali ❖ Buyuk Britaniya - Hammered dulcimer ❖ AQSh - Hammered Dulcimer ❖ Vietnam - Dàn tam thâp luc ❖ Isroil - Tsimbl Yuqorida changing turli xalqlarda boshqa nomlar bilan atalishini ko'rib o'tdik. San'atshunoslikda chang cholg'usining takomillashtirilishi natijasida chang prima, chang pikolo, chang tenor va chang bas kabi turlari barpo etildi. Biroq bu yangi yaratilgan chang pikkolo, chang tenor, chang bas kabi cholg'ular amaliyotda o'z o'rnini topa olmadi va natijada xalq cholg'ulari orkestrida qo'llanilmay qolib ketdi. O'zbek musiqashunosligida chang cholg'usining o'z o'rni va ahamiyati bordir. Zero har bir cholg'uning o'zgacha xususiyati mavjud. O'zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma'naviy merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma'naviy boyliklar asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning milliy an'analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma'naviy merosni o'rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining asosiy omillaridandir. Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda. XV asrdan boshlab to XVIII asrgacha bo'lgan davr musiqa madaniyati rivoji, asosan, musiqiy risolalarda, adabiy, tarixiy va badiiy manbalarda o'z ifodasini topgan. Ushbu davrni maqomchilik san'ati ustida ijodiy ish olib borilgan davr deyish mumkin. Chunki shu davrlarda yaratilgan musiqiy va badiiy asarlarda sozanda va xonandalar, bastakorlar, ular yaratgan kuy va ashulalar xususida ma'lumotlar keltirilib, asarlarning nomlari bayon etilgan. Musiqiy risolalarda esa maqomlarning nomlari va ularning tarkibiga kirgan asarlarning maqomlarga tegishli bo'lgan doira usullari haqida va ularning tartibi xususida so'z yuritilganligining guvohi bo'lamiz. Mumtoz musiqaning tarkibidan o'rin olgan usul masalasi o'tmish allomalarining diqqat markazida bo'lib kelgan musiqaning tarmog'idir. Va deyarli barcha risolalarda qadimiy usullarning nomlari deyarli bir xildir. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Ilmlar kaliti» qomusi, Abu Ali ibn Sinoning «Iyqo ilmi» risolasida keltirilgan usullar jadvallari shular jumlasidandir. Lekin, ushbu davrga kelib usullar ham o'ziga xos nomlanganligini va ularda hozirgi Shashmaqom tarkibidagi usullarning ifodalanganligini ko'rish mumkin. Ushbu masalaga XX asr musiqa bilimdoni Abdurauf Fitrat o'zining «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» nomli risolasida murojaat etib, mavjud usullarning nomlarini va usul shakllarini bayon etadi1. Temuriylardan keyingi davrda yaratilgan musiqiy risolalar orasida Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiyning («Tuhfatus-surur»2) risolalari alohida ahamiyatga egadir. Xususan, o'rta asrlarning so'nggi yillaridagi bastakorlik ijodiyoti borasidagi ma'lumotlar Darvish Ali Changiyning ijodida to'la-to'kis yoritilgan. Muallif unda o'z davrining musiqiy tizimi, bastakorlik, ya'ni ijodkorlik masalalari bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi. Bastakorlik ijodining asosiy shakllari - naqsh, peshrav, amal, qavl, savt, chorzarb, jir, kor, tarona kabilar xususida ma'lumotlar keltiriladi. Shu bois ushbu risolani o'quv jarayonida mukammal o'zlashtirish o'quvchilar uchun har tomonlama foydali ekanligini inobatga olib risolani musiqashunos olima Dilbar Rashidova tarjimasi ostidagi matndan keng foydalanilgan holda keltiramiz. XVI-XVII asrlar mobaynida yaratilgan musiqiy risolalardan yana biri Darvish Ali Changiyning «Tuhfat us-surur», amaliyotda «Risolayi musiqiy» deb ham yuritiladigan risolasidir. Ushbu risolada 350 ga yaqin bastakor, xonanda, sozandalar haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. O'z davrining yetuk musiqashunos allomasi, bastakori, mohir sozanda va xonandasi hamda shoiri Darvish Ali Changiy XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro shahrida yashab ijod etgan. Allomaning so'nggi ijod namunasi «Risolayi musiqiy»dir. Risola mazmunan ikki ulkan qismdan iborat. Birinchi qismi musiqaning nazariy masalalariga bag'ishlangan. Ikkinchi qismi esa tazkira uslubida bayon etilgan bo'lib, asosan, muallif yashagan davrgacha va zamonasining mohir va dongdor musiqashunoslari, bastakorlari, sozanda va xonandalarining ijodiy faoliyatlari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Risola besh bobdan tashkil topgan. Birinchi bob 12 maqom, 24 sho'ba va 6 ovozalarning bayoni. Ikkinchi bob usullarga bag'ishlangan bo'lib, 17 bahr usuli hamda 1A. Fitrat. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. - T., 1984. 2 Darvish Ali Changiy. Tuhfat us-surur (D.A. Rashidova tarjimasi) - T.,1981. 24 usullar xususida so'z yuritilgan. Uchinchi bob mumtoz musiqaga xos bo'lgan musiqiy janrlar, ya'ni kor, qavl, amal, peshrav, savt, naqshlar to'g'risida to'xtalgan. To'rtinchi bob musiqiy cholg'ular tasnifotiga, jumladan, tanbura, chang, nay, qonun, ud, borbat, rubob, qo'biz, g'ijjak, shamoma, nayabnon, chag'ona, ruhafzo, rud, arg'anun kabi cholg'ular haqida ma'lumotlar o'z aksini topgan. Beshinchi bob o'ziga xos tazkira va musiqa ijodkorlari, nazariyotchilari hamda ijrochilari haqida qimmatli ma'lumotlardir. Darvish Ali Changiy musiqiy risolasida bastakorlik amali bilan shug'ullangan 25 dan ortiq musiqa bilimdonlari va ijodkorlari xususida alohida ma'lumotlar berilgan. Musiqa ijodkorlarining amaliyotni, ya'ni musiqa ijrochiligida qay darajada mohir ekanligiga ishora qilib, bastakorlik amallarini tavsiflab beradi. Ularning musiqa ijrochiligidagi mahorati negizida musiqiy bilimiga ham o'ziga xos baho berib o'tadi. Xususan, 12 ta namoyandani musiqa ijodiyotida aynan bastakor deb ta'riflasa, 15 ta namoyandani musiqada naqshlar, savtlar, peshravlar bog'lagan va yaratgan deb tilga oladi. Musiqa ijodiyoti bilan shug'ullangan namoyandalarga Darvish Ali Changiy tomonidan berilgan tavsiflarni keltiramiz: «Samarqanlik Sulton Muhammad Udiy -musiqa bilimdoni, saqil usuliga asoslangan va dugoh ohanglarida peshrav yaratgan; Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy - musiqiy risola bitganligi xususida ma'lumot berib, shu bilan birga musiqada «Naqshi mullo» nomi bilan bog'lagan naqshi taniqlidir, degan fikrlarni bayon etadi; Mavlono Binoiyning - ilmda va musiqada o'z davrining noyob bilimga ega bo'lgan kishilardan ekanligi va bir qator naqshlar va savtlar bog'lagan deb, xonandalar orasida uning muxammas usuliga asoslangan va Rost sho'basida tuzgan «Savt ul-Naqsh» naqshlari mashhur bo'lganligini ham e'tirof etib o'tadi. G'ulom Ali Shunqor - musiqada davrining betakror bilimdonlaridan biri. Tutuq begim xizmatida bo'lim, o'zining ijodini, savt-u naqshlarini unga bag'ishlagan. Turkiy zarb usuli asosida, dugoh ohanglaridagi «Savt-u naqsh» asari ham xalq orasida «Savt-u Nashiq begim» nomi bilan keng ommalashgan deb baho beradi; Ustod Zaytun g'ijjaki - maqom ijodiyotida ko'proq peshravlar bog'lagan. Ulardan biri Husayniy maqomida davri saqil usuli asosidagi asardir. Xon Ahmad G'iloniy - musiqa ilmida, ijodiyotida va ijrochiligida unga teng keladigani bo'lmagan, deb yozadi muallif. Ayniqsa, ud cholg'usi ijrochiligidagi mohirligi alohida qayd etib o'tiladi. Musiqa ijodiyotida ko'p peshravlar yaratganligi va o'z zamonasining xotirasida qolganligi xususida bayon etadi. Ayniqsa, muhammas usulida Panjgoh zaminida yaratgan «Peshravi Isfahon» asari mashhur ekanligini izohlaydi. Mavlono Axi Hitoriy haqida qiziq ma'lumot keltiriladi. Ustoz Darvish Shodiyning qalamiga mansub ilk asarlarni keltirar ekan, shunday yozadi: «Iroq pardalariga asoslangan «Savt»ni Rost-Panjgoh ladiga o'girib, Zarbi Turk usulida soldi». Bu, albatta, bastakorlik ilmining qayta ishlash bilan bog'liq amallarini ko'rsatuvchi dalillar deb qabul qilish lozimdir. Mir Ali Akbar Samarqandiy - o'z davrining musiqa dunyosidagi noyob iste'dod sohibi bo'lgan. Undan betakror naqshlar va savtlar, qavl va korlar davrining betakror musiqiy durdonalari sifatida meros bo'ldi. Hirotlik Amir Masti Qobuziy - ustoz san'atkor, bir qator naqshlar bog'lagan, musiqaning 17 usulida aqlni oluvchi ohanglarni ijro etgan, tinglovchilar qalblarini eritishga muyassar bo'lgan ustoz sozanda. O'z yurti Hirot, Ustozi Jomiy, Buxoroda esa bir qator sozanda va xonandalarga ustozlik qilgan. Risolada muallif bastakorlar haqida so'z yuritar ekan, ularning sozandalik, xonandalikda, usulda va she'riyatda tutgan o'rinlari xususida ham tavsiflar berib o'tadi. Yaratgan musiqiy asarlarining aniq nomini keltirib, o'ziga xos izohlar beradi. Xususan: Ustod Shodi - iroq maqomida va far usuli asosida 12 ta naqsh yaratgan bastakor va mohir sozanda (qo'biz ijrochisi) bo'lgan. «Sunbuli» - muhammas usulida, «Mohi Hilol» - zarbi turk usulida, «Dili shisha» - davri shohi usulida, «Xunxura» - muhammas usulida shular jumlasidandir. Ustod Shox Quli G'ijjakiy - o'z davrining mohir sozandasi (g'ijjakchi), ko'pgina naqsh va Savtlar ijod etgan bastakor. Xo'ja Yusuf Andijoniy - o'z davrining musiqa bilimdoni, sozanda va bastakori. Zarbi Turk usulida navro'z maqomida savtlar bog'lagan. Ustod Ali Hasob - maqom bilimdoni, bir qator peshravlar va naqshlar bastakori. «Alijub» va «Naygir» peshravlari tengsiz asarlar sifatida e'tirof etilgan. Alijon G'ijjakiy - xush ovoz sohibi, mohir g'ijjakchi, bir qator naqsh va savtlar bastakori. Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriy - musiqashunos, bastakor. Husayni maqomida Zarb ul-Fath, iroq maqomida chorzarb asarlari mashhur bo'lgan. Samarqandik Mavlono Xo'ja Muhammad ibn Abdulhasan Kavkabiy - Mavlono Kavkabiyning shogirdi, naqsh va savtlar bastakori. Hofizbobo Qonuniy - bir qator g'azal va musiqalar bog'lagan bastakor. Segoh ohangida, nimsaqil usulida yaratgan «Savt ul-amal»i o'z davri sozandalari orasida mashhur bo'lgan. Hofiz Turdi Qonuniy - bir qator kulliyotlar bitgan bastakor. Mavlono Qosimiy Qonumiy - bir qator savt va naqsh hamda peshravlar yaratgan zamonasining betakror bastakori. Duyak usulidagi husayni maqomida ijod etgan «Noz-u G'amza» peshravi keng ommalashgan va omadli asarlaridan biridir. Uning «Zarb ulFath» usuli, hijoz ohangida yaratgan «Davri dardi sar» asari ham bor. Ustod Sulton Muhammad Tanburiy - bir qator peshrav va naqshlar bog'lagan bastakor. Dugoh maqomi asosida yaratgan ikkita peshravi xalq orasida juda ommalashgan. Biri muhammas usulida, ikkinchisi dari saqil usulida. Mavlono Boqi Jarroh - xush ovozli xonanda va bastakor. Davri Shohi usuli asosidagi rost maqomiga bog'lagan savti o'z davri san'atkorlari orasida mashhur bo'lgan». Darvesh Ali Changiyning musiqiy risolasi o'zbek musiqasi tarixini o'rganishda, tasavvur etishda muhim manba hisoblanadi. maqom, “Armug‘oni sabboq”, “Shash- maqom”, “Risola-yi musiqiy”, “Muzakkiri ahbob”, “0 ‘n ikki maqom”. Musiqa folklori tarixidan bizga ma’lum mo‘g‘illar istilosidan keyin Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand m a’muriy markazga aylanib, Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o‘tay boshladi. So‘ngra Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI a.), Ashtarxoniylar (XVII a.) va Mang‘it xon- lari (XVIII a.) davlati qaror topdi. Buxoro xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o ‘zbek urug‘idan chiqqan Shayboniylar sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan boshlana- di. XVI asrning boshida (1505-yil) Hirot Shayboniylar tomoni dan ishg‘ol etildi. Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo‘lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab bu- rilishi paytida Temuriylar davri, xususan, Samarqand va Hirot boy madaniy an’analaming munosib vorisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. 0 ‘zbek xonlari Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko‘zga ko‘ringan ilmu m a’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tas- viriy san’atning “Buxoro maktabi” deb nom olgan uslubi taraq- qiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahli orasida yirik sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning o ‘zbek xonliklari madaniy hayotidagi о ‘m ini Abdulqodir M arog‘iyning Temuriylar zamonidagi aha- miyatiga tenglaydi. Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o‘xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiy si va ayni chog‘da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifa tida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o ‘z saroyining ko‘rki tariqasida e ’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529-yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir Hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish voqea ushbu davr tarixchisi Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asari va boshqa man balarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan biz- gacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan “Musiqa risolasi” va “0 ‘n ikki maqom haqida” asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va Hindistonda ijod qil gan ko‘pchilik musiqashunoslar o‘zlarini Kavkabiy maktabining davomchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani Darvesh Ali Changiy alohida mavqega ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xiz mat qilgan va ulaming har biriga atab mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o‘xshab, u turli ilm sohalarini o‘zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. 0 ‘z mav- qeyiga ko‘ra, Darvesh Alini islom Sharqining atoqli musiqashu- noslari silsilasining so‘nggi namoyandalaridan biri deyish mum kin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri “Risola-yi musiqiy” (“Musiqa risolasi”) mazkur ilmning an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlami ham o‘z ichiga oladi. Ushbu nuqtayi nazardan “Risola-yi musiqiy” nazariy hamda tari xiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevo- sita shu davlat hukmdorlariga bag‘ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqaviy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko‘zda tutish lozim. Boshqacha aytgan- da, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilmagan. XVII asr o‘rtalaridan kuchaygan diniy xurofot oqibatida dun- yoviy san’atlar, xususan, musiqaga bo‘lgan ehtiyoj ancha zaifla- sha boshladi. Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi Hindistonga hijrat qilishga majbur bo‘lganligi haqida tarixiy m a’lumotlar mavjud. Hindistonda o‘z vatanini qo‘msab g‘azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir. 1746-yilda Ashtarxoniylar o‘miga boshqa bir o‘zbek sulolasi, mang‘itlar Buxoro taxtiga o‘tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko‘ra mahalliy uslublar ustunroq chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doira- sida o ‘ziga xos yorqin jihatlarga ega bo‘lgan Buxoro Shashmaqo- mi qaror topa boshladi. Samarqand va Hirot madaniyatining bevosita merosxo‘ri bo‘l- gan Buxoro maqomchiligining yuksak an’analari izsiz yo‘qolib ketmadi. Ular musiqaning yangi navi bo‘lmish Shashmaqom asoslariga singa boshladi. “Shashmaqom” iborasi mumtoz mu- siqamizning yangi ko‘rinishining nomi sifatida bevosita sohaga oid manbalarda XIX asr o‘rtalaridan uchraydi. Minorai Kalon, betakror me’moriy yodgorliklari yoki hech bir narsaga qiyoslab bo‘lmaydigan zardo‘zlik san’atlari kabi Buxoro madaniyatining eng noyob durdonalari qatoridan o‘rin oladi. Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo‘lib xizmat qilgan sa- roy an’analarining rivoji ko‘p jihatdan bevosita hukmdorlar- ning soz san’atiga qiziqishi va e ’tiboriga bog‘liq bo‘lgan. Bu o‘rinda Buxoro taxtiga o‘tirgan so‘nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Amir Olimxonlaming sozparvarligini aytib o‘tish kerak. Ular homiyligida o‘ktam ijodkorlaming saroyga to‘planishi Buxoro Shashmaqomining benazir badiiy namuna sifatida ^ayqal topishiga olib keldi. A.Fitratning 30-yilda nashr etilgan “Amir Olim hukmronligi” kitobida Amiming shaxsiy hayotidan hikoya qiluvchi maxsus bob mavjud. Unda Olimxonning musiqiy qiziqishlari bema’ni maishat- bozlik etib ko‘rsatiladi. Vaholanki, Olimxon atrofida bo‘lgan hofiz va sozandalar- ning avlodlari hikoya etishicha, Amir she’riyat va, ayniqsa, mu- siqani chuqur idroklaydigan shaxs bo‘lgan. Shashmaqom mul- kini e ’zozlab, unda mavqega erishgan hofiz va cholg‘uchilarga doim izzat va ikrom bildirgan. Maqom an’analarini muqaddas bilib, nufiizli saroy hofizlari har qanday joyda ijro etib, mo‘tabar san’atning poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymagan. Shunga binoan saroy san’atkorlarining faoliyati qat’iy nazorat ostida bo‘lgan. Olimxonning o‘zi har seshanba maxsus sharoitda, juda tor muxlis- lar doirasida sevimli hofiz Levicha ijrosida Shashmaqom eshitib, zavqlanish odati bo‘lgan. Tartibga ko‘ra hofiz Levicha doka parda ortida tizza cho‘kib o‘z san’atini ijro etar ekan. Olimxonning 1885—1910-yillar mobaynida taxtda o‘tirgan ota- si Abdulahadxon o‘z davrining nufuzli shoiri va soz san’atining ixlosmandi bo‘lib tanilgan. Uning boshqaruvi davrida Buxoro amirligining iqtisodiy va madaniy rivoj lanishida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Abdulahadxonning “Ojiz” taxallusi bilan bitilgan devoni ham saqlanib kelinmoqda. “Armug‘oni sabboq” tazkirasida uning madaniy-ma’rifiy faoliyatiga yuqori baho beriladi: “Amir Said Abdulahadxon o‘qimishli, ma’rifatli, adabiyot va she’riyatni chuqur idroklaydigan hukmron edi. Uning zamonida ko‘p olim-u fozillar, shoirlar saroyga jalb qilindi. Umuman, uning hukmronlik davri mang‘itlar sulolasining yuksalish payti bo‘ldi”. 0 ‘z navbatida, Abdulahadxonning otasi Muzaffarxon (podsho- lik davri 1865-1885-yy.) ham o‘z saroyida musiqa bazmlarini tashkil qilishga katta e ’tibor bergan. Shashmaqomning eng buyuk ustozi deb e’tirof etilgan Ota Jalol saroy sozandasi sifatida faoli- yatini aynan Muzaffarxon davrida boshlagan. Aytishlaricha, Muzaffarxon malakali hofiz va cholg‘uchilar tayyorlash uchun maxsus Shashmaqom maktabi tashkil etgan. Zikr etilganlardan oldin o‘tgan hukmdorlar – Nasrulloxon, Amir Haydar, Amir Shohmurodlaming musiqaga munosabatlari haqida aniq m a’lumotlarga ega emasmiz. Faqat xalq orasida yur- gan rivoyatlardan biriga ko‘ra, o‘zining qat’iyati va qattiqqo‘lligi bilan tanilgan Amir Nasrullo “Elda shodlik oshib, din-u diyonatga e’tibor pasaymasin” – deya bazmlami ancha chegaralab qo‘ygan ekan. Shunda Buxoro shinavandalari jazoga mahkum bo‘lmasligi uchun mehmonxonalaming eshik va derazalariga namat yoki ko‘rpa tutib, hofiz hamda cholg‘uchilaming ovozini tashqariga chiqarmaslikka harakat qilar ekan. Bu amirlaming musiqaga mu- nosabati, umuman olganda ijobiy bo‘lmasa ham, ular atrofida nomi chiqqan Abdurahmonbegi Junaydiy va boshqa sozanda, shoirlar bo‘lganligi manbalarda tilga olinadi. XVI asrda Xorazm davlati qayta tiklangandan keyin 328 yil davomida Xiva taxti 49 xon ko‘rgan. Ular orasida bir hafta, uch kun, hattoki bir kun hukmronlik qilganlari ham bor. Ammo dav- latchilik, iqtisod va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib nom qoldirganlari ham o‘tgan. Xiva tarixining ana shunday nufuzli xon- lari qatorida taniqli olim, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” asarla- riningmuallifi Abulg‘oziy Bahodirxon (1642-1663), Sherg‘oziyxon (1713-1726), Muhammad Rahimxon I (1807-1826), Olloqulixon (1826-1843), Muhammad Aminxon (1845-1855), Sayyid Muham- madxon (1855-1864), Muqammad Rahimxon II (1864—1910)lami aytish mumkin. Nomlari zikr etilgan xonlaming deyarli barchasi ilmu m a’rifatga, she’riyat va musiqaga alohida qiziqish bildirgan. 1725-yilda Xivaga kelgan Rusiya elchisi Sherg‘ozixon hayotidan quyidagi- lami yozib qoldirgan: “Tanishganimizdan 7 kun o‘tgandan keyin, Ramazon oyining boshlanishiga bir kun qolganda, xonning taklifi bilan men uch kishi hamrohligida shahar tashqarisida joylashgan qarorgohga qabul etildik. Unda xon dargohida musiqa chalib o‘tirgan Xo‘ja ismli yordamchisi (xatib), yana ikki kishi hamda vazir Do‘stumbey hozir edilar. Biz birgalikda vaqt o‘tkazdik. Xon oldingisidan ham yaxshi kayfiyatda edi. Men ham o‘zimni uning ruhiyatiga mos tutishga, xushmuomala bo‘lishga intilardim”. Sherg‘ozixon hayotidan bu lavhani keltirishdan maqsad, mu siqa oliy mansabdagilar uchun nufuz va m a’naviy kamolotni bel- gilovchi omil sifatida ishlatilganligini ta ’kidlab o ‘tishdir. Xonlar, beklar, hukmron va ruhoniy tabaqalar orasida dutor, g‘ijjak yoki boshqa asboblami chaladigan, musiqaga chinakam ishqibozlik bildiradiganlar ko‘p bo‘lgan. Ulaming olimu fuzaiolar, shoiru sozandalar ishtirokida o‘tadigan nafis majlislari hunarmandlar va kosiblaming turmush tarziga, m a’naviy intilishlariga ta ’sir ko‘rsatdi. Natijada butun bir o‘lkaning nafosatli ziyofatlarida ta ’sirli so‘zlar, mazmundor she’rlar, kuy va ashulalardan zavq olish odat tusiga kirdi. Mulla Bekjon va Muhammad Yusuf ta’biridagi “ikkinchi davr” va undan keyingi xonlar zamoniga oid ma’lumotlami “Xorazm mu siqiy tarixchisi”ning o’zidan topish mumkin. Undan yana bir-ikki lavhani izohlab o‘taylik: – Muhammad Rahimxon I (1807-1826) zamonida mashhur musiqashunos xivalik Niyozjon Xo‘ja degan Buxoro o‘lkasiga borib burundan ma’lum bo‘lgan Shashmaqom yo‘llarini tanbur bilan o‘rganib Xivaga qaytgan ekan. Bu odam Xivaga kelgani bilan sozdagi iqtidor va mahorati Xorazm musiqa- shunoslarining diqqatlarini jalb qilgan. Shu Niyozjon X o‘jadan Mahsumjpn qozi, Usto Muhammadjon sandiqchi deganlar Shashmaqom yo‘llarini tamom o‘rganadilar. Mazkurlar o ‘rgangan nag‘malami havaskor shogirdlariga ta’lim qilmoqqa boshlab ko‘pgina tanburchi shogirdlar yetishtirdilar. Niyozjon X o‘janing shogirdi Muhammadjon sandiqchidan Ab- dusattor mahram o‘g‘li ta’lim oladi. Bu odam xalq va hukumat ichida sohib nufuz kishi bo‘lgani uchun Shashmaqom uslublari borgan sayin rivoj lana boshlagan. Muhammad Aminxon musiqaga shu darajada havasli bo‘lganki, yuqorida nomlari yozilgan musiqashunoslardan murakkab bazmi majlislar tashkil etishni xush ko‘rgan. Uning zamonida Abdusat- tor mahramdan Usto Xudoybergan etikchi, Usto Xudoybergan etikchidan esa Pahlavonniyoz Mirzoboshi Abdullo Mufti o‘g‘li (Komil Xorazmiy) Shashmaqom yo‘llarini butkul o‘zlashtiradi. Sayyid Muhammadxon 1855- (1272-hijriy)yili Qutlimurodxon o‘miga xonlik taxtiga o‘tirib, to‘qqiz yil xonlik qiladi. Uning za monida Xorazm o‘lkasida tinchlik-osoyishtalik hukmron4)o‘ladi. Natijada xalq va xonda musiqaga alohida ishtiyoq yuzaga keladi. Xonning o ‘zi dutor, g‘ijjak sozlarini chertmoqqa oshno bo‘lib, yuqoridagi musiqashunoslar bilan tez-tez soz va suhbat majlislari o‘tkazar edi. 1864- (1281-hijriy)yili Sayyid Muhammadxon o ‘miga kelgan Muhammad Rahimxon soniy musiqiy ilmga g ‘oyat havasli bo‘lib, musiqiy ishlami oldingi zamonalardan ko‘ra yanada yuksak dara jada rivojlanishiga da’vat etdi. Buning natijasida Xorazmda misl- siz bir musiqiy qayta uyg‘onish yuzaga keldiki, muhtasham saroy maqom an’analari (olti yarim maqom)ning rivoji davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarildi. Bundan tashqari el orasida azaldan urf etil gan mumtoz kuy va ashulalar, dutor maqomlari, doston yo‘llarini izchil taraqqiy etishiga katta rag‘bat ko‘rsatiladi. Natijada Xorazm oldingi sozparvar o‘lka shuhratini qayta tiklaydi. Xorazmda maqom san’atining yuksalishida uchta xon: Muham mad Aminxon, Sayyid Muhammadxon, Muhammad Rahimxon xizmatlarini alohida tilga olish kerak. Bu jarayonni to‘laroq tasav- vur qilish uchun mavzuga batafsilroq to‘xtalib, ayrim qo‘shimcha ma’lumotlami eslab o‘tish foydadan xoli emas. Xorazmning mumtoz ashulalari orasida Feruz I va Feruz II deb nom olgan benazir namunalar mavjud. Ular maqomlar doirasidan tashqarida tursa ham, salohiyati aslo kam emas. “Feruz’la r o‘zining tik avjlari va ulaming ijrosidagi qochirimlari bilan Xorazm uslu- bini belgilovehi asarlar hisoblanadi. Aytishlariga qaraganda, oldingi xonlar, xususan – “Muham mad Rahimxon birinchi hamda Olloqulixon zamonlarida “Feruz” ashulasi xalq og‘ziga tushib, ziyofatlaming ko‘rkiga aylanib ket- gan. Shunda o‘ktam va shijoatli Madaminxon ko‘nglida yangi bir “Feruz” paydo etish ishtiyoqi tug‘iladi va bu ish Xorazmning eng zabardast san’atkorlariga topshiriladi. Bastakoru hofizlar jam bo‘lib shunday yangi “Feruz” yaratibdiki, oldingisi “tillo uzuk” bo‘lsa, bunisi unga “gavhar qoshdek” yarashib tushibdi. Shunday qilib, bir-biridan go‘zal va afzal “Feruz”lar dunyoga kelibdi. “Us- tozlarimiz aytardi, Muhammad Aminxondan, Olloh rahmat qilsin, avlodlarga tengsiz bir Ko‘k minor va bir Femz qoldi” deya Bola baxshi gapirib bergan hikoyalarini O.Matyoqubov “Maqomat” k i-; tobida yozib o‘tganlar. Xiva madaniy hayoti, unda soz san’atiga bo‘lgan e ’tibor xorijiy olim va sayyohlar tomonidan ham e’tirof etiladi. Say- yid Muhammadxon saroyining madaniy muhitini kuzatgan A.Vamberi quyidagilami yozadi: – “Kechki ovqatdan keyin xon ashulachi, cholg‘uchi va qiziqchilar ishtirokida hordiq chiqarish- ga odatlangan. Xivada ashulachilar juda qadrli. Ulaming shuhrati faqat Turkistonda emas, balki butun Islom Sharqida m a’lum”. Muhammad Rahimxon II davri Xorazmda adabiyot, san’at, xusu- san, musiqa sohasida sezilarli yutuqlaming qo‘lga kiritilishi bilan e’tiborga loyiq. Bunday uyg‘onish jarayoniga rahnamolik qilgan xonning shaxsiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammad Rahimxonning o‘zi turli sohalarda ilm olgan, iste’dodli shoir hamda soz san’atining otashin muxlisi sifatida gavdalanadi. U “Feruz” taxallusi bilan ajoyib she’rlar yozib devon tuzgan, du tor va tanbur chalishni, mumtoz kuylami va maqom yo‘llarini chuqur mutolaa etish ilmini o‘zlashtirgan. Adabiyot borasida Feruzning piru ustozi, zamonasining eng yetuk shoiri va allomasi Muhammad Rizo Ogahiy, musiqiy taraf- dan rahnamolik qiluvchilari Komil Xorazmiy va uning o ‘g ‘li Muhammad Rasul Mirzaboshilar bo‘lgan. U ko‘plab kuylar ijod etgan va umrining osuda damlarini soz va suhbat muhitida o‘tkazishga intilgan. Musiqa va she’riyat kechalarini o‘tkazish Feruzning doimiy odatiga aylandi. Bunday nafis bazmlar qurish, sozanda va shoir lar nazmidan bahra olish butun Xorazm vohasining o‘ziga xos manzarasiga edi. Maqom san’atining rivoj ini izchil yo‘lga qo‘yish uchun Feruzning bevosita nazorati ostida saroy sozandalari gu- ruhi tuzilgan. Bu ishga layoqati yetadigan hofiz va cholg‘uchilar jalb etilib, ularga maxsus maosh tayinlangan. Sozandalaming mashg’ulotlari saroyda maxsus ajratilgan joyda va muntazam ravishda o‘tkazilgan. Ulaming ishini nazorat qiladigan rahbarlar bo‘lgan. Malakali sozandalar safini doim to‘ldirib borish maqsadida eng obro‘li ustozlarga shogirdlar tayyorlash vazifasi yuklan- gan. “Ustoz-shogird” maktabi uzoq muddat davomida raqs, mu siqa va she’riyat asoslarini o‘rganishga imkon ochgan. XIX asming 70-yiIlarida bevosita Feruz rahnamoligida Xorazm maqomlarini xatga tushirish uchun maxsus nota yozuvi ustida katta ijodiy izlanishlar olib borilgan. Bu ishni amalga oshirishni Feruz Xivaning eng peshqadam shoir, olim va musiqashunos- laridan biri Polvonniyoz Mirzaboshi (adabiy taxallusi Komil Xorazmiy)ga topshiradi. U Rost maqomidan bir-ikki kuylami ko‘rsatib bergan yozuvdan o‘g ‘li Muhammad Rasul Mirzaboshi boshchiligida Xorazm maqomlarini to ‘la notalashtirish amalga oshiriladi. Bu yozuv sozandalar orasida “Tanbur chizig‘i”, il miy manbalarda “Xorazm tanbur notasi” va “Xorazm tabula- turasi” nomlari bilan yuritiladi. Xulosa Darvishali Chang’iy (toʻla ismi: Darvish Aliyi Changiy al-Xoqoniy ibn Mirzo Ali Changiy ibn Abdulali Qonuniy ibn Xoʻja Abdullo Muhammad Marvarid; 16-asr, Hirot — 17-asrning 20-y.lari, Buxoro) — musiqashunos, bastakor, sozanda, hofiz va shoir. Yoshligidan musiqaga qiziqib, Xojagiy Jaʼfar Qonuniy, Ali Doʻst Noyi, Amir Masti Qobuziy, Xasan Kavkabiylardan taʼlim olgan. Movarounnaxr va Xuroson madaniy markazlari (Buxoro, Balx, Andijon, Kesh, Samarqand kabi shaharlar)da yashab ijod qilgan. Sheʼrlarini Changiy taxallusi bilan yozgan. Bir qancha qasida, gʻazal, ruboiylari va "Risolai musikiy" asarlari bizgacha yetib kelgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. V.Belyayev "Muzikalniye instrumenti Uzbekistana"; Moscow 1933 yil; 2. Abu Abdulloh Xorazmiy "Mafotih al-ulum" (A.Nazarov tarjimasi); Toshkent; 3. Abu Ali ibn Sino "Musiqa haqida risola"; N.Shodmonov tarjimasi; Toshkent; 4. O'.Toshmatov "Cholg'ushunoslik" Toshkent 2004 yil. 5. M.Abdukarimov "Cholg'shunoslik" Nasaf nashriyoti 2006 yil. Download 42.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling