Darvoqye, yozuvchi yaratgan qahramonlar o’zligini topib, mustaqil, obyektiv yashar ekan, ular hayoti davomida qanday ishlar qilmasin, qanday azobu, zavqu-shavqlarga berilmasin, bu o’sha hayotning


Download 91.5 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1296466
  1   2   3
Bog'liq
Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik




Abdulla Qodiriyning
asarlarida notiqlik milliy muomala masalalari
Reja:
1. Abdulla Qodiriyning “ O’tgan kunlar ” romanidagi milliy muomala sana’ti

2. Notiqlik san’atining madanyati, Otabek va Kumush obrazlarida aks etishi.


3. Abdulla Qodiriyning “ O’tgan kunlar ” romanidagi so’z san’atining inson hayotidagi o’rni.



Yozuvchi yaratgan qahramonlar o’zligini topib, mustaqil, obyektiv yashar ekan, ular hayoti davomida qanday ishlar qilmasin, qanday azobu, zavqu-shavqlarga berilmasin, bu o’sha hayotning, o’sha qahramonlar xarakteri mantiqining ishidir. Bunga yozuvchining hyech qanday dahli yo’q, u bu harakatlarni oqlovchi yoki qoralovchi prokuror ham emas, balki, bo’layotgan voqyea-hodisalarning xolis yaratuvchisi (tasvirlovchisi)dir.


Shuning uchun ham “O’tgan kunlar”da deyarli (agar kitobxonlar bilan yozuvchining ochiq munosabatga kirishganini hisobga olmasak) A.Qodiriyning o’zini ko’rmaymiz. U tasvirlayotgan obrazlari, voqyealari ortiga yashirinadi va o’tgan asrni xuddi ko’z o’ngimizda yuz berayotgan hayotdek jonlantiradi.
Mana, Otabek Kumushning zaharlanganligini tabibdan eshitdi...
“-  Zaharni kim berdi?
Nima deyishga ham hayron tabib:
- Men... Men... O’zingiz o’ylab ko’ring-chi... Men darrov dori yuboray, darrov ichiring, tuzukmi? – dedi.
- Bildim, bildim! – dedi bechora Otabek. – Zaynab, Zaynab. Zaynab... Iflos! Yuboring, yuboring, darrov yuboring!
Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib, Kumushning boshiga keldi, yuzini ochib manglayini bosdi va o’pdi...
Kumush ko’zini ochib kuch bilan so’l qo’lini erining yelkasiga tashladi... Qo’lida chaqaloq bilan O’zbek oyim kirdi.
- Zaynabni chaqir, Zaynabni!!
O’zbek oyim tabib so’zidan xabardor edi:
- Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqargan edi. Otabek Kumushni qo’yib yerdagi atalani oldi:
Ich muni, ich, jalab!
Zaynab orqasiga tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilan belandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko’rindi.
Ket, iflos, ket! Taloqsan, taloq!
“Taloq” so’zini eshitgan Kumushning ko’zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hoji voqyeani tabibdan eshitgan, shuning uchun hozirgi fojea sahnasida ajablanib turmadi.
Chiq, Zaynab, chiq, - dedi u ham. – La’nat sendek xotinga!
Zaynab chetlanib uydan chiqdi...”
Ushbu lavhadan ham ko’rinayaptiki, A.Qodiriy bu fojiaga o’zining hyech qanday munosabatini ochiqdan-ochiq bildirmaydi. Faqat bir yerda o’zini tuta bilmaydi va Otabekning holatiga achinganidan “Bechora Otabek” deydi. Holbuki, uning “bechora” ekanligini aytmasligi, uning boshiga tushgan alam va kulfatlarning tasviri orqali kitobxonning unga bo’lgan achinishi hissini uyg’otishi kerak. Kitobxonning o’zi “Bechora Otabek” desin. Bu hissiyot kitobni o’qish jarayonida tug’iladi, shunday ekan, yozuvchining buni ta’kidlashi-kitobning emosional ta’siriga hyech narsa qo’shmaydi, balki kitobxonning ijodiy faoliyatini ma’lum darajada susaytiradi. Shu sababli, A.P.Chexov yozganidek, avtor qahramonni sevsin, lekin buni ovoz chiqarib aytmasin. Ana  shundagina, ya’ni kechinma qanchalik obyektiv bo’lsa, u shunchalik ta’sirli chiqadi. Kumushni oqlab, Zaynabni qoralamaydi ham. Yozuvchi uchun azob ham, uqubat ham yo’q.

U juda loqaydlik bilan o’tmish hayotda yuz berayotgan real hodisaning manzarasini yaratadi, xolos. O’zi ko’zga tashlanmaydi, qahramonlar ortiga bekinadi.


Lekin, bundan tasvirlangan fojeaga Qodiriyning hyech qanday aloqasi yo’q, u azob hissini ham, fojeaga munosabatni ham bilmaydi degan qat’iy tushunchaga kelmaslik kerak.
Chunki, “Badiiy asarning butunligi g’oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlanganligi kabilardan iborat emas, balki, butun asarga  singdirilgan avtorning voqyelikka bo’lgan o’z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir”2.
U bu fojeaning ijodkori ekan, albatta, bu fojeaning butun dahshatini, og’ir azobini tasavvuri orqali o’z boshidan kechirganligini, his qilganligini bilamiz. Biroq bu yashiringan, fojeaning ortidadir.
A.Qodiriy har qanday tushuntirishlardan qochib, bu vazifani qahramonlarning o’ziga yuklaydi. Ularning bir-biriga munosabatlarini va kechinmalarini jonlantirish orqali bu fojeaga o’zining munosabatini yashirin ifodalaydi.
Otabek Kumushning Zaynab tomonidan zaharlanganligini bilgandan so’ng, telba holatiga tushadi, ko’ziga hyech narsa ko’rinmaydi. G’azab va nafrat otiga minadi. Ardoqlab o’stirgan onasiga juda hurmati, izzati baland bo’lishiga qaramay, uni sensirashga boradi. Zaynabni eng qo’pol so’zlar bilan haqoratlaydi. Undan nafratlanadi va unga “Taloq” e’lon qiladi.
Yusufbek hoji voqyeani tabibdan eshitgach, u ajablanmay Zaynabni la’natlaydi. Kumush holatini ko’rib, o’zini to’xtata olmasdan yig’laydi.
Kumush qanchalik azob tortayotgan bo’lmasin, Zaynabga e’lon qilingan “Taloq”ni eshitarkan, ko’zi yarq etib ochiladi.

Tusi murdadek oqargan Zaynab haqoratlanar, zaharli atalaga belanar, “Taloq”ni eshitar, haydalar ekan, biror kishiga so’z qotishga qurbi yetmaydi, o’z harakatlarini baholay bilmaydi...


Ana shu qahramonlarning bir-biriga munosabatlarini ifodalash orqali Zaynabga nisbatan o’zidagi nafrat hissini, Kumush, Otabekka... nisbatan muhabbat hissini uyg’otadi. Bu aynan shunday tarzda kitobxonga ham “yuqadi”.
Demak, A.Qahhor yozganidek, “Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan  isbot qilib xulosa chiqarmaydi, uning yaxshi yoki yomon ekanligini ko’rsatib, kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tug’diradi”.
“Yozuvchi o’zi his qilmagan narsa to’g’risida yozsa, buni o’qigan o’quvchi ham hyech narsani his qilolmaydi. Demak, kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart...”.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelamiz:

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling