Darvoqye, yozuvchi yaratgan qahramonlar o’zligini topib, mustaqil, obyektiv yashar ekan, ular hayoti davomida qanday ishlar qilmasin, qanday azobu, zavqu-shavqlarga berilmasin, bu o’sha hayotning


Asarda yozuvchi ko’rinmasin, faqat o’zining bevosita harakati bilan, tabiiy rivoji bilan, o’zining turli-tuman ranglari bilan hayot ko’rinsin


Download 91.5 Kb.
bet3/3
Sana26.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1296466
1   2   3
Bog'liq
Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik

Asarda yozuvchi ko’rinmasin, faqat o’zining bevosita harakati bilan, tabiiy rivoji bilan, o’zining turli-tuman ranglari bilan hayot ko’rinsin.

Hayot obyektiv tasvirini topgandagina kitobxon yozuvchini unutadi, u asarni o’qish jarayonida, to’g’rirog’i o’qib bo’lgach, obrazlar sistemasidan, tanlangan voqyealardan, voqyea-hodisalarning mantiqidan, personajlar iroda yo’nalishining yoritilishidan yozuvchining o’zligini topadi. Kitobxon ko’z o’ngida sodir bo’layotgan hayotni ko’rar (o’qish jarayonida shu hayotni tasavvurida jonlantirar) ekan, bu hayot haqida o’zi xulosaga keladi, unda ko’tarilgan masalalarni o’zi yechadi, personajlarga bo’lgan munosabatini o’zi tayin etadi, asardagi yaxshi yoki yomonni o’zi ajratadi.


Agar asardagi o’z-o’zidan rivojlanuvchi hayotga yozuvchi aralashsa, o’z nomidan tushuntirishlar bera boshlasa, ichki sabab natijasida “mustaqil” harakat qiluvchi bu hayotning kitobxonga ta’siri juda pasayib ketadi. Chunki,biz obraz hatti-harakati, psixologiyasini ko’rmasdan, avtorning o’zini, uning munosabatini ko’ramizki, bu salbiy reaksiya uyg’otadi, badiiy asar ma’lum darajada tarixiy-adabiy xarakterdagi hujjatga yoki qahramon haqidagi quruq axborotga o’xshab qoladi. Bunday paytda hayot haqida hayotning o’zi, personaj haqida personajning o’zi gapirmaydi. U muayyan darajada bilimimizni boyitadi, qahramon hatti-harakatlari va holatlarini, taqdirini tushunishimizga yordam beradi, lekin hyech qanday estetik tuyg’u uyg’otmaydi.
“O’tgan kunlar” romanida Kumush vafotidan so’nggi voqyealarni tasvirlash borasida yozuvchi Zaynab taqdiri haqida yozadi:
“Kumushning yaqinlarigina emas, balki fojeadan xabardor bo’lgan shaharning katta-kichigi Zaynabga beriladigan jazoni erta-kech kutmoqda edilar.
Biroq, fojeaning o’ninchi kunlarida Zaynabning jinni bo’lib, ochiq ko’yi ko’chada yurgan xabari va og’asi tomonidan ushlanib kishanga solingan mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblar tarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko’tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozib ko’chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o’zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi”1.
Ushbu axborot – o’z kundoshini zaharlagan Zaynabning taqdiri, fojiasi haqida kitobxonga ma’lumot bersa-da, lekin, uning asarga  bo’lgan maftunkorligi hissini yo’qqa chiqaradi. Avtorning o’z qahramoni taqdiriga bevosita singishib ketmasdan,  aralashuvi (“Darhaqiqat, aqldan ozib ko’chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o’zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi, - deb Zaynabga o’z munosabatini ochiq bildirishi) Zaynabning o’z taqdiri haqida o’zi gapirishiga imkon bermagan. Natijada, kitobxonning bu xabardan ko’ngli to’lmaydi, Zaynabga bo’lgan qiziqish hissi qoniqmaydi.
Buni A.Qodiriy ham sezadi. Asarning “Xotima”sida Zaynab ichki dunyosining, xarakter mantiqining rivojini to’g’ri belgilaydi. Zaynab o’z hayoti bilan yashaydi, o’zining qanday holga tushganligini o’zi fosh etadi. A.Qodiriy o’zini Zaynab obrazidan tamoman ajratadi, chetdan, uzoqroqdan turib razm soladi. Obraz va avtor obyektivlashadi:
“...Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan qur’on tovushi eshitilar edi. Ikki tup chinor butoqlarida qo’nib o’tirgan uch-to’rtta boyqushlar, qabr yoniga tizlangan Otabek va yuqori, quyi do’mbaygan qabrlar bu tilovotga somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichida og’ir ohangda oqar edi.

Qabr yoniga tiz cho’kkan yigitning ko’z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo’shilib oqar edi. Biror soatdan keyin tilovot to’xtaldi. Otabek holsizlanib oyoq uzra turdi va orqasidagi yarim yalang’och ko’lagani ko’rib, bir necha qadam qabr tomonga tislandi...


Ko’laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi...
Kim bu?
Men Kumush!..
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.
Ket mundan!
- Men Kumush!.. – dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi “ket!” amrini bergan edi. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yoniga tiz cho’kdi..





Bugun, bir necha yildan keyin, «O’tgan kunlar»ni qayta qo‘lga oldim.
Endi, yozuvchilik «sirlari»ni ozmi-ko‘pmi o‘rganganimdan keyin, romanning butun realistik kuchi va kishini rom qiluvchi go‘zalligi ham, xarakterlarning betakror milliy koloriti ham, shu bilan birga realistik uslubda yozilgan va bugungi kitobxon uchun sun’iydek tuyuladigan ayrim sahifalar ham ko‘zimga tashlanadi.
Masalan, hayotda ko‘p narsani ko‘rib chiniqqan, tajriba orttirgan Otabekday yigitning xuddi yosh bir o‘spirinday Kumushga oshiq bo‘lganini hammadan yashirib, kechalari to‘lg‘anib chiqishlari, ayniqsa oddiy xizmatkor Hasanali undan yashiriqcha sovchiga borishlari, nihoyat bu sirlardan bexabar Kumushning nikoh kechasi: «Siz o‘shami?» deb «kutilmagan baxt»ga muyassar bo‘lishi... buning hammasi kitobxonga asarning ta’sir kuchini oshirish uchun, «effekt» uchun qilingan, ya’ni, boshqacha qilib aytganda — «yasalgandek tuyuladi». Nazarimda, romanning «Hukmnoma» bobi, Kumush jallod qo‘liga topshirilgan Otabek bilan Qutidorni xat vositasi bilan dor tagidan qaytarib, qutqarib qolishi ham ertaklardagi voqealarga o‘xshab ketadi.


Lekin qiziq: romanni dastlab o‘qigan o‘n olti-o‘n yetti yoshimdaku, bu narsalarni bilmas edim, biroq nega hozir, yozuvchilik «sirlari»ni oz-moz bilganim holda, sun’iylikni sezganim holda «O’tgan kunlar» hanuz meni hayajonga soladi, cheksiz zavq beradi, titratadi?..
Kitobni ochaman. «Jodugar hindi» degan bobni o‘qiy boshlayman. O’zbek oyimning g‘alati gaplari, Hasanaliga chovut qilishlari, Kumushning hiylakorliklari haqidagi ta’nalarini o‘qib, qotib-qotib kulaman, kulamanu to‘satdan bu xotin menga juda tanish ekanini his etaman. Men bu xotinni — bir mahalning o‘zida ham mehribon, ham shafqatsiz, bir qarashda juda o‘ktam bo‘lsa-da, aslida nihoyatda sofdil, «dumbul tabiat» bu ayolni bolaligimdan beri taniyman.
Men uni har bir qishloqda, har bir mahallada ko‘rganman. Har bir mahalla, har bir qishloqning o‘z O’zbek oyimi bor, yozuvchi aytganday, bularsiz na to‘y o‘tadi, na aza! Hatto erkaklar ham ularning maslahatisiz ish qilishmaydi!
Mening uchun O’zbek oyim «O’tgan kunlar»dagi eng hayotiy, eng jonli, eng mukammal obrazlardan biri! Bu obraz Abdulla Qodiriyning ulkan realist yozuvchi ekanligidan dalolat beradi. Romanga nihoyatda hayotiy bir ruh kiritadi.
Garchi, epizodik bo‘lsa-da, Azizbek, Musulmonqul cho‘loq va Xushro‘ybibi to‘g‘risida ham xuddi shu gapni aytish mumkin. Romanda bu obrazlar bo‘lmasin-chi yoki ular sal boshqacharoq, mayinroq bo‘yoqlar bilan chizilgan bo‘lsin-chi, Otabek — Kumush fojiasi ehtimol oddiy melodramatik bir voqeaga aylanib qolardi!.
«O’tgan kunlar»ning «Qudalarni kutib olish» bobida shunday bir jumla bor: «Kumush salom berdi va qo‘lidagi paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o‘zini O’zbek oyimning quchog‘iga otdi. O’zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olgan, yuzidan shap-shap o‘pib, aylanib, o‘rgilar va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi...»
Garchi yozuvchi bu o‘rinda «nima uchundir» so‘zini ishlatsa ham, kitobxon O’zbek oyimning «nima uchun yig‘lashini» juda yaxshi tushunadi.
O’zbek oyimday sodda va sofdil ayol Kumushning go‘zalligini, uning bo‘lakcha jozibasini, tortinchoq, uyatchan tabassumini ko‘rganida o‘zining nohaqligini, unga nisbatan qilgan adolatsizliklarini, uni baxtsiz qilib qo‘yganini tushunmasligi mumkin emas edi. O’zbek oyim, soddadil ayollarga xos bir sezgirlik bilan buni tushungan va o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, ko‘z yoshi to‘kar va bu bilan Kumushdan kechirim so‘rar edi...


Bir kitobxon sifatida buni men ham sezaman va beixtiyor ko‘zimga yosh olaman... Yozuvchining mahorati deb, o‘z qahramonining dilini bilishi deb — mana buni aytadiladi.
Odatda, Kumushning o‘limi to‘g‘risida, to‘g‘rirog‘i kitobxon buni seza boshlashi haqida gap ketganda Zaynab bilan Xushro‘ybibining suhbatini, ba’zan Otabekning tushini eslaydilar. Lekin men bu fojiani Kumushning Toshkentta kelishi tasvirlangan sahifalardanoq his etaman.
Bu sahifalarni — romanning eng tiniq, eng ajoyib joylari desa bo‘ladi. Qudalarning kutib olinishi, yana to‘g‘rirog‘i Yusufbek hojining O’zbek oyim va Otabek bilan, Otabekning esa Zaynab bilan suhbati, so‘ng qudalar ziyofati, Otabek bilan Kumushning yashirincha uchrashuvi,
Kumushning so‘z o‘yinlari, yolg‘iz qolgan ikki kundoshning achchiq kinoyalarga to‘la so‘zlashuvi, nihoyat, Oftob oyim bilan Kumushning vidolashuv kechalari shunday zo‘r realistik bo‘yoqlar bilan chizilganki, siz har bir odamni ko‘rib turasiz, go‘yo bu suhbatlarda ishtirok etasiz, dam kulasiz, dam achinasiz, dam ma’yus tuyg‘ularga cho‘masiz. Ayni zamonda, har bir qahramonning dard-hasratini, o‘ylarini, ular sizga o‘xshagan oddiy odamlar ekanini chuqurroq tushunasiz.
Bu sahifalar faqat ulug‘ youvchilargagina muyassar bo‘ladigan bo‘lakcha bir kuch bilan yozilgan, qandaydir kuz oftobiday tiniq va iliq nurga yo‘g‘rilgan. Lekin kuz qanchalik iliq bo‘lmasin, kelayotgan qishning daragi sezilganday bu sahifalarda ham bo‘lajak fojianing sovuq nafasi sezilib turadi. Garchand yozuvchi kelajakda ro‘y beradigan fojia haqida bir og‘iz bir nima demasa-da, siz buni negadir sezasiz, xuddi inson o‘zini kutayotgan baxt va baxtsizlikni oldindan sezganidek, yomon bir narsalar ro‘y berishini oldindan his qilasiz. Shuning uchun ham bu sahifalar sizni tiniq va hazin kuyday titratadi. Siz ba’zan kulasiz, ba’zan jilmayasiz, lekin yuragingizni chulg‘ab olgan g‘amgin tuyg‘udan qutulolmaysiz.
Men o‘z boshimdan kechirgan arzimas tajribamdan bilaman: kitobxonni bu kuylarga solish, bo‘lg‘uvsi bo‘ronlarning sovuq nafasini oldindan bildirish uncha-muncha talantga muyassar bo‘lavermaydi!.
Yuqorida men Otabek bilan Kumushning ilk uchrashuvi sal sun’iyroq tuyuladi degan edim. Lekin mana, ko‘p yillik ayriliq, hijron dog‘lari va visol orzusida o‘tgan mash’um yillardan keyin ular yana uchrashadilar...


O’rtacha yozuvchining qalami ostida melodramatik sahnaga aylanishi mumkin bo‘lgan bu lavha shunday nozik bir did, shunday shafqatsiz realistik bo‘yoqlar bilan tasvir qilinganki, men bu epizodni romanning eng zo‘r joylaridan biri deb hisoblayman!
Mana, o‘sha uchrashuv, yana o‘sha ikki suyushgan qalb, lekin bu safar ilk muhabbatning totli nafasiga mast bo‘lib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygan ikki yosh emas, balki hayot sinovlarida chiniqqan, ko‘p bo‘ron va dovullardan o‘tib, o‘zlarini tutib olgan ikki oqil odam uchrashadi!
«...Otabek kavushini dahlizga yechdi-da, uy bo‘yicha bir-ikki qayta yurindi va entikib nafas oldi. Shu vaqt taxmonga osilgan kirpo‘sh o‘z-o‘zidan qimirlagandek bo‘ldi. Bu qimirlashni Otabek payqamadi. Haligi qimirlagan kirpo‘sh birdan ochilib ketib Otabek cho‘chidi... Birov taxmondan unga qarab kulimsirar edi...
Otabek titrar edi. Bir ozdan keyin ikkisi ham o‘zlarini birmuncha to‘xtatdilar-da, bir-birlariga tomon yurishib keldilar va so‘zsizgina quchoqlashdilar...»
Qarang: qahramonlar na oh-voh chekishadi, na uch yillik azob-uqubatlarini eslab ko‘z yoshi to‘kishadi, na bir-biridan o‘pkalashadi!


Rost, Kumush ko‘ziga yosh oladi, lekin bu — kulgi aralash to‘kilgan yosh edi. So‘ng... qandaydir ma’yus bir nurga yo‘g‘rilgan qochiriqlar, hazil-mutoyibalar boshlanadi:
«— Siz... qochqoqsiz! — dedi Kumush.
— Siz...
— Men?
— Siz quvloqsiz!
— Ajab qilaman! — dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib qo‘ydi.
— Bu yoqqa ham...
— U yoqqa Zaynab ursin!
— Zaynabning... urishga haqqi yo‘q! Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rilmagan bir shodlik o‘ynadi.
— To‘g‘ri aytasizmi?
— To‘g‘ri aytaman!
— Mana bo‘lmasa! — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini ham silagandek qilib qo‘ydi. Yana kulimsirashib, termilishib qoldilar...»
Bu ma’yus va yorug‘ kulimsirashlarida, nozik qochiriqlarda aytilmagan, aytilishning hojati ham bo‘lmagan qancha-qancha dardu alam, mehru oqibat, sog‘ingan yuraklarning talpinishi, harorati, hayajoni, nidosi bor!..
«Yozuvchi bu lavhada nozik did va me’yorni biror joyda ham yo‘qotmaydi, butun bir sahnada bitta ham ortiqcha so‘z yo‘q.
«Kumush yana bir kulib qaragandan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zini bosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomonga oshiqishgina edi».
Yozuvchi uchun bunday nozik joydan «eson-omon o‘tib olish» — qil ko‘prikdan o‘tib olishday gap!
Har bir yozuvchi yaxshi biladi: ko‘p kishilar ishtirok etadigan sahnalarni yozish, ayniqsa qiyin bo‘ladi. Ehtimol, shuning uchundir, har safar romanning «Qudalarni kutib olish» degan, ayniqsa «Zimdan adovat» degan sahifalarini o‘qiganimda yozuvchiga tahsin aytaman.
Bu sahifalarda qatnashgan to‘qqiz xotinning birortasi ham «soyada» qolmaydi, ularning har biri kitobxonning ko‘z oldida turadi. Bu sahnada O’zbek oyimning soddaligi va dumbulligi, Oftob oyimning bosiqligi va oqilligi, Kumushning uyatchanligi va samimiyligi, Zaynabning hasadgo‘yligi, Xushro‘ybibining zolimligi va mug‘ambirligi, quda tomonlarning adovati, hammasi shundoq «lo‘p» etib ko‘rinadi.
O’zbek ayollarining o‘ziga xos viqor va soddaliklari, izzat-ikromlari, ajoyib so‘z o‘yinlari, nozik qochiriqlari, kosa tagiga nim kosa yasharib gapirishlari-chi?


Yozuvchi bu bobda mohir shaxmatchiga o‘xshaydi, shatranjning birorta donasi ham «chetda» qolmaydi, uning qo‘l ostida hammasi o‘ynaydi, ayni zamonda bu o‘yin ichki bir dramatizmga to‘la. Shu bobda biz kundosh bilan uchrashgan Kumushning iztiroblarinigina emas, birinchi marta Zaynab ham tirik jon ekanini, u ham chuqur kechinmalarga qodir ekanini chuqurroq his qilamiz.
Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling