Darvoqye, yozuvchi yaratgan qahramonlar o’zligini topib, mustaqil, obyektiv yashar ekan, ular hayoti davomida qanday ishlar qilmasin, qanday azobu, zavqu-shavqlarga berilmasin, bu o’sha hayotning


Download 91.5 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1296466
1   2   3
Bog'liq
Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik

Birinchidan, yozuvchi insonlarni “predmetlarni qanday bo’lsa, shunday, o’z shaxsidan ajratib” (V.G.Belinskiy) ko’radi. Tasvirlanayotgan voqyeadan, yaratayotgan qahramondan ustun turib faqat hayotni butun haqiqati bilan xolis ko’rsatadi.
Ikkinchidan, yozuvchi tasvirlanayotgan obrazlarning, predmetlarning mohiyatiga, “ichiga kirib ketadi va ularning hayoti bilan yashaydi” (V.G.Belinskiy). Yozuvchi qahramonlarining quvonch va iztiroblariga sherik bo’ladi, ular hayotida yuz beradigan kechinma va hodisalarni o’z qalbida, o’z tanasida sodir bo’layotgan kechinma va hodisadek qabul qiladi.
Ana  shu qarama-qarshilik dialektik bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi.
Lekin, buning zururiy va hamma realistlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyati bor: Real hayotga va o’zi qayta yaratgan olamga bo’lgan ehtirosli, ichki aloqasi, estetik o’lchovi, simpatiya va antipatiyasi yashiringan bo’lishi va u asarning umumiy ruhiga singigan bo’lishi shart. Kitobxon faqat hayotning obyektiv tasvirini ko’rsinu, asarning umumiy ruhiga yozuvchi tomonidan zarblangan, muhrlangan hissiyotni o’zi boshidan kechirsin, fikr-xulosani o’zi chiqarsin.
Shuning uchun ham yozuvchini quyoshga qiyos qilishda hikmat bor. Quyosh yer yuzidagi o’simlik va mavjudotlarga bir xilda nurini, issig’ini sochadi. U o’simliklarni har xil gullari va hosiliga, shaklu shamoyili va mazmuniga, zaharliyu foydaliliga qarab ajratmaganidek, yozuvchi odamlarni ham millati va mansabiga, yaxshiligi va yomonligiga, sho’x va buzuqligiga, chiroyli va xunukligiga qarab ajratmaydi. Ularning o’z ichki qonuniyatlariga mos rivojini ta’minlaydi. Yozuvchi ham o’z qahramonlarini ularning ichki qonuniyatlariga mos rivojlantirish va bunga qalb haroratini ayamasdan sarflashi kerak. Qahramonlar yaratuvchisi (yozuvchi)ning ko’rsatmasi asosida yashashi mumkin emas, yaratuvchi (yozuvchi) ham, o’z navbatida, ulardagi ichki kuchni uyg’otishi va uyg’ongan, harakatga kirgan ana shu kuchning o’ziga xos rivojiga “to’siq” bo’lmasligi, aralashmasligi lozim.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling