Daryo gidrouzellaridan foydalanish” fanidan 9-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Past bosimli suv olish gidrouzeliga daryo suv keltiruvchi va suv olib ketuvchi o‘zanlar hamda ularni chegaralovchi ko‘tarmalarning asosiy o‘lchamlarini aniqlash”
Download 150 Kb.
|
9- амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki ma’lumotlar 8- amaliy mashg‘uloti bo‘yicha o‘zining varianti dastlabki ma’lumotlari va unga tegishli hisoblari natijalaridan olinadi. Hisob tartibi
“Daryo gidrouzellaridan foydalanish” fanidan 9-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Past bosimli suv olish gidrouzeliga daryo suv keltiruvchi va suv olib ketuvchi o‘zanlar hamda ularni chegaralovchi ko‘tarmalarning asosiy o‘lchamlarini aniqlash” 9-amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun tarqatma material Dastlabki ma’lumotlar 8- amaliy mashg‘uloti bo‘yicha o‘zining varianti dastlabki ma’lumotlari va unga tegishli hisoblari natijalaridan olinadi. Hisob tartibi Quyidagi formulasi bo‘yicha yuqori befdagi suv sathi yuzasi turg‘un kengligini aniqlash Bt' =A·(Qshakl)0,5 / Iu0,2 Bunda A – S.T. Altunin taklif etilgan koeffitsienti, u quyidagi formulasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin A= 1/(Vf)0,5 Bunda Vf –daryo o‘zanni tashkil etadigan grunti uchun harakat etadigan suv oqimi 1 m chuqurligidagi cho‘kindilar maksimal diametriga muvofiq bo‘lgan yuvilmaydigan kritik tezligi. U quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilinadi
Qshakl – daryo o‘zanni shakllantiruvchi suv sarfi, Iu – rostlangan o‘zanining nishabligi Agarda suv oqimi chuqurligi N > 2,5 m Iu = 0,00192·(Vf)3 / (Qshakl)0,33 Daryo gidrouzeli yuqori befdagi normal dimlangan suv sathi belgi (otmetka)si ↓NDS >↓k.s.s + 0,3m Daryo gidrouzeli yuqori befdagi maksimal dimlangan suv sathi belgi (otmetka)si ↓MDS =↓NDS + (1...1,5)m Rostlangan o‘zanni tubidan kengligini aniqlash Vt= Bt' - 2·mdaryo· NNDS Bunda NNDS - gidrouzel yuqori befining ↓NDS suv sathiga muvofiq suv oqimining chuqurligi NNDS=↓NDS - ↓d.t. Quyidagi formulasi bo‘yicha suv oqimini suv olish gidrouzeliga keltiruvchi sun’iy o‘zanning uzunligini aniqlash Lkel = (5…6) Bt' Quyidagi formulasi bo‘yicha suv oqimini suv olish gidrouzeldan olib ketuvchi sun’iy o‘zanning uzunligini aniqlash Lket = (3…4) Bt' Gidrouzel joylashgan o‘zanining yer topografiyasi planida suv oqimini suv olish gidrouzeliga keltiruvchi va suv oqimini suv olish gidrouzeldan olib ketuvchi rostlangan sun’iy o‘zanlarni ko‘rsatish Rostlangan sun’iy o‘zanlar kengligini chegaralovchi ko‘tarmalar va qirg‘oqlarni plandagi burilish radiuslar kerakli o‘lchamlari qo‘yidagi 1 – va 2-rasmlarda ko‘rsatilgan. 1-rasm. Gidrouzel joylashgan o‘zani yer topografiyasi planida yon tomonli past bosimli suv olish gidrouzeliga suv oqimini keltiruvchi va ushbu gidrouzeldan suv oqimini olib ketuvchi rostlangan sun’iy o‘zanlar chizilishi sxemasi. 2-rasm. Gidrouzel joylashgan o‘zani yer topografiyasi planida frontal past bosimli suv olish gidrouzeliga suv oqimini keltiruvchi va ushbu gidrouzeldan suv oqimini olib ketuvchi rostlangan sun’iy o‘zanlar chizilishi sxemasi. 3-rasm. Gidrouzel joylashgan o‘zani yer topografiyasi planida farg‘onacha past bosimli suv olish gidrouzeli rostlangan sun’iy o‘zanlar chizilishi sxemasi: 1- yuqori befi suv oqimini keltiruvchi ko‘tarmasi, 2 –suv tashlovchi to‘g‘on, 3 – suv oluvchi inshoot, 4 – kanal, 5 - gruntli to‘g‘on, 6 - gidrouzeldan suv oqimini olib ketuvchi ko‘tarmasi, Vt1 – yuqori befi sun’iy o‘zani kengligi, Vt2 – pastki befi sun’iy o‘zani kengligi. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling